Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Magistratura” bo’limi “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang’ich ta’lim)yo’nalishi 1-kurs 2-22 guruh talabasi Fayziyeva Gulhayoning “ Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” fanidan tayyorlagan


Download 4.12 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi4.12 Kb.
#1800721
Bog'liq
Fayziyeva Gulhayo 1-mavzu

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Magistratura” bo’limi “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang’ich ta’lim)yo’nalishi 1-kurs 2-22 guruh talabasi Fayziyeva Gulhayoning “ Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” fanidan tayyorlagan Taqdimoti

Mavzu: O’zbekistonning milliy taraqqiyot strategiyasi


Taraqqiyot strategiyasi – iqtisodiy o'sish va xalq farovonligi garovi
2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi kelgusi yillarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng muhim maqsadlar va vazifalarni o'z ichiga olganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir davlat o'z oldiga xalq farovonligini ta'minlashdek dolzarb maqsadlarni qo'ygan holda o'z siyosatini olib boradi. Shundan kelib chiqqan holda, O'zbekiston ham o'z oldiga uzoq muddatli strategik rejalarni ilgari surib, xalqchil davlatni barpo etishni maqsad qilgan.
Strategiyaning maqsad va vazifalari
Strategiyaning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat.
Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:
texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish;
davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga “yashil” iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish;
“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 4.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling