Umid “… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon toʻqnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon koʻzlarimizga tushmaydi… Koʻrishguncha…” paymona
Download 18.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqaaaassssss
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIMYOGʻOCHDAGI EʼLON
UMID “… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon toʻqnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon koʻzlarimiz koʻzlarimizga tushmaydi… Koʻrishguncha…” PAYMONA Jonimga tegdi bunaqa yashash! Doim bir hil! Shuyam hayotmi? Sabr kosam toʻldi! Tezroq qutulsaydim shularning baridan… Tezroq tugʻilaqolsaydim… BEMOR – Mening ismim Humoyun. Doktor, bilasizmi, mening koʻzimga aslida yoʻq narsalar koʻrinyapti, yoʻq odamlar menga roʻbaroʻ boʻlyapti. Ular bilan gaplashmaslikka urinyapman. Agar gaplashsam atrofdagilar meni jinniga chiqarib qoʻyishyapti… Men kim haqiqiy, kim sarob ekanini ajrata olmayapman. Yordam bering!.. Tashqaridan hamshiraning ovozi eshitildi: – Doktor, Humoyun yana oʻziga oʻziga gapirishni boshladi… SIMYOGʻOCHDAGI EʼLON “Oyijonimni qidiryapman… Oyim dunyodagi eng goʻzal ayol! Alohida belgilari: koʻzim kasal derdilar – yoshlanib ketaveradi. Shu sabab uxlashga ham qiynalardilar. Keyin bir marta bilaklaridagi tomirlarini kesib olgandilar, shuning izi bor. Oyimni koʻrganlar ularni sogʻinganimni, qidirayotganimni aytinglar. Dadam ham qidiryaptilar. Har kuni topib keldim deydilar, lekin u boshqa oyi boʻladi… Oyijon, qayting! Endi hecham aravachamdan tushib olmayman…” SUNʼIY ONG – Nechta tilni bilasan? – Uchta – IQ darajang qancha? – 116 – Adashmasam, ijod qilishga ham qodirsan, shundaymi? – Albatta. – Ha, men oʻylaganimdan ancha mukammalroq ekansan, odamzot… OPTIMIST – Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qoʻshimcha bogʻichga ega boʻlishimni oʻylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa oʻylamaslikka urinaman… ERK – Allo? – Allo, qalaysan? Toʻyga chiqasanmi? Senga qarab turibmiz-ku! – Ie, ogʻayni, uyga mehmon kelishi kerak. Men… – Eee, mehmon seni koʻrgani kelarmidi? Boʻl, chiqaqol! – Darslarim ham koʻp… – Yarim kunda nimani ham qoyillatib oʻrganarding? Ertaga yetkazib olarsan?! – Boshim ham ogʻriyapti… – Ana, toʻyga chiqsang yozilib ketadi. Boʻl endi! Chiqasanmi oʻzi, yoʻqmi? – Istamayman! – Shunaqa demaysanmi?! Boʻpti, gaplashamiz… XATO – Bizning kasbda xato qilishga haqqimiz yoʻq. Ammo boshqa hamma kasb xato qila-qila oʻrganiladi-ku, toʻgʻrimi? – kuyinib soʻradi sapyor. – Toʻgʻri, – deb javob berdi jarroh… Download 18.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling