Navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ikkinchi jahon urushi yillarida ozbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan galabaga qoshgan hissasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 3 “B” guruh talabasi A.Mansurov Qabul qildi: kat.o’qit. U.Narzullayev
- KIRISH 1. IKKINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI
- FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI 4. O’ZBEKISTONLIK JANGCHILARNING
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “O’ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI MAVZU: IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O’ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI Bajardi: 3 “B” guruh talabasi A.Mansurov Qabul qildi: kat.o’qit. U.Narzullayev Navoiy-2016 2
MAVZU: IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O’ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI REJA: KIRISH 1. IKKINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA O’ZBEKISTONNING URUSHGA TORTILISHI 3. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O’ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI 4. O’ZBEKISTONLIK JANGCHILARNING IKKINCHI JAHON URUSHIDAGI JASORATLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3
Kirish Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar, agressiv davlatlar-fashistlar Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va militaristik YAponiya boshladilar. Ular orasida Germaniya fashistlari uyushtiruvchi, yetakchi rol o’ynadi.Fashistlar bloki davlatlari tomonidan olib berilgan urush bosqinchilik, adolatsizlik urush edi. Fashizmga qarshi urushgan davlatlar adolat uchun kurashdilar. Agressiya qurboni bo’lgan mamlakatlarda vatanparvar kuchlar, xalq tomonidan qarshilik ko’rsatish harakati boshlangach, urushning ozodlik xarakteri yanada ko’chaydi. Olti yil davom etgan, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo'ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan ortiqroq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo'lib qoldi, moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo'ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko'p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irlik markazi SSSR xalqlari zimmasiga tushdi. Sovet davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga qarshi qo’yishga va ularning harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan edi. 1939 yil 23 avgustda sobiq SSSR bilan Germaniya o’rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma imzolanadi. Shartnomaning mahfiy qo’shimcha bayonnomasiga muvofiq Germaniya va SSSR
o’zlarining ta’sir
doiralarini bo’lib
oladilar. Germaniya
Boltiqbo’yimamlakatlariga da’vo qilishdan voz kechadi. Germaniya 1939 yil 1 sentyabrda Polshaga bostirib kirgach, Sovet davlati 1939 yil 17 sentyabrda o’z qo’shinlarini G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaga kiritadi va bu hududlarni o’z tasarrufiga oladi. 1940 yil iyunda SSSR Boltiqbo’yi respublikalarini ham egalladi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Germaniyasi G’arbiy va Markaziy
4
yevropada hukmronlikni qo’lga kiritdi. Fashistlar Germaniyasi Yevropaning harbiy,
iqtisodiy resurslarini qo’lga kiritib bo’lgach, 1941 yil 22 iyun yakshanba kuni tong saharda hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi
SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qilishdan iborat edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari—Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar. Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibidagi barcha respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston ham urush girdobiga tortildi. Shu tariqa, ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o’z girdobiga tortdi.
5
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning urushga tortilishi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko'rilmagan darajada katta va dahshatli,butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi. 1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi. Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron bo'lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi. Fashizm o'ta agressiv, o'ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo'lgan, dunyoni qaytadan bo'lishga va dunyoda hukmron bo'lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo'llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o'rtasida o'tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G'arbda, Sharqda, O'rta yer dengizida xavfli urush o'choqlari vujudga keladi. batlarni o'zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qay-tadan bo'lish maqsadida urushga tayyorlandilar. Ularga Angliya, Fransiya va AQSH dan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yer-larni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga va o'z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga intilardilar. Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22- iyungacha bo'lgan davrda fashistlar Germaniyasi G'arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni —
6
Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan to'xtadi. 1
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o'zlarini “nasibasiz” qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan, uning natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosa-Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda boshlandi. Xuddi shu kuni german qo’shinlari uch tomondan Polsha sarhadlariga bostirib kirdilar. Urush qisqa muddat ichida dunyodagi juda ko’pgina davlatlarni o’z domiga tortdi. 1941 yil 22 iyunda fashistlarning 191ta diviziyasi (shundan 153 tasi bevosita Germaniyaning o’ziga qarashli) SSSRning Boltiq dengizidan tortib to Qora dengiz hududlarigacha chegaralari bo’ylab yopirilib hujumga o’tdi. Ana shu tariqa jahon tarixida inson qulog’i eshitmagan va ko’zi bilan ko’rmagan dahshatli fojea boshlandi. Jahon ururshining boshlanishi, uning sabablari va aybdorlari xaqida ko’p va xo’p yozilgan. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, ikkinchi jahon urushining asosiy sababchisi va aybdori Germaniya va SSSRning hukmron doiralari, avvalo, Adolf Gitler va Iosif Stalindir. Har ikkala bosqinchi saltanatchi davlat ham o’z oldiga bosh maqsad qilib dunyo hukmronligini qo’ygan edi. Har ikkala bosqinchi davlat ham o’zining bosh strategiyaviy maqsadini amalga oshirish uchun har xil taktik usullar bilan bordi, biri ikkinchisidan ayyorlik qilishga intildi, turli yo’llar bilan o’z chegaralari va ta'sir hududi doiralarinin kengaytirishga harakat qildi. Ammo har ikkala tomon ham o’zaro ikki o’rtada dahshatli muhoraba bo’lishi muqarrar ekanligini yaxshi bilar edi. Shu ma'noda 1939 yil 23 avgustda A.Gitler va I.Stalinning fatvosi bilan Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrob va SSSR tashqi ishlar Xalq komissari V.Molotov o’rtasida 10 yil o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomaning tuzilishi xarakterlidir. Jahon jamoatchiligi bu shartnomani har ikki davlat tomonidan dunyoni o’zaro bo’lib olish maqsadlarini ko’zlab tuzilgan shartnoma sifatida qabul qildi. Chunki shartnoma tuzilgandan so’ng Germaniya o’zning asosiy raqibi SSSRdan qo’lini bo’shatib oldi va oradan ko’p muddat o’tmasdan 1
1
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 134-bet. 7
sentyabrda Polsha hududlariga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaq sir va maxfiy tutilgan moddalarga ko’ra SSSR Germaniyani nafaqat ma'naviy tomondan balki moddiy jihatdan qo’llab quvvatlagan, amalda o’ziga qarshi oyoqqa turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov bilan Shulenburg o’rtaisda 1939 yil 28 sentyabrda tuzilgan va 1941 yil 10 yanvarda imzolangan mutlaqo maxfiy shartnoma isbotlaydi. Shartnomaga ko’ra Germaniya tomoni Boltiq bo’yi davlatlari hududlariga (Litva hududining bir qismidan tashqari) bo’lgan da'vosidan voz kechishi lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR Germaniyaga 7.500.000 oltin dollar, yoki 31 million 500 ming nemis markasi miqdorida haq to’lashga rozi bo’ladi. 31.5 million nemis markasi miqdoridagi summaning sakkizdan bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR tomoni uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, 27.562.500 german markasini 1941 yil 11 fevralgacha oltin hisobida to’lashi shart qilib qo’yildi. 2
1939 yil 23 avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk saltanatchilik manfaatlariga javob berar edi, albatta. Birinchidan, SSSR ham sulh evazidan o’zining eng asosiy va xavfli raqibi Germaniyadan “ko’ngli to’q” bo’ldi. Shu bois u o’zining asosiy diqqat e'tiborini Uzoq Sharqqa qarata olar edi, “Sovet Ittifoqi uchun,-deb yozishadi G`arbiy Germaniyalik tadqiqotchilar M.Barch, X.F.Shebesh va R.Sheppelman. 1939 yilgi vaziyat og’ir edi. U ochiqdan-ochiq dushman qo’shinlari bilan o’ralgan bo’lib, butkul yakkalanib qolgan edi. Buning ustiga u Sharqdagi xavfli raqib bo’lgan Yaponiya bilan... urush holatida edi”. Ikkinchidan, SSSR Germaniya bilan tuzilgan avgust shartnomasi tufayli Shimoliy G`arbiy chegaralarini bemalaol kengaytirib oldi. SSSR 1939 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida G`arbiy Belorussiya va G`arbiy Ukraina yerlarini egallab olgandi, shu yilning 30 noyabrida u Finlyandiyaga qarshi urush e'lon qilib 1940 yil 12 martdagi shartnomaga asosan Finlyandiya hisobidan o’zining shimoliy chegaralarini ancha kengaytirgandi va nihoyat 1939 yil kuzidan 1940 yil yoziga qadar olib borilgan janglar natijasida
2 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 290-bet. 8
Boltiq bo’yi jumhuriyatlarini Qizil Armiya okuppatsiya qilganda ham Germaniya SSSRga halaqit bermadi, betaraf turdi. Uchinchidan, SSSR 1939 yildagi avgust shartnomasini tuzish orqali vaqtdan yutdi. SSSRni 1939 yildayoq Germaniya bilan urushga tortishga qaratilgan imperialistik davlatlarning, birinchi navbatda Germaiyaning ittifoqchisi bo’lgan Yaponiyaning rejalarini buzib yubordi. Ana shu nuqtai-nazardan qaraganda SSSRning Prezidenti M.S.Garbachyov aytganidek, “...23 avgustdagi hujum qilmaslik to’g’risidagi SSSR-Germaniya bitimi agar realistik pozitsiyalarda qat'iy turilsa, shak-shubhasiz edi”. Ammo 1939 yil 29 sentyabrda SSSR bilan Germaniya o’rtasida do’stlik va chegara to’g’risidagi shartnomaning imzolanishi mutlaqo mantiqsiz va tushunarsiz bo’lib, SSSRning jahon hukmronligini da'vo qiluvchi maqsadlarini yanada ochiqroq oshkor qilib qo’ygan edi. Shu boisdan ham bu shartnoma kommunistik harakat birligini buzdi va Kominternning halokatiga sabab bo’ldi. Balkim navbatdagi shartnoma ham strategik maqsad yo’lida o’ziga xos taktik uslub rolini o’ynashi kerak bo’lgandir, nima bo’lganda ham Gitler bosh bo’lgan Germaniyaning fashistik davlat mashinasi bu taktik uslubga endi e'tibor qilmadi, nazarga ham ilmadi. SSSRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. 1941 yil 22 iyunda Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi. Urushning dastlab uch haftasi davomida nemis-fashist qo’shinlari, Shimoliy- G`arbiy yo’nalishda-400 km dan 450 km gacha, g’arbiy yo’nalishda 450 km dan 600 km gacha, janubiy-g’arbiy yo’nalishda 300-350 km mamlakat ichkarisiga kirib bordi. Gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorussiyaning bir qismini va Ukrainaning o’ng sohil qismini bosib olib, RSFSRning g’arbiy oblastlari chegaralariga yaqinlashib qolgan edilar. Leningrad, Smolensk, Kievga xavf sola boshladilar 3 . Sovet mamlakati uzra ajal xavfi paydo bo’ldi. Kommunistik firqa bu urushni Ulug’ Vatan urushi deb e'lon qildi. Bu firqaning dohiysi I.Stalin Oliy Bosh Qo’mondon lavozimi bilan bir qatorda SSSR Mudofa Xalq Komissari, firqa Markaziy
3 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 291-bet. 9
Qo’mitasining bosh kotibi, Xalq Komissarlari Sovetining raisi, Davlat Mudofaa Qo’mitasining raisi lavozimlarini o’zida markazlashtirib oldi. Hamma kuch- vositalar mamlakat mudofaasiga safarbar qilindi. Butun mamlakatda bo’lgani singari O’zbekistonda ham yalpi safarbarlik e'lon qilindi. Toshkent, Andijon, Samarqand, Farg’ona, Buxoro, Qarshi, Qo’qon va boshqa shahar va qishloqlarda Kompartiya va Sovetlar rahbariyati tomonidan mitinglar va safarbarlik majlislari bo’lib o’tkazildi. Ularda qabul qilingan qarorlarning mazmuni asosan bitta narsaga qaratilgan edi, u ham bo’lsa dushmanga qarshi shafqatsiz kurashish edi. Xorazm viloyati bo’yicha 1156 kishi, Samarqand viloyati bo’yicha 1941 yil 8 iyulga qadar- 1316, 4 avgustga qadar, 2933, Toshkent viloyati bo’yicha 1941 yil 26 iyun kuni 932 kishi, Farg’ona viloyati bo’yicha 1735, Andijon viloyati bo’yicha 798, Namangan viloyati bo’yicha 267 kishi frontga yuborildi. 4
nasihat qilib faqat g’alaba bilan qayt, qahramon bo’lib qayt, avlod-ajdodlarining jasoratlariga munosib bo’l, deb frontga jo’natar edi. Sodda dil, qalbi ochiq, dili pok, o’zi pok xalqimiz Kompartiya va Sovetlarning yolg’on tashviqoti targ’ibotlariga ko’r-ko’rona ishongan edi. “SSSRni Vatan” deb bilardim, “Kommunistik” kelajakka, “bog’i Eram”ga ishonardi. Lenin-Stalinni “Xalqlar dohiysi” deb bilardi, uning so’qir ko’zlari 30-yillardagi qatag’onlik qurbonlarini ko’pchilik sodda xalqimiz “xalq dushmanlari” deb ishonar edi. Mehnatga yaroqli erkaklarning armiyaga safarbar qilinganligi tufayli ishlab chchiqarish tarmoqlarida ishchilar va injener texnik kadrlar tanqisligi paydo bo’ldi. Shul bois kadrlar tayyorlash muammosi avvalo fabrika-zavod ta'limi maktablarida, hunar-bilim yurtlari, qiqa muddatli turli kurslarda, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida hal qilindi.So’ngra respublikada yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o’rganish va ikkinchi ixtisoslikni egallash yo’lga qo’yildi. O’zbekiston mehnatkashlari, avvalo xotin-qizlar mamlakat boshiga tushgan kulfat-fojeani o’z kulfatlari va fojealari deb bildilar.
4 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 292-bet. 10
1941 yil iyul oyining o’zida Ursatevsk stantsiyasida 300 dan ortiq, Smarqandda 250 dan ko’proq, “Tashselmash” zavodida 220, Andijon parovoz deposida 120 dan ortiq xotin-qizlar frontga ketgan o’z otalari, aklari va yerlarining o’rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar. Bunday “Vatanparvarlik’ harakati butun O’zbekistonda, shu jumladan qishloqlarimizda ham keng quloch yoydi. O’zbek xalqi Ukraina, Belorussiya, Boltqbo’yi va Rusiya Federatsiyasi yerlariga qilingan hujumni jonajon o’z yurti- O’zbekistonga qilingan hujum hisoblab har jabhada qahramonlik mo’jizalarini ko’rsatdilar. VKP(b) Markaziy Qo’mitasi va Davlat mudofaa Qo’mitasining topshirig’iga binoan SSSR Gosplani 1941 yilning IV kvartali va 1942 yil uchun harbiy xo’jalik rejasini ishlab chiqdi va uni 1941 yil 16 avgustda Siyosiy byuroda tasdiqladi. Ana shu rejaga asosan mamlakatning G`arbiy mintaqalaridagi sanoat korxonalarini O’rta Osiyo, Ural va Sibir hududlariga ko’chirib joylashtirishga qaror qilindi. Qisqa muddat davomida 1941 yilning iyul-noyabr oylarida Ukraina, Belorussiya, Moskva va Leningraddan 1563 sanoat korxonasi (shundan 1360 tasi harbiy sanoatga oid) Ittifoqning sharqiy mintaqalariga, bulardan 250 dan ortig’i O’rta Osiyo respublikalarida joylashtirildi. Sovetlar hukumati bu sanoat korxonalarini urush tufayli chorasizlikdan, noilojlikdan turkiy respublikalar hududlarida joylashtirishga majbur bo’lgan edi. Holbuki urushga qadar O’rta Osiyo hududida sovetlar birorta og’ir sanoat mahsuloti korxonasini qurib ishga tushirmagan edi. O’rta osiyoda joylashtirilgan 250 dan ortiq sanoat korxonasining 100 dan ortig’i O’zbekiston hissasiga to’g’ri keldi. V.P.Chkalov nomidagi Moskva aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Sumsk ximiya (hozirgi Chirchiqximmash), Elektrokabel “Krasno’y dvigatel”, “Rostselmash”, “Krasno’y Aksay”, Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk Karborund zavodlari, Moskva, “Podemnik’ va “Elektrostanok” zavodlari, Stalingrad Kimyo kombinati va boshqalar shular jumlasidandir. O’zbekistonga bunday yirik sanoat korxonalarining ko’chirib keltirilishi respublikamizni SSSRning Sovet Armiyasining qudratli harbiy mudofaa arsenaliga aylantiribgina qolmay, mamlakat iqtisodiy potentsialini yoppasiga kuchaytirishga, sanoat mahsulotlarining o’sishiga ham olib keldi. Yirik sanoat
11
korxonalari bilan bir qatorda O’zbekistonga Ittifoqning G`arbiy huddudlaridan fan, maorif va madaniyat muassasalari, ming-minglab boshpanasiz qolgan oilalar, ota- onasiz yetim qolgan yosh go’dak bolalar ham evakuatsiya qilindi. O’rta Osiyoga jami bo’lib, 3 million kishi ko’chirildi. Shundan 2 million 300 minggi Qozog’istonga, 716 ming kishi O’zbekistonda joylashtirildi. Bu ish 1941 yil 3 dekabrda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti evakuatsiya qilingan sovet fuqarolarini qabul qilish va joylashtirish bo’yicha qabul qilgan maxsus qarori asosida amalga oshirildi. Qarorda ota-onasiz qolgan bolalarga g’amxo’rlik qilishga alohida e'tibor berilib, Toshkent shahrida maxsus qabul shaxobchasi tashkil qilindi. O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan aholini o’zbek xalqi o’zining issiq bag’riga oldi, ularga mehr-oqibat ko’rsatdi, uy-joy bilan ta'minladi, oziq-ovqat berdi. Ota- onasiz, yetim-yesir qolgan bolalarning ko’pchiligi ham O’rta Osiyo respublikalariga, xususan O’zbekiston yuborildi. Faqat 1941 yilning o’zida 200 ming bola bolalar uylariga joylashtirildi. Minglab-minglab bolalarni o’zbek oilalari o’z issiq qalblariga oldilar. 1943 yilga qadar 4672 yetim-esir o’zbek xalqining mehr qalbi haroratidan va adolatlik diyonatidan bahramanda bo’ldilar 5 . “Toshkentga kelib bolalar uylarining oldida bola olish uchun navbatda turgan odamlarni ko’rib xayratga tushdim”, deb yozgandi mashhur bolalar shoiri Korney Chukovskiy. Darhaqiqat, shoir asarlarida respublikamiz bolajon yurt sifatida o’rin oldi. Uning “Leningradning do’stlari”, “Bolalar-bolajonlarimiz” kabi o’nga yaqin maqolalarida xalqimizningana shu insonparvarlik tuyg’ulari ulug’lanadi. Toshkentlik mashhur oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning umr yo’ldoshi Bahri xolaning urush yillaridagi jasoratlarini kim bilmaydi deysiz. Bahri opa va Shoahmad aka Ulug’ Vatan urushi yillarida ota-onasiz qolgan 16 bolani tarbiyalab voyaga yetkazdilar: o’zbek, rus, tatar, yahudiy, chuvash, moldavan...Ularning birortasini ham Bahri xola tuqqan bo’lmasada, barchasi uni o’z onasi, o’zbek tilini esa ona tili deb hurmatlab o’sib voyaga yetdilar.
5 Karimov Sh. G`alabaga qo`shilgan hissa,-T.: O`zbеkiston, 1990, 20-bеt. 12
Respublikada umumxalq mudofaa fondi tashkil qilindi. Urushning birinchi kunlaridayoq 1941 yil 21 avgustgacha mudofaa fondiga hammasi bo’lib 5 million 293 ming so’m pul, zayom obligatsiyalari va qimmatbaho buyumlarni topshirilgan bo’lsa, bir oydan so’ng mudofaa fondi 70 million so’mga ko’paydi. Bundan tashqari respublika mehnatkashlari mudofaa fondiga 2389 sentner don, 1808 sentner go’sht, 200 sentner jun, 1495 sentner pichan, 325 sentner quruq meva, 430 sentner sabzavot, qovun-tarvuz va shu kabilarni jo’natdilar. Mudofaa fondlarini ko’paytirishda shanbaliklar va yakshanbaliklar ham katta rol o’ynadi. Jumladan, 1941 yil 28 iyunda o’tkazilgan respublikadagi birinchi shanbalikda, 1,2 million kishi qatnashdi va shanbalikdan tushgan 3 million so’m pul mudofaa fondiga o’tkazildi. Hammasi bo’lib O’zbekiston mehnatkashlarining mudofaa fondiga qo’shgan hissasi 650 million so’m pul va 56 kilogramm tilla va kumushni tashkil etadi. Bundan tashqari 4.266 milliard so’m miqdorida davlat zayomi va pul-buyum lotareyasi to’plandi. Urushning birinchi oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko'p ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o'zlarini frontga jo'natishni so'rab ariza berdilar. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmat majburiyatida bo'lganlarni safarbar etish bilan shug'ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo'lga qurol olib frontga jo'nab ketdilar. O'rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o'choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo'lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo'shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo'natdi. 6
O'zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo'shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo'lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo'shilmalar, jumladan, 9 ta o'qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo'natildi. Milliy qo'shilma askarlari va
6 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 136-bet. 13
zobitlariga yaxshi harbiy ta'lim berishda, ular bilan frontni mus-tahkamlashda O'zbekistonda tuzilgan zaxiradagi 24-o'q-chi diviziya katta rol o'ynadi. Diviziyaning boshliqlari va zobitlari tarkibida 178 o'zbek o'g'loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo'natdi.1941-yilda O'zbekiston ahplisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo'lsa, yarpqli odamlarimizning 50—60 foizi, aniqrog'i 1433230 kishi urushga safarbar bo'lgan. 7
harbiy izga tushirish, ko'plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o'q-dorilar ishlab chiqishni yo'lga qo'yish bo'yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b) MQ va Davlat Mudofaa Qo'mitasi topshirig'iga binoan ishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil 4-kvartali va, 1942-yil uchun harbiy xo'jalik ishlar rejasi asos bo'lib xizmat qildi. Bu rejada mamlakatning sharqiy mintaqalarida, jumladan, O-'zbekistonda yangi zavodlar, shaxtalar, konlar qurish hamda qurol-aslaha, o'q-dori, ayniqsa ko'plab tank, samolyot, to'p va zambaraklar ishlab chiqarishning keng dasturi belgilab berilgan edi. Dasturda transport ishini qayta qurish, dushman ishg'ol qilishi xavfi ostida qolgan joylardagi sanoat korxonalari-ni, kolxoz va sovxozlarning mol-mulklarini, ilmiy muas- sasalarni sharqqa ko'chirish va ularni joylashtirish, yangidan ishga tushirish tartiblari ham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga 1941-yil 25- avgustda tashkil etilgan U. Yusupov boshliq maxsus respublika hukumat komissiyasi rahbarlik qildi. O'zbekistonning iqtisodiy va mehnat resurslari frontga safarbar etildi. Butun SSSR hududida, jumladan, O'zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya'ni ish kuni uzaytirildi, dam; olish kunlari va mehnat ta'tillari bekor qilindi. O'zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300 ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o'q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar. 8
Ularda frontga ketgan erkaklar o'rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar.Urushning
7 Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. Asarlar. T.: “O'zbekiston”, 1996, 80-bet. 8 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 137-bet.
14
dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni shaxta-larida ishlashga yo'l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan «Tashselmash» zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketgan otalari, akalari va erlarining o'rniga ishga kirib fidokorona mehnat qildilar. Xullas, O’zbekistonning zahmatkash mehnatkashlari o’z vijdon va da'vati bilan respublikani fashizmga qarshi kurashda Ittifoqning bastionlaridan biriga aylantirdi. Bu hol esa so’zsiz suratda SSSRning Germaniya ustidan g’alaba qozonishini ta'minlagan eng muhim omillardan biri bo’ldi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling