Mavzu: Birinchi sinflarda musiqa o'qitish metodikasi Reja


Download 32.3 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi32.3 Kb.
#1042381
  1   2
Bog'liq
Birinchi sinflarda musiqa o\'qitish metodikasi


MAVZU: Birinchi sinflarda musiqa o'qitish metodikasi
Reja:
1. Birinchi sinflarda musiqa o'qitish metodikasi
2. Birinchi sinf o'quvchilarida musiqiy eshittiruvni rivojlantirish
3. Musiqa tinglashda e'tibor berilishi lozim bo'lgan jihatlar

Boshlang`ich sinf o`quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o`qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa darslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg`ularini orzu-istaklarini o`ziga xos badiy tilda ifoda etadi va hissiyotlariga faol ta’sir ko`rsatadi. Kichik yoshdagi o`quvchilar musiqa san’ati bilan bolalar bog`chalarida oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko`rsatuvlar orqali tanish boladilar. Musiqa darslarida quvnoq kuy va qo`shiqlarni tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish musiqaga ishtiyojlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e’tibor uncha to`liq shakllanmagan bo`ladi, ular ko`proq serharakat va uyinga moyil bo`ladilar. Shuningdek birinchi sinf o`quvchilari psixologik - fiziologik harakterga ko`ra, ma’lum darajada xotirasi, nutqi diqqati - e’tibori, ovoz apparatlari to`liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik kuchsiz bo`ladi. Shunga ko`ra bolalarni musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ularni kayfiyatini saqlashda, o`qituvchi ochiq samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti - harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o`quvchilarni musiqaga qiziqtirish yo`li bilan, ularni musiqaviy o`quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o`rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko`ra, ularni uch differensional guruhga bo`lish lozim. I- guruhga - iqtidorli musiqiy o`quvi musiqiy qobilyati rivojlangan bolalar kiradi; II - guruhga - musiqani aniq eshita oladigan, ammo sozga o`qituvchi ovoziga tayangan, holda tushadigan bolalar; III - guruhga - sozga umuman tusha olmaydigan musiqiy o`quvi bo`sh bolalar kiradi. Musiqa darslarida o`qituvchi o`quvchilarni quydagicha o`tkazish lozim. Birinchi guruh bolalarni orqa qatorga, ikkinchi guruh bolalarni oldingi qatorga, uchinchi guruh bolalarni esa o`rta qatorga o`tkazish tavsiya etiladi. Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy o`quvi o`sadi va shakllanadi. Darsda o`quvchilarni qiziqishini o`stirish uchun, ularni har bir yutug`i uchun rag`batlantirish hamda, ilg`or bolalar bilan teng darajada musiqiy faolligini ko`rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o`quvi sust bo`lgan o`quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi. Musiqa darsdagi faoliyat turlari tez -tez almashib turishi, o`quvchilari zerikmaslik, toliqmaslikni shu bilan birga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi. Birinchi sinfda musiqa o`qitishni asosiy maqsadi o`quvchilarda musiqaga qiziqish uyg`otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san’at sifatida ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang`ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi; 1. O`quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o`quvini rivojlantirish. 2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o`stirish. 3. Kuylash malakalarini o`stirish. 4. Musiqiy badiy-g`oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik tarbiyalash. Ma’lumki, musiqa - hayot va davr aksidir. Shuning uchun ham boshlang`ich sinflarda musiqa darslarini dasturining bosh mavzusi «Musiqa va hayot»dir. Boshlang`ich sinfda musiqa darslari, bolalarning hayotiy tajribalariga tayangan holda, olib borish, badiy ta’lim beruvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega. Zeroki, dasturda kuylash va tinglash uchun tavsiya etiladigan qo`shiqlar va musiqiy asarlar, baxtli bolalik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, tabiatga muhabbat haqida asarlardan iboratdir. Birinchi sinfda bolalar musiqaning harakteri obrazlari orqali olgan bilimlari nisbiy bo`lib, keyingi sinflarda aniq (konkret) tushunchalarga aylanadi. Shuningdek Musiqiy faoliyatlarning birinchi turlariga doir vazifalar, ish mazmunini tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar ashula aytish, musiqa tinglash, musiqa savodi, raqs elementlarini bajarish musiqali o`yinlar, qadam tashlash bolalar cholg`u asboblarida jo`r boiish, musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol o`ynaydi. Birinchi sinfda xor bo`lib qo`shiq kuylash - jamoa faoliyati sifatida o`quvchilarni bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo`shiq kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bundan bosh miyadagi nerv xujayralari faol qatnashadi, o`quvchilarda ijobiy his – tuyg`ularini faolligini ta’minlaydi, ko`krak qismi tovush hosil qiluvchi a’zolari artikulyatsiya va nafas organlarini faollashtiradi hamda o`quvchilarning samarali ishlashga sharoit yaratadi. Boshlang`ich sinflarda qo`shiq o`rgatish uchun avval shu qo`shiq tinglanadi so`ng qo`shiq o`gatish metodi asosida o`rgatiladi: 1. Qo`shiq haqida o`qituvchining qisqacha kirish so`zi (qo`shiq muallifiari haqida, asarning tarixiy yoki tarbiyaviy ahamiyati haqida, qisqa hikoya qilish, shu asarga doir qiziqarli hayotiy suxbat o`tkazish va rasmlar ko`rsatish). 2. Qo`shiqni o`qituvchi tomonidan to`liq ijro etib berilishi. 3. Qo`shiqni musiqiy harakteri, uning ifoda vositalari, shakli, janrini o`quvchilar bilan birgalikda aniqlash. 4. Qo`shiqni musiqiy jumlalarga bo`lib o`rgatish. 5. Qo`shiqni ijro sifatlari ustida ishlash (nafas, sof intonatsiya, talaffuz, dinamik belgilar asosida ifodali kuylash). 6. Taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o`tkazish (savoljavob) ko`rgazmali materiallar asosida. Qo`shiqlarni o`quvchilarga musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o`quvi, xotirasiga, talaffuziga ahamiyat beriladi. Qo`shiqlarning differsional guruhlarga bo`lib o`rgatish dars samaradorligini oshiradi. Musiqiy o`quv bo`sh bo`lgan o`quvchilarni qiziqish va musiqiy qobiliyatini yanada o`stirish uchun o`qituvchilarni uch guruhga bolib o`tkazish lozim. Musiqiy o`quv bo`sh bo`lgan bolalar har tomonidan jarangdor ovozlarini eshitib, ularga taqlid qilib chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar. Bu yoshdagi o`quvchilarni ovozi o`zlariga xos juda mayin va yoqimli tembga ega bo`ladi. O`tirib va turib kuylaganda gavdani to`g`ri tutish, nafasini so`z o`rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish tavsiya etiladi. Ovoz sozlashni primar tovushlardan (mi, fa, sol) boshlab, yelkani ko`tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo`shiq kuylash samaradorligini oshiradi. Musiqa tinglash - darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak ular musiqani idrok etib kiradilar
Musiqa asarlarini o'rganish va tinglash jarayonida bolalar bir qancha asarlarni eslab qolishlari, shu asarlar haqida to'g'ri tushuncha hosil qilishlari, xatto ularni yaxshi ko'rishlari bilan birga, musiqaning ta'sirchanlik vositalari haqida ma'lumot olishlari zarur. Bu ish jarayonida musiqa savodi musiqa tinglash bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. Musiqa savodida olingan bilim musiqa asarlarini o'rganishda amaliy tadbiq qilinadi. Bolalar musiqa tinglashga asta-sekin odatlanibgina qolmay, balki musiqa haqida gapirib berishga ham o'rgana borishadi. Shubhasizki, bu narsa birdaniga sodir bo'lib qolmaydi. Musiqa o'qituvchisining tinglangan asarlar xususidagi tushuntirishlari, uning o'sha asarlarda turli vositalar va musiqaviy ta'sirchanlik element (unsur)laridan foydalanish haqida hikoya qilib berishi tufayli bolalar musiqa tinglash jarayonida musiqaga mustaqil suratda tahliliy munosabatda bo'lishga tayyorlana boradilar. Boshlang'ich sinflarda tinglab o'tilgan asarlar haqida o'qituvchining savollari va o'quvchilarning javoblari shaklida suhbat olib boriladi. O'quvchilarning ma'lum bir asar haqidagi tasavvurlarining barqarorligi va to'liqligi savollarning nechog'lik puxta o'ylanib, mantiqiy va ma'nodor qilib ifodalanishiga bog'liq bo'ladi.
O'quvchilar asosan asarning o'ziga xos xususiyatiga, uning tempi va dinamikasiga taalluqli savollarga javob qaytara bilishlari, marshni, raqs kuyini, xalq qo'shiqlarini ajrata bilishlari kerak. Shuningdek, ikki va uch qismli asarlarni aniqlay olishlari zarur. Bir o'quv yili mobaynida o'quvchilar 10-12 ta davomida musiqa asarlari bilan tanishishlari kerak. Har bir darsda 5- 7 daqiqa musiqa tinglash o'tkaziladi. Sinflarda yuqorilab borgan sari musiqa tinglashni 8-12 daqiqagacha ko'tarish mumkin. Bu dastur bo'yicha biror chorakni chuqurroq o'rganish maqsadida tavsiya qilinadi. Bunday darslar chorak so'nggida o'tkaziladigan bo'lsa, ular topishmoq shaklidagi nazorat darslari bo'lishi mumkin. Bunda o'qituvchi shunga qadar tinglangan barcha musiqa asarlarini chalib, qayta eshittiradi. Kichik asarlarni to'liq, katta asarlardan lavhalar chaladi. O'quvchilar esa asarning nomi, mualliflari, qaysi janrga taalluqli ekanligi haqida, asarning musiqiy tuzilishi, kompozitor asarda qanday ifoda vositalaridan foydalangani haqida bilganicha gapirib beradi. Beshinchi sinfdan dasturga xor, orkestr, simfoniya, libretto, uvertyura, musiqali drama va komediyadan parchalar, operalardan ariyalar, duetlar, raqs kuylari, maqomlar, klassik asarlar, folklor kuy va qo'shiqlar, chet el kopmpozitorlarining asarlari yettinchi sinfga qadar kiritilganki, bu asarlarini ijro etish ko'p vaqt talab etadi. Shuning uchun ba'zan butun bir darsni musiqa tinglashga ajratish mumkin. Dars davomida o'quvchilarni doimo musiqani idrok qilishga o'rgatish kerak. Avvalo, maktab o'quvchisi musiqa asarini yaxlit musiqali obraz deb anglashi muhimdir. Ma’lumki, musiqaning mazmuni insonning his- tuyg'ulari, kayfiyati, fikrlaridan iborat. Musiqa insonning so'z bilan ifodalab bo'lmaydigan ichki holatini, ruhiy kechinmalarini bayon etishi mumkin. Bolalarni xuddi ana shu his-tuyg'u va emotsional holatlarni idrok qilishga o'rgatishi lozim. Musiqa o'qituvchisining o'z darslarini me'yoriy tashkil etishi bu musiqa tinglash faoliyatining mazmunli va samarali o'tishiga garovdir. Boshlang'ich sinflarda ilk musiqa tinglashdanoq o'qituvchi bolalarga musiqa tinglash vaqtida o'z o'rtoqlarining eshitishlariga halaqit bermay o'tirishlarini qat'iy uqtirishi lozim. Chunki bola bu tartibni buzsa, birinchidan, ijrochini hurmat qilmayotganini ko'rsatsa, ikkinchidan, tinglovchilar-sinfdoshlarining fikrlarini chalg'itadi. O'qituvchi musiqa asarini tinglayotgan vaqtda bolalarga hadeb qimirlayvermasligini, erkin o'tirib asarni tinglash zarurligini, o'girilib qarash, qog'ozni shildiratish, shivirlab gaplashish, savol berish va boshqalarni e’tiborini jalb qiladigan va ortiqcha harakatlarni qilmaslikni tushuntiradi. Musiqa asarini ixlos bilan va bosiqlik bilan zehn qo'yib, diqqatni jamlab tinglash kerakligini aytadi. Shunday yo'l bilangina o'quvchilarni madaniy tinglovchi qilib tarbiyalash mumkin.
O'qituvchi boshlang'ich sinf o'quvchilarining diqqatini tez o'zgaruvchanligini hisobga olib, asarni tinglashdan avval ularga musiqa necha qismdan iboratliligini, dinamikaning qanday rivojlanib borishini aniqlash, asosiy mavzu (kuy)ni eslab qolish kabi topshiriqlarni taklif qilishi mumkin. Darsda o'qituvichining asarlarni to'g'ri va ifodali ijro etishlari ahamiyatlidir. Chorak mavzusidan kelib chiqib, asarning musiqaviy tuzilishi, xarakteri, ifoda vositalari, o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi, sinf tarkibi jihatdan o'rganib, quyidagi bosqichlarda o'zlashtiriladi:
1. Asarni tinglashga bolalar diqqatini tortish va asar haqida o'qituvchining kirish so'zi.
2. O'qituvchi ijrosida yoki texnik vositasi orqali asarni tinglash.
3. Tinglangan asar haqida suhbat-tahlil.
4. Asarni to'la va qayta tinglash, asar haqida bolalar taassuroti va yakuniy suhbat.
O'qituvchi darsda musiqa asarini ijro etishdan oldin bolalarni tinglashga tayyorlashi, ularning asarni mukkammal anglab olishlariga, his etish va baho berishlariga yordam berishi zarur. Buning uchun o'qituvchi asarni birinchi marta ijro etishdan oldin qisqacha kirish suhbati o'tkazadi. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni musiqa tinglashga hissiy tayyorlashdir. Odatda, o'qituvchi asar mualliflarining nomlarini aytadi, ularning hayoti va ijodi haqida qisqacha gapirib beradi, asarning yaratilish tarixidan olingan biror dalilni bayon qiladi, shundan so'nggina o'quvchilarning diqqatini jamlab va bolalarda qiziqish uyg'otib, asarni ijro etishga kirishadi. Suhbatni suratlar, rangli rasmlar, sahna ko'rinishlari va mashhur ijrochilarga oid foto suratlar bilan olib borish foydalidir. Musiqa daslarida musiqa asarini so'zlar bilan sharhlangan holda olib borish bolalar idrokiga ijobiy ta'sir qiladi. O'qituvchi o'zining qisqa-qisqa tushuntirishlari bilan bolalarga musiqaning emotsional mazmunini, uning go'zalligini idrok qilishda yordamlashadi, asarning eng mazmunli joylariga alohida e'tibor berish lozimligini uqtiradi, savollar beradi va musiqa asarini tinglagan vaqtda undagi muhim joylarini ajratish haqida vazifalar beradi. O'qituvchi bolalar tinglab bo'lgandan so'ng o'z taassurotlarini anglashlariga, musiqaning xarakterini so'zlar vositasida belgilashlariga, unda nimalar ko'proq yoqqanligini aytishlariga erishadi, musiqaning emotsional mazmunidagi eng nozik va xilma-xil ta'riflarni topishga yordam beradi.
Asarni o'rganishda uni ijro etib ko'rsatish juda muhimdir. Agar asar bolalarga darrov yoqib qolsa, o'qituvchining asar ustida ishlashi oson bo'ladi. Aksincha, ularga yoqmagan asar ustida ishlashda o'qituvchining bolalarda shu asarga nisbatan paydo bo'lgan salbiy tushunchani bartaraf qilishiga to'g'ri keladi, bu esa o'quvchilarning
asarni o'zlashtirishlariga anchagina to'siq bo'ladi.
O’qituvchi asarni yuksak badiiy sa’viyada ijro etsagina o'quvchilarni jalb etishi va tinglangan musiqaga havas uyg'otishi mumkin. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, o’qituvchining asarni bevosita ijro etishga nisbatan disketdan eshittirishi ancha beparvolik bilan idrok etiladi. Agar o'qituvchi biror cholg'u asbobi (fortepiano, rubob, g'ijjak, dutor, bayan va boshqalar)ni yaxshi chala bilsa, u bolalarga imkon boricha chalib berishga harakat qilishi lozim. Bunda o'qituvchining o'zi ijro etadigan asarlami uyda juda puxtalik bilan tayyorlashi, notaga qarab chalishdan tiyilish ya'ni asarni yoddan to'g'ri ijro eta olishi, bolalarga nazar tashlab turish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun asarni sinchiklab o'rganib olishi zarur. Asarni jo'shqin, ta'sirli va puxta o'ylab ijro etish kerak. Agar tinglanadigan asar vokal janriga oid bo'lsa, o'qituvchi, garchi ovozi uncha kuchli bo'lmasa ham, shu asarni so'zi bilan aytib berishdan tortinmasligi lozim. Asarni yaxshi bilib olish muhimdir, shundagina o'qituvchi uni ijro etishi bilan bolalarni asarning texnik yozuviga qaraganda ko'proq jalb eta oladi, chunki "jonli ijro" doimo yaxshiroq idrok qilinadi. Lekin shunday asarlar ham borki, ularni eshittirishda magnit tasmalari yoki disketlardan foydalanmaslikning iloji yo'q. Busiz xor, orkestr, simfoniya, opera ariyalari, baletlardan parchalar, turli cholg'u asboblar ansambli (dastasi) da ijro etilgan kuylarni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun maktabda eng yaxshi jamoalar, ansambllar, orkestrlar va yakkaxon hofizlar ijrosidagi musiqa asarlari yozib olingan disklar to'plami bo'lishi juda ham foydalidir. O'qituvchi magnit yozuvidagi asarni tinglar ekan, o'zi ham shu musiqa asari yoki mavzuning ayrim lavhalarini dadil chala bilishi yoki kuylay olishi kerak. Musiqa asarini o'qituvchi birinchi marta to’la-to'kis ijro etishi shart. Agar bu opera, simfoniya yoki kantata bo'lsa, batafsil o'rganiladigan parcha yoki qism o'qituvchi tomonidan to'liq ijro etiladi. So'ngra tahlil qilish jaryonida o'qituvchi ayrim musiqa frazalarini, ba'zi parcha va mavzularni chalib va kuylab beradi, oxirida esa, go'yo yakun chiqargandek, asarni yana to'liq ijro etadi.
Xulosa o’rnida aytish kerakki, suhbatlarni o'quvchilarning faol ishtirokida maroqli, zavqli qilib o'tkazish lozim. Xonada shunday ijodiy vaziyat tug'dirish kerakki, bunda o'quvchilar tinglagan asarda o'zlarini nimalar hayajonlantirganini tortinmasdan samimiy ravishda gapiradigan bo'lsinlar. Suhbat, tahlil, o'qituvchining izohlari aniq, qisqa, mantiqiy bo'lishi, bularning hammasi musiqani bevosita idrok etish bilan, albatta, mustahkamlana borishi kerak. O'qituvchi keyingi darslarda asarni qayta ijro etishda shu asar haqidagi ma'lumotlar doirasini asta-sekin kengaytiradi, yangi dalil va tafsilotlarni bayon qiladi, asar tuzilishining boshqa xususiyatlariga bolalar diqqatini jalb etadi. Dars jarayonida tinglangan asarning ko'p marta takrorlanishi uning yaxshiroq o'zlashtirilishiga va xotirada qolishiga yordam beradi. Musiqa asarini ijro etgandan keyin o'qituvchi uni bolalar bilan suhbat shaklida tahlil qilishga kirishadi. Asarning tuzilish xususiyatlari, shakli, ladi, toni, garmoniyasi, xarakteri, ohangdoshligi, tempi, kuyi, jo'rnavozlikning roli va shu kabilar oydinlashtiriladi.
Musiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi. Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir. Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik kabi o`ziga xos sifatlarga ajratiladi. Musiqa tarixidan ma’lumki, XX asrning boshlarida O`zbekistonda yashab ijod etgan musiqachi va etnograf Avgust Eyxgorn o`zbek musiqasini, o`zbek qo`shiqlarini tushuna olmagan va uzoq vaqt eshitishga sabri chidamagan. Boshqa bir mashhur musiqashunos olim, pedagog va kompozitor X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy”. Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his etiladi. Masalan, biror musiqiy asarni eshitganimizda biz uning kuyi, ritmi, garmoniyasi, tembrini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, biz bu musiqiy asarni obrazli, umumlashgan holda, yaxlitligicha anglab, idrok etamiz. Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik.

U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnashgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi: O`zimga tushdi bir kun bu ahvol,


Bor ekan nag`ma oning oti rayol,
Eshittim bir qiz anda bahri najot,
Qilur nag`ma tili bilan munojot.
Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a,
Karam qilar der men bag`ri adog`a.
Maqominio qilur har nav’ bunyod,
Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod.
Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir,
Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr.
O`shal dam bo`ldi holatim digar dun,
To`lub toshdi yurak monandi Jayxun4.

Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega. Ushbu tushunchalarni tahlil etish uchun ilmiy rahbarim bo`lmish Navoiy davlat pedagogika instituti Musiqa kafedrasi katta o`qituvchisi Sh. I. Jalilov bilan maslahatlashgan holda, insonning voqea-hodisalarni idrok etishi, musiqiy idrokning o`ziga xos xususiyatlari


haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni tahlil qilib chiqdim. Umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati darslarining tuzilishi va darsning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`liqdir. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi ovoz sozlash, xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlarni bajarish kabi faoliyat turlaridan iborat bo`lib, bu faoliyat turlarining har birida musiqa idroki yetakchi vazifani bajaradi.
Darsning ovoz sozlash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarni idrok etish orqali musiqay tovushlarning aniq balandligini, cho`zimini his qilishni, idrok etishni hamda sof ovoz hosil qilishni o`rganishadi.
Darsning jamoa bo’lib kuylash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy mavzuni idrok etish orqali sof ovozda ifodali kuylashni o`rganishadi.
Darsning musiqa savodini o`rganish qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarning tuzilishini, nazariy jihatdan idrok etish orqali musiqiy asarlarning strukturasini idrok etishni o`rganishadi.
Darsning musiqa tinglash qismi musiqani idrok etishni o`rganishda alohida ahmiyatga ega bo`lib, bunda o`quvchilar musiqiy asarlarni tinglab tahlil qilish orqali ularning tuzilishi, registri, tembri, tempi, dinamikasi, tovushlarning past-balandligi, diapazoni hamda alohida berilgan musiqiy asarning asosiy mazmunini aynan tinglash orqali idrok etish malakalariga ega bo`lishadi.
Bu o`rinda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi usullardan har bir mashg’ulotlardauning oldindan tuzilgan rejasiga ko`ra turlicha vaziyatlarda foydalanishi mumkin. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati o`qituvchisining yuqorida ko`rsatilgan darsning tarkibiy qismlaridagi imkoniyatlardan har bir alohida olingan mashg’ulotlardaqay darajada foydalanishuga bog`liq. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor
ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (mashg’ulotlardao`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin. Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi. Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1- sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan Bolalar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi. Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi. Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi. Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega. Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi. Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlar5iga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar:

Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi.


Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi.
Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi.
Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar. Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar.
Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib boradilar.
Musiqiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi. Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Eng qadimgi zamonlardan buyon insoniyatning mavjudligi musiqa bilan chambarchasdir. Matematika va astronomiya fanlari qatorida musiqa san’ati ham antik davrning tarkibiy qismidir. Musiqa azal-azaldan xalqlarni, millat va elatlarni, dillarni bir-biriga bog’lovchi mustahkam ko‘prikdir. Musiqa nafaqat qalblarga orom beradi, balki estetik didni oshiradi, ruhni tarbiyalaydi, ma’naviy kamolotga yetkazadi va madaniy saviyani oshiradi. Musiqa inson tafakkurini va ongini rivojlantiradi. Bundan tashqari musiqa bola tarbiyasi uchun muhim vositalardan biridir. Bunga misol: bola tug’ilishi bilan u eshitadigan birinchi ovoz, birinchi kuy ona allasi. Ona allasi bilan birga uning qalbida ota-onasiga, vataniga muhabbat tug’iladi. Allada yaxshi tarbiya ko‘rgan bola jamoa o‘rtasida, to‘y tomoshalarda, ota-onaning obro‘si uning shuhrati sifatida ta’riflanadi. Alla bolani chaqaloqlik davridanoq ohanglar vositasida ezgulikka chorlaydi.Qulog’iga aytilgan azon ovozidan esa o‘zining kimligi-yu, qaysi millat farzandi ekanini his etadi. Bundan tashqari, eramizdan avvalgi IVasr yunon faylasufi Aflotuun “Eng katta tarbiyaviy omilmusiqiy san’atda mujassamlashgan. Zeroki, ohang va uyg’unlik (garmoniya) bolalik chog’iga qalbga chuqur yo‘l topadi va salobat baxsh etib, uni ko‘rkam qiladi. Bu esa musiqiy tarbiyani to‘g’ri yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi, aks holda uning teskarisi kelib chiqadi”, degan edi. Darhaqiqat, musiqa murakkab hissiyotlarni o‘zida mujassamlashtirgan kayfiyatni ifodalashda keng ahamiyatga ega. Uning kuchi shunda-ki, shodlanish, qayg’urish, xayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik kabi ruhiy holatlarni o‘zaro bog’liqlikda ifoda etadi. Musiqiy tarbiyada bola o‘z hissiyoti va fikrlarini takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham bola tinglaydigan musiqiy asarlar o‘z xarakteri, janriga ko‘ra uning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Bola kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik, imon, insof, diyonat, or-nomus, oqibat singari fazilatlat o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Balki unga ta’sir ko‘satadigan tashqi omillarga ko‘p narsa bog‘liq. Aytaylik, oiladagi sog’lom-nosog’lom muhit, kattalarning bir-biriga va yosh bolaga munosabati, bolani biror bir to‘garak yoki hunarga jalb qilish va h.k. Hozirgi tezkor davrda bolaning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish uchun uni nimadir bilan mashg’ul qilish kerak. Aytmoqchimiz-ki, bekorchilik zerikish va uning oqibatida dangasalikni keltirib chiqaradi. Yohud bekorchilik turli buzg’unchiliklarning sababchisi, dangasalik esa bir necha xil kassalliklarning asosiy omilidir. Bunga befarq bo‘lish esa faqat bir oilaning emas, jamiyatning, millatning tanazzulidir. Musiqa bilan tanishtirish, tarbiyalash yaxshi, albatta. Ammo har bir yoshga oid tinglanadigan musiqalar kategoriyasi bor. Yosh bolaga mumtoz yoki o‘ta sho‘x musiqa eshitirsangiz uni tushunmasligi tabiiy. Bundan tashqari o‘ta baland tovushlar, jazavali musiqalar, ma’nosini o’zi bilmaydigan chet el musiqa va qo’shiqlari bolaning (hatto har bir yetuk kishining) faqat eshitish qobiliyatiga ta’sir etibgina qolmay, ruhiy buzilish va zo‘riqishga olib keladi. Shu bois har bir yoshga mos musiqa tinglash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, endigina shakllanayotgan bolaning miyasini jazavali musiqalar bilan zararlamaslik lozim.Buning uchun qilinadigan eng muhim ish bolada musiqiy didni, tanlov qobiliyatini shakllantirish hisoblanadi. Boshlang’ich musiqamaktablarda o‘qitishesa musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, mas’uliyatli davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi. Chunki u boshlang’ich ta’limning tayyorgarlik bosqichidir.Boshlang’ich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari me’yoriga mos oddiy musiqiy bilim, tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi. Musiqani tinglash, qo’shiq kuylash, oddiy "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 113 http://oac.dsmi-qf.uz cholg’ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari, bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malakako‘nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o‘quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uygotiladi. Musiqa darslari maktabda teng huquqli fan hisoblanib, haftada ikki soatdan o’qitiladi, maktab o’quv rejalari va dasturlariga yozma ishlar, reyting hamda muqarrar va ixtiyoriy imtihonlar joriy etiladi.Iqtidorli va ishtiyoqmand o’quvchilar badiiy ehtiyojlariga qarab fakultativ darslar, musiqa to‘garaklari va boshqa mashg’ulotlarda badiiy rivojlantiriladi. O‘quvchilarni musiqiy rivojlantirish, badiiy ehtiyojini qondirish, iqtidorli o‘quvchilarni ijobiy rivojlantirish yo’lida tabaqalashtirib o‘qitish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi. Biroq bu degani hamma ma’suliyatni o’qituvchi yoki tarbiyachiga yuklab qo‘yish kerak degani emas. Oilada ota-ona yoki aka-opalar bilan birga shug’ullanish, ularning nazorati va albatta, rag’bati bilan bolada musiqaga qiziqish yuksaladi. Natijada esa musiqani his qilish, uni tushunish va mehr berish tuyg’ulari shakllanadi. Musiqa bolaga har tomonlama yordam berib, tevarak-atrofni obrazli, emotsional idrok etish va bola xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish.
2. Bolalarni ashula aytish va musiqaviy ritmik malakalarga o‘rgatilib, ularda musiqani qabul qilishni his etish va tushinish qobilyatlarini tarbiyalash.
3. Bolada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish.
Musiqiylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini, ularning atrofdagi qo‘shimcha, obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida ularning tevarak-atrofni bilishda, estetik baholanishni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.]1. San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to‘laqonli mavjud bo‘lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy — estetik-ruhiy muruvvatlarini, ya’ni uning ezgulik va go‘zallikka, yovuzlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o‘rganadi. Shu sababli axloqdan tashqarida san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san ’atsiz axloq targ‘ibotdan mahrum bo‘lib qoladi va faollik xususiyatini yo‘qotadi. Zero, san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o'rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o‘taydi2. Tibbiyotda musiqaterapiya degan alohida yo‘nalish bor. Uni psixoterapiya sifatida, shuningdek og‘ir betob bo‘lgan bemorlarga yordam uchun qo‘llaniladi. Musiqaterapiyani yana bir qiziqarli metodi – bu ashulalar yozish. Bu metodni ayrim psixoterapevtlar ishtirokchilar bilan ishlashda qo‘llashadi. Agar inson o‘z "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 114 http://oac.dsmi-qf.uz hissiyotlarni so‘z bilan izohlay olmasa unga musiqa yordamga keladi: u o‘z tarixini aytib berishga, chuqur hissiyotlarni boshdan kechirishga, o‘zini yaxshiroq tushunishiga muhim qaror qabul qilishga va o‘z qadriga yetishga yordam beradi.



Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling