1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi


Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?


Download 0.72 Mb.
bet38/135
Sana15.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1199494
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135
Bog'liq
1 Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishon

11. Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?
A) Ibrohimning gunohini hammamizning gardanimizga yuklama. B) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi. C) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar edi. D) Radio karnayi orqali chaqirilib, bir necha yoshlar imtihon zaliga kirib ketishdi.
12. Qaratqich o‘rnida sifatlovchi aniqlovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on .... B) Bahordagi sarin yellar yosh qalblarda chuqur iz qoldiradi. C) Kishiga barcha narsani hayot o‘rgatadi. D) Ko‘ngilni ochish uchun tez-tez lola sayliga chiqib turish lozim.
13. Tovushlar va qo`shimchalar, lug`atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so`z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
14. So`z va grammatik shaklning gap ichida ravshanlashadigan tomonlarini aniqlang.
A) ma’nosi B) A,C. C) ijtimoiy qimmati D) aloqasi
15. Novdalarni bezab g`unchalar,
Tongda aytdi hayot otini,
Va shabboda qurg`ur ilk sahar
Olib keldi gulning totini. Ushbu parcadagi qaysi salbiy ma’noli so`z ijobiy baho bildirgan?
A) otini B) totini C) qurg`ur D) hayot
16. Ritorik so`roq gaplar qanday gaplarga sinonim bo`ladi?
A) darak gaplarga B) undov gaplarga C) so`roq gaplarga
D) A, B.
17. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin emas?
A) Qishdan ming mashaqqatda chiqib olishdi. B) Xatni qizil siyohda yozgan edi. C) Kecha poyezdda kelibdi. D) Xalq maqollarida chuqur zukkolik bor.
18. Qaysi gapda ko‘plik qo‘shimchasi ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan?
A) Soadatning qo‘llari chaqqon harakat qilar edi. B) Tumanli kunlarda muzlar erib, suvlar oqa boshladi. C) Yo‘q, akamdan naq balolarga qolaman. D) Ot turkumidagi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling