Jumaqul Amonov 1905-1973


Darband qadamjolari daryo va ko’priklari


Download 304.5 Kb.
bet19/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Darband qadamjolari daryo va ko’priklari


Tarixda ma’lumki har bir qishloqni o’ziga xos tarixi madaniyati tarixiy obidalari, ziyoratgoh va qadrli qadamjolari mavjud. Bu esa o’sha qishloqni nechoqlik qadimiyligi odamlarni qishloqqa uni tarixiy joylariga sharafli qadamjoylariga bo’lgan ijobiy munosabatini anglatadi va tarixni yo’qotmaslikka aksincha uni asrab-avaylashga undaydi. Darband qishlog’ida ham bunday joy nomlari ko’p va hozirda ham ular xalq ziyoratgohiga aylangan. Bu narsani yozishdan ma’lumot berishdan oldin hamqishlog’imiz tarixshunos o’qituvchi olim Palvon Shoimovni 1999 yilda Qarshi shahrini “Nasaf” nashriyotida 2000 nusxada chop etilgan “Darband-qadimiy makon” tarixiy asariga diqqatingizni qaratishingizni lozim deb topdik. Chunki kitob tashabbuskori bo’lgan R.Tog’aev kitobni tayyorlash jarayonida Darbandda yashab o’tgan barcha hamqishloqlarni tarjimayi holi ularni kasb kori yaxshi xayru amallari qatorida bu manzilni tarixiy qadamjolari tarixiy shaxslari daryolari, bog’bonlari chavandozlari, polvonlari xullas tarixga taalluqli bo’lgan biron narsa tushib qolmasligini aytdilar va talab qildilar. Albatta qishlog’imizni tarixini yaratishda P.Shoimovni ulkan hissasi bor. U kishini bu tarixiy asari ko’p tadqiqotchilarni diqqatini tortgan muhokamalarga sabab bo’lgan. Bu asarni ahamiyati yil sayin oshib bormoqda. Shunda bu asarni “Qadamajolar” maqolasida muallif qo’ydagi fikrlarni bayon etgan.
Har bir joylarda, qishloq vohalarida qadamjolar mavjud bo’lib, qadimdan buyon xalq bu joylarni ziyorat qilib kelmoqda. Ana shunday qadamjolar Darband qishlog’ida ham bor. Bular Mazori Sangob, Devoltu, Chillamazor, Pista mazor, Xo’jamayxona, Ushtur Sang ota, Xo’ja Xurdak. Xo’jamayxona katta darada joylashgan bo’lib, suvi katta daryoga borib qo’shiladi. Millionlab yillar ana shu suvning bir maqomda oqishi kishini ajablantiradi. Xo’jamayxonani minglab qariyalar , sarkardalar, din peshvolari , shayx va hojilar kelib ziyorat qilib ketishgan”.
( P.Shoimov “Darband-qadimiy makon” tarixiy asari 29-30 sahifalar)
Albatta ustod P.Shoimovni olimlar bilan birgalikda bu yerlarni tadqiq etishlari xorijiy g’orshunos manba’shunoslar bilan birgalikda ish olib borganligi Darbandni qadimiy tarixiy joylarini ham tarixda mo’hrlashga asos bo’ldi. Negaki mana shu darani ham Irkutskdan kelgan g’orshunoslar g’avvos kiyimlarni kiyib g’ordan suv oqib kelayotgan g’orga qarab 2 kilometrcha masofada ichkariga kirib borganlar g’or og’zida katta ko’l suvlari mavjud bo’lib ichkariga qarab borgan sayin katta suv jarayoni tezligida duch kelib oxirigacha yetib borolmaganlar. Chunki bu g’or tubi ko’rinmagan.
Boshqa qadamjolardan biri yoshligimizda ota onalarimiz bilan birga ziyoratga borib hech narsadan bexabar g’orlarni ichiga kirib yugurib o’ynab quvnab qaytgan joyimiz Ushtur Sang ota mazori. Bu qadamjoni tarixi haqida ham maullif qo’ydagilarni bayon etgan.
Ushtur Sang ato mazori Darbandni Qarog’ut tog’idan yuqoriroq,Suvsiz tog’ining yon bag’rida joylashgan. Katta tosh ayvon ostida tosh bo’lib , bu g’or atrofnini zarang bodom, pista, chakki, mushsha daraxtlari qamrab olgan. Rivoyat qilishlaricha , bir zamonlar bosqinchilar kelib qishloq ahlini talagan ekanlar. Odamlar ulardan qutulish maqsadida har tomonga qarab qochishibdi. Bir kishi hamma ro’zg’or asbob-anjomlarini tuyasiga ortib, xotin bola chaqasi bilan toqqa qarab qochibdi va bir g’orga kirib yashirinibdi. Lekin bosqinchilar payt poylab g’orga yaqinlashadilar. Buni sezgan oila boshlig’i boshqa iloji qolmaganligi sababli g’ordan tashqariga chiqadi va qiblaga qarab xudoga iltijo qiladi: “Xudoyo xudovando, bosqinchilar qo’liga tushmaylik, iloho ruhimizni abadiyat makoniga olib ket, sening bandangmiz, sen bizni xaloskorimizsan” deydi. Shunda birdaniga hamma karaxt bo’lib qoladi va g’ordagi butun oila tuyasi bilan toshga aylanib qoladi. Bosqinchilar g’orga kirib bu voqeani ko’rib qo’rqib ketadilar va boshqalarni tutishga kirishadilar lekin hech kimni tutolmaydilar. Bu bir rivoyat xolos. Lekin shunga qaramay har chorshanba kuni bu mazorni xalq ziyorat qiladi. Mol xudoyi qilishadi”



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling