Ona − buyuk zot. Uni qanday so`z bilan ta`riflamaylik, so`z ojiz ... Ona bolasiga o’zi yemay yegizdiradi, o’zi kiymay kiyintiradi Dunyoda onachalik mehribon inson bo’lmasa kerak. Baxtimizga onalarimiz doimo sog’ bo’lsin ...
Ona hurmatin keltirmak uchun
Anglamoq kerak onalar burchin.
Ona so'zi – bu juda ulug' nom,
Ona – bosh bog'bon, ona ham posbon.
Ona uyimiz obodligidir,
Ona uy husni ham shodligidir.
Onadir bizni guldek bezagan,
O'ynab, kech qolsak, yo'qlab izlagan.
Onamiz – Vatan sharaf va shoni,
Onamiz – tinchlik po'lat qo'rg'oni.
Ollohning jannati hoki poyingda,
Shunday tabarruksan, buyuksan. Ayol!
Sadoqat qalbingda, mehr ko`rsatib,
Muhabbat yaratgan suyuksan, Ayol!
Muhammadrajab !
4,1
2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |