Umid “… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon toʻqnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon koʻzlarimizga tushmaydi… Koʻrishguncha…” paymona


Download 18.12 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2023
Hajmi18.12 Kb.
#1341932
1   2
Bog'liq
aaaassssss

MAHALLIY DOʻKON

– Amaki, mana! Shu pulga qancha sigareta keladi?
– Hmm, olti quti. Ammo men yosh bolalarga sigareta sotmayman.
– Men sotib olmoqchi emasman. Dadam sigareta soʻrab kirsalar, olti safar yoʻq deb ayting! Iltimos…



  1. ROBIYA

– Ey, Xudoyim, yaqinda tugʻiladigan ukam ham qiz boʻlishini xohlardim. Oʻshanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

  1. IZHOR

– Siz nega meni sevishingizni hech aytmaysiz, dil izhor qilmaysiz? Buni onda-sonda aytib turish shunchalik qiyinmi?
– Yaxshi, aytaman. Unda yana koʻp narsalarni aytib yurishimga toʻgʻri keladi: quyosh nur sochadi, yulduzlar kechasi koʻrinadi, qishdan soʻng bahor keladi…



  1. HAVAS

– Bilasizmi, sizlar dunyodagi eng baxtli kishilarsiz! Odamlar nima deyishsa ham, siz haqingizda qanday oʻyga borishsa ham, eʼtibor bermang. Koʻpchilik oʻzlarining boʻgʻizlarigacha yetgan muammolari sizlarda bitta ham yoʻq ekanini koʻrolmaganlari sabab buni tan olmaydilar. Lekin siz menga ishoning, chunki sizlarga hatto mening ham havasim keladi! Biz orzularimiz ortida yillarni oʻtkazib yuboramiz. Sizlarda esa orzu va uning roʻyobi – bir qadam. Naqadar baxtlisiz! Qaniydi buni men bilayotganchalik bilsangiz…
Mayli, dori ichadigan vaqtingiz boʻldi. Faqat bu safar til tagiga yashirishlar boʻlmasin!



  1. NEGA YIGʻLAYSAN?

– Axir, bolam, bu qanaqasi?! Toʻrt muchang sogʻ boʻlsa! Tengdoshlaringdan hech bir kaming yoʻq… Yemay yedirib, kiymay kiydirsak, topganimizni seniki desak… Shundoq ekan, yana nega yigʻlaysan, yetim qoʻzim?..



  1. QARZ

– Dada, esingizdami bundan toʻrt yarim oy burun – singlimnikidagi toʻy oldidan mendan 350 ming olgan edingiz?
– Ha-ya, albatta, hozir…
– Yoʻq-yoʻq, bu nima qilganingiz? Uni talab qilayotganim yoʻq. Otaga berilgan pulni ham soʻralarkanmi? Ammo bu narsa farzandning gardanida qolib ketmasligi kerak! Oʻtgan oyda sizdan qancha olgandim?
– Qaydam?.. Esimda yoʻq…



  1. OYNA

Ritani shafqatsizlarcha oʻldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida oʻtiradi.
Televizor ham, kitob oʻqish-u xat yozish ham yoʻq. Uning hayoti – parda ortida koʻringan neki boʻlsa – oʻsha. Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim toʻlaydi… U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti – yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, gʻizillab oʻtayotgan avtomobillar, Ritaning koʻlankasi.
Namat bilan oʻralgan ushbu palatada oynalar yoʻqligini Karter tushunmasdi.
Alan Ye. Mayer



  1. OMADSIZLIK

Tanamdagi shiddatli ogʻriqdan uygʻonib ketdim. Koʻzimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani koʻrdim.
Mister Fudjima, – dedi u, – omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirosimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazoʻr soʻradim:
– Qayerdaman?
– Nagasakida, – javob berdi u.
Robert Tompkins
Download 18.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling