3. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi.
A) rasmiy B) publitsistik C) badiiy D) so‘zlashuv
4. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) grammatikada C) uslubiyatda D) dialektologiyada
5. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
A) adabiyotshunoslik B) qiyosiy tilshunoslik C) adabiy tanqidchilik D) tilshunoslik
6. Kishilik olmoshining 1-,2-shaxs ko‘pligi nutqda 1-,2-shaxs birligi o‘rnida qo‘llanganda qanday ma’no ifodalanadi?
A) olmoshlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no ifodalanadi
B) uslubiy ma’no ifodalanadi C) grammatik ma’no ifodala-nadi D) leksik ma’no ifodalanadi
7. “Biz ushbu dalolatnomani tuzuvchilar...”, “Arizani yozishdan maqsadim shuki...” kabi birikmalar qaysi uslubda ishlatiladi?
A) badiiy B) rasmiy C) ilmiy D) publitsistik
8. Hurmat ayla oq sut bergan onangni gapi qaysi uslubga xos?
A) ilmiy B) so‘zlashuv C) badiiy D) publitsistik
9. Quyidagi sinonimik qatorlardan oddiy so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni toping. 1) yolg‘onchi, kazzob, aldamchi; 2) to‘zim, bardosh, matonat, chidam; 3) tanovul qilmoq, oshamoq, yemoq; 4) achchiq, jahl, qahr.
A) aldamchi, to‘zim, oshamoq, achchiq B) kazzob, to‘zim, oshamoq, achchiq C) yolg‘onchi, bardosh, yemoq, jahl D) yolg‘onchi, chidam, oshamoq, achchiq
10. Odatda rasmiy uslubda qanday gaplardan foydalanilmaydi?
A) so‘roq va buyruq gaplardan B) his-hayajon gaplardan C) buyruq gaplardan D) darak gaplardan
11. So‘zlashuv uslubiga xos lug‘aviy birliklar berilgan qatorni toping.
A) binoyiday, negaki B) naynov, nechun C) tok o‘tkazgich, tuzuk D) ila(bilan), jinday
Do'stlaringiz bilan baham: |