1. Kimning islohotlaridan keyin Attika aholisi avvalgidek uсhgа emas, balki fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo’ldi?


Download 21.87 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1449639
Bog'liq
6-7 sinovi


1.Kimning islohotlaridan keyin Attika aholisi avvalgidek uсhgа emas, balki fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo’ldi?
A)Solon B)Perikl C)Demosfen D)Sokrat

2.Qadimgi Afinada kundalik joriy masalalarni hal qiluvchi organni toping.


A) Xalq majlisi B)Beshyuzlar kengashi C)Xalq sudi D) Senat

3.Quyidagi qaysi tarixiy obida eng a’lo marmar toshlardan qurilgan bo’lib, yorug’lik tushushiga qarab rangini o’zgartirib turgan?


A)Parfenon B)Zevs ibodatxonasi C)Kolizey D)Panteon

4.Qadimgi Yunonistonda mil.avv IX-VII asrlarda manzilgohlar va shaharlar soni ortib borishi qanday omil natijasi bo’ldi?


A)dehqonchilik va hunarmandchilik rivoji B)o’zaro urushlar oqibati bo’ldi C)savdo-sotiq rivoji D)qulchilikning kengayishi natijasi bo’ldi

5.Solonning davlat boshqaruvidagi islohotlari nimani ko’zda tutar edi?


A)dehqonlarning qarzlarini va qullikni bekor qilishni ko’zda tutar edi
B)Attika aholisini fuqarolar va qullarga bo’lishni nazarda tutar edi
C)Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi
D)Xalq sudi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi

6.Yunon-Eron urushi tarkibidagi Marafon jangidan 10 yil


o 'tgandan so 'ng - ...
1)Fermopil jangi bolib o'tdi 2) Plateya shahri yaqinida yunonlar tomonidan forslar qo'shini tor-mor keltirildi
3) Ahamoniylar davlatida Kserks hukmronligi boshlandi
4) Misrda eroniylarga qarshi qo 'zg 'olon boshlandi
5) "Uch yuz spartaliklar jasorati" yuz berdi 6)yunonlar va forslar o'rtasida Salamin bo'g'ozida hal qiluvchi dengiz jangi bo 'lib o 'tdi 7) Sparta va Aflna o'rtasidagi Peloponnes urushi boshlandi
8) Kserks juda katta qo 'shin bilan Yunonistonga bostirib kiradi
A) 1,2,3,4 B) 2,4,5,7,8 C) 2,3,4,6,8 D) 1,5,6,8

7.Olviya,Xersones,Pantikapey kabi yunon koloniyalari qachon tashkil topgan edi.


A) Mil.avv.VII-VI B) Mil.avv.VIII-VI C)Mil.avv.VI-IV D) Mil.avv.IV-III

8. Mil. avv. 337-yilda Makedoniya hokimiyati ostida yunon shahar-davlatlarining ittifoqi qaysi shaharda tuzildi?


A) Afina B) Korinf C) Sparta D) Karfagen

9.Yunonlar qadim o’tgan zamonlarda shug’ullangan mashg’ulotlаrni belgilang.


A) hunarmandchilik va savdo-sotiq
B) dehqonсhilik vа сhorvaсhilik
C) savdo-sotiq va dehqonсhilik
D) hunarmandсhilik va сhorvaсhilik

10.Yunon-Eron urushi davrida sodir bo'lgan janglarni to'g'ri ko'rsating.


1) Marafon 2) Gavgamel 3) Fermopil 4) Amfiopol 5) Salamin 6) Kanna 7) Trebiya 8) Zama 9) Plateya 10) Xeroneya
A) 1,3,5,6 B) 1, 3, 5, 9 C) 1,3,7,8 D) 1,2,3,6,7

11.Quyidagi atamalar orasida faqatgina Qadimgi Yunonistonga taalluqlilarini aniqlang.


1) axey 2) polis 3) plebey 4) goplit 5) konsul
6) patritsiy 7) falanga 8) Tot 9) metek 10) kolon 11)palestr 12) legion
A) 1,3,5,6,10,12 B) 1,2,3,5,8,11,12
C) 1,2,4,7,9,11 D) 1,4,5,7,8,910,11

12.Krit orolida vujudga kelgan Minoy sivilizatsiyasining barbod bo’lishini nihoyasiga yetkazgan xalqlarni aniqlang?


A)doriylar B)etrusklar C)ioniylar D)axeylar

13.Quyidagi qaysi ishlar Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan?


1) huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar tuzildi 2)Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to'lash joriy qilindi 3)Akropoldagi Parfenon ibodatxonasi qurildi 4)avvalgi boshqaruv tizimi - aristokratiya demokratiyaga almashtirildi 5)Xalq majlisi faoliyati tiklandi 6)Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurish to'g'risida buyruq berildi
A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 2,3,6

14.O’rta Yunonistonning qaysi qismida to’g’lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi?


A)g’arbiy B)janubi-g’arbiy
C)janubi-sharqiy D)sharqiy
15.Yunonlarning tuban xudolari qanday nomlangan?
A)satirlar va nimfalar B)meduzalar va gibridalar
C)gidralar va sikloplar D)titanlar va sirenalar

16.Solonning islohotlari nimadan iborat bo’lgan edi?


A)dehqonlarning qarzlarini va qullikni bekor qilishdan iborat bo’lgan B)Attika aholisini fuqarolar va qullarga bo’lishni nazarda tutar edi C)Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatidan iborat bo’lgan D)Xalq sudi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatidan iborat bo’lgan

17.Afinada shahar aholisining ko’pchiligini qaysi toifalar tashkil etgan?


A)dehqonlar va savdogarlar B)hunarmandlar va savdogarlar
C)dehqonlar va hunarmandlar D)qullar va fuqarolar

18.Buyuk yunon koloniyalashtirish davrida Yunonistondan ko’chib kelganlar dastlab qaysi hududlarga joylashadilar?


A)Sitsiliya oroli sohili va Apennin yarim oroli janubiga
B)O’rtayer va Qora dengiz bo’ylarida
C)Piriney yarim oroli va Shimoliy Qora dengiz bo’ylarida
D)Peloponnesda va O’rtayer dengizi sohillarida

19.Drakont qonunlari yaratilgan yilni aniqlang.


A) mil.avv 594-yil B) mil.avv 621-yil
C) mil.avv 490-yil D) mil avv 590-yil

20. Salamin yaqinidagi dengiz jangida halok bo'lgan navqiron baqtriyalik jangchilar tilga olingan tragedik asarni va uning muallifini aniqlang.


A)Shoh Edip, Sofokl B)Forslar, Esxil
C)Antigona, Sofokl D)Forslar, Aristofan
21.Kserks armiyasidagi eng yaxshi suvoriylar qaysi xalq vakillari bo’lishgan?
1.usunlar2.xorazmiylar3.saklar 4.massagetlar 5.baqtriyaliklar
A)1,3,4 B)2,3,5 C)1,2 D)3,5

22.Doro I hukmronligining birinchi yili …


A)saklar ustiga yurish qiladi
B)Marg’iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarildi
C)ma’muriy islohot o’tkazib davlatni satrapliklarga bo’ladi
D)Yunonistonga qarshi harbiy yurishlarni boshlab yubordi

23.Ahamoniy hukmdor Kserks armiyasida baqtriyaliklar va saklar qanday qurollar bilan qurollangan?


1. kamon va nayzalar 2.nayza va harbiy boltalar 3. xanjar va jang oyboltalari 4. kamon o’qi va xanjar 5.qilich va jangovar tabar A) 1,3 B) 2,4 C) 3,5 D) 4,5

24.Qadimgi dunyo tarixida sodir bo’lgan mashhur janglardan qaysi birida fors qo’shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan saklar o’zini ko’rsatadi?


A) Marfon jangida B) Salamin jangida
C) Fermopil jangida D) Plateya jangida

25.Afsonalarda yozilishicha , so’qir bo’lib yurtma-yurt kezib cholg’u asbobi jo’rligida o’z she’rlarini kuylagan shaxsni toping.


A)Gerakl B)Suqrot C)Odissey D)Gomer

26. Shiroq afsonasi haqida ma'lumot bergan tarixchini ko'rsating?


A)Gerodot B)Arrian C) Poliyen D)Strabon

27.Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar bilan forslar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon sodir bo’ldi?


A)mil.avv 522-yilda B)mil.avv 521-yilda
C)mil.avv 519-yilda D)mil.avv 518-yilda

28. Yangi Bobil podsholigida qaysi hukmdor o 'z davlatini "mustahkam qal'a "ga aylantirgan?


A) Navuxodonosor II B) Xammurapi C) Nabonid
D) Sargon I

29 Qadimgi Mesopotamiya hukmdorlari shahar-davlatni kimlarga tayangan holda idora qilgan?


A) dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarga tayangan holda B) aslzodalar, kohinlar, amaldorlarga tayangan holda, harbiy qo’shinlar yordamida C) o’z o’g’illari, yaqinlari, qarindoshlari yordamida, harbiy qo’shinga tayanib D) dehqonlar, kohinlar va harbiy qo'shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilgan
30.Mesopotamiya maktablarida o`quvchilar loy taxtachalarga nimalarni yozishgan?
1.asotirlar va afsonalarni 2.malakat hayotida ro`y bergan muhim voqealarni 3.Xammurapi qonunlarini 4.o`simliklar, hayvonlar, qushlar va qurt-qumursqalar nomlarini 5.mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlarini
A)1,3,5 B)1,2,4 C)1,2,5 D)1,4,5
31.Qachon Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi?
A) mil.avv IX asr B) mil.avv VIII asr
C) mil.avv XI asr D) mil.avv VII asr

32.Qadimgi Xitoy davlati Хitoyning qaysi qismida vujudga kelgan?


A)Хuanxe.daryosining o’rta oqimida B)Sharqiy Xitoy hududida C)Yansizi daryosining yuqori oqimida
D)Shimoliy Xitoy hududida
Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling