Jumaqul Amonov 1905-1973
Islomova O’g’uloy 1937-2020
Download 304.5 Kb.
|
Искандари Дарбандий давоми
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jumaqulov Ismoil 1946-2017
Islomova O’g’uloy 1937-2020
Darband qishlog’ida tug’ilgan O’g’uloy o’zini bilimdonligi yaxshi xulqu odobi bilan oiladan tezda ko’zga namoyon bo’ladi. Ota-onasi ham qizlarini qobiliyati bilimdonligidan xabardor bo’lib maktabni tamomlagandan so’ng Dushanbe shahriga o’qishga yuboradilar. 1959-1964 yillarda Shevchenko nomli oliygohni filologiya-tarxi fakultetitiga tahsil olgan O’g’uloy o’zini qobiliyati o’qimishligi bois talabalar orasida eng bilimdon talaba sifatdia e’tirof etiladi. O’qishni tamomlar 1963 yilga hamqishlog’imiz Qorjovov Saidga turmushga chiqib Muzrabot tumanini Pariqishloq qishlog’iga ko’chib keladilar. Bu yerda 8 maktabda tojik tili va adabiyotiga faniga dars beradi. U kishini mukammal bilim egasi bo’lganligi o’zini fanini yaxshi bilgani bois bir necha bor tuman viloyat xalq ta’limini faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlangan. Eng muhimi ona tilimizga bo’lgan hurmat e’tiqod u kishini umrini oxirigacha tark etmagan. Ko’p shogirdlar yetishtirgan onaxon solih farzandlarni dunyoga keltirib ularni uyli-joyli qilishga erishganlar. Farzandlar ardog’ida xalqimizni hurmat ehtiromiga sazovor bo’lgan onaxonlardan bo’lganlar. Turmush o’rtog’i: Qorjovov Said. Farzandlari: Gulnora, Feruza, Aziz (1967-2009), Laziz (1970-2002) Azim, Malohat, Umeda, Abdukarim. Hamesha yaxshilik sari intilgan o’qituvchilik kasbiga sharaf bilan ishlagan onaxon yodi hamqishloqlar va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Jumaqulov Ismoil 1946-2017 Darband qishlog’ida tug’ilgan Ismoil yoshligida chaqqon baquvvat tengdoshlari orasida o’zini tashkilotchiligi donoligi eng muhim xushsuratligi bilan ajralib turgan. U o’rta maktabni tamomlab Termiz shahriga kelib hisobchilik kursiga o’qib Sayrob qishlog’idagi sireneda hisobchi bo’lib ishlagan. Shundan so’ng Darband qishlog’iga qaytib kelib ishlab yurgan payti to’rt yil Machay qishlog’ida ham hisobchilik vazifasida faoliyat yuritadi. Keyinchalik umrini oxirigacha Darband qishlog’ida hisobchi vazifasida ishlab nafaqaga chiqadi. Taqdirni qarangki otasi bir o’g’il farzand ko’rish istagida bo’lganligi va otasini armonini taqdir inoyatila o’g’li bajo keltirganini ham Alloh ravo ko’rgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Xudo Ismoil akani farishta ayol bilan ro’ ba ro’ qildi. Habiba ayamiz bilan ahil ittifoq yashab o’n nafar o’g’il va bir nafar qizni barkamol voyaga yetkazdilar. Hamesha yaxshilik poklik ozodalikni tarafdori bo’lgan Ismoil aka har doim Allohdan shukronlar keltirib padari buzruvori arvohiga Qur’on tilovat qilib farzandlariga uzoq umr tansihatlik tiladi. Farzandlar ham ota bobolaridek xalq nazariga tushgan bo’limli baquvvat polvon o’g’illar bo’lib voyaga yetdilar va otalarini yuzini yerga qaratmasdan oila qurib tinch-totuv hayotlarini davom ettirmoqdalar. Rafiqasi 1947 yilda tug’ilgan Jumaqulova Habiba onaxonimiz ham uy bekasi sifatida solih farzandlarni dunyoga keltirib o’zini mehnatkashligi oilaparvarligi mehrubonligi bilan xalqimizni iftixoriga aylangan onaxonlardan biri. Ayniqsa, adabiyotga she’riyatga qalban yaqin bo’lgan bu onaxon klassik adabiyotlardan ko’plab sh’erlarni yoddan biladi. O’zini yetti urug’ini yaxshi bilgan onaxon adabiyot tarixga qiziqanligi bois butun umri davomida o’zini xushmoamaliligi mehnatkashligi bitlan hamma farzandlarni uyli joyli qilib sakson yoshga yaqinlashsa ham kitob mutolasidan charchamapsdan farzandlar ardog’ida tinch totuv yashamoqda. I. Jumaqulov farzandlari: Mahzuna, Ibroim, Isroil, Erkin, Hasan, Husan, Yusuf, To’lqin, Mirzohamdam, Sherali, Ma’surjon. Hamesha xalq xizmatidan tolmagan solih farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan o’z qavmu qarindoshi bilan ahil ittifoq yashagan Ismoil Jumaqulov xotirasi farzandlari nabiralari va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling