Navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.05.2020
Hajmi0.65 Mb.
#102872
1   2   3   4
Bog'liq
ikkinchi jahon urushi yillarida ozbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan galabaga qoshgan hissasi


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

15 


 

 

 

2. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan 

qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi. 

Germaniya  ustidan  qozonilgan  tarixiy  g’alabada  O’zbekiston  sanoati  va 

ishchilar sinfining munosib hissasi bor. 

O’zbekiston  ishchilar  sinfi  urush  yillarida  yuksak  onglilik  va  uyushqoqlik 

namunalarini  ko’rsatib  g’alaba  uchun  barcha  zarur  bo’lgan  ishlarni  qildi. 

Respublika  iqtisodiyotini  harbiy  izga  solish,  armiyani  dushman  ustidan  g’alaba 

qozonishini  ta'minlashga  qodir  bo’lgan  qudratli  harbiy  xo’jalikni  barpo  etish  ana 

shu vazifalardan biri edi.  

Vaziyat  nihoyatda  og’ir  edi.  Gap  shundaki,  urushga  qadar  Sovet  Ittifoqida 

chiqarilgan temirning 68 foizi, po’latning 58 foizi, alyuminiyning 60 foizi, g’arbiy 

mintaqalardan  olinardi.  Mudofaa  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  og’ir  sanoat 

korxonalarining ham katta qismi g’arbiy hududlarda joylashgan edi.

9

 Endilikda bu 



huhdudlarni  qisqa  maddatda  fashistlar  Germaniyasi  egallab  oldi.  Vazifa  tez 

fursatlarda  ana  shu  katta  yo’qotishning  o’rnini  qoplashdan  va  dushman  ustidan 

g’alabani  ta'minlaydigan  sanoat  ishlab  chiqarishini  yo’lga  qo’yishdan  iborat  edi. 

Bu borada O’zbekiston Respublikasining o’rin va salmog’i albatta katta edi. 

O’zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Qo’mitasi  byurosining  1941  yil  25 

avgustda  qabul  qilgan  maxsus  qarori  asosida  sanoat  korxonalari  ishiga  rahbarlik 

qilish  uchun  jumhuriyat  hukumat  komissiyasi  tuzildi.  Bu  komissiya  jumhuriyat 

sanoatini harbiy izga solish masalalari bilan shug’ullandi. Natijada urushga qadar 

tinch  ishlayotgan  sanoat  korxonalari  qisqa  muddat  ichida  harbiy  texnika,  qurol-

yarog’  ishlab  chiqaradigan  korxonalarga  aylantirildilar.  O’zbekistonda  1941 

yilning oxirlariga kelib 300 zavod va fabrika  Qizil Armiya uchun qurol-yarog’ va 

o’qdori ishlab chiqara boshladi. Birinchi navbatda turgan masala mudofaa sanoati 

korxonalarini zarur bo’lgan yoqilg’i, elektor quvvati va metal bilan ta'minlashdan 

iborat  bo’ldi.  O’zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Qo’mitasining  1941  yil  5-7 

                                                             

9

 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 294-bet. 



 

 


 

16 


 

dekabrda  bo’lib  o’tgan  V  Plenumi  respublika  sanoatini  harbiy  izga  solish 

sohasidagi  ishlarga  yakun  yasadi,  O’zbekistonga  evakuatsiya  qilingan  sanoat 

korxonalarini  tezlik  bilan  ishga  tushirish,  mamlakatga,  front  uchun  kerak  bo’lgan 

mahsulotlarni o’z vaqtida yetkazib berish bilan bog’liq masalalr muhokama qilindi 

va uni amalga oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqildi.  

Elektr energiyasi, yoqilg’i va xom-ashyo bazalarini rivojlantirish masalalariga 

ham  katta  e'tibor  berildi.  1942  yil  noyabrgacha  Chirchiq,  Toshkent  energetika 

sistemalarining  qishki  quvvatini  160-170  ming  kilovatga  yetkazish,  4-5  oy  ichida 

Toshkent  yonida  60-70  ming  kilovat  elektr  energiya  bera  oladigan  issiqlik 

elektrostantsiya  qurish,  bu  stantsiyalarni  mahalliy  ko’mir  asosida  ishlatish 

tadbirlari  ilgari  surildi.  Respublikada  metal-ko’mir  va  neft  qazib  chiqarishni 

ko’paytirish  tadbirlari  belgilandi.  Bu  ehtiyojlar  uchun  bir  milliard  so’m  mablag’ 

ajratildi.  Ushbu  dasturni  amaliy  bajarishga  doir  bir  qancha  tadbirlar  belgilandi  va 

Solar,  1-Quyi  Bo’z  suv  (birinchi  navbatini),  2-Oqqavoq  (ikkinchi  navbatin),  va 

Farxod gidroelektrostantsiyalarin qurish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi.

10

 

O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining VIII Plenumi Farxodstroy 



qurilishining  1943  yilgi  kuzgi  plan  topshiriqlarini  bajarishga  yordam  ko’rsatish 

tadbirlari  to’g’risidagi  masalani  muhokama  qilib,  qurilish  sur'atlarini  oshirish 

masalasini  qo’ydi,  barcha  partiya  tashkilotlariga  gidroelektrostantsiya  qurilishiga 

har  tomonlama  yordam  berish,  uni  ishchi  kuchlari  va  zarur  materiallar  bilan 

ta'minlashni topshirdi. 

Farxod  GES  qurilishiga  respublikaning  o’zida  8  ming  kubometrdan  ko’prik 

yog’och  va  boshqa  binokorlik  materiallari,  800  tonna  metall,  110  mingdan  ortiq 

har  xil  asbob-uskuna.  Transport  vositalari  topilib  ishga  solindi.  Bundan  tashqari 

respublikamiz mehnatkashlari bu umumxalq qurilishiga 300 vagondan ko’proq har 

xil qurilish materiallari yubordilar. 

Ko’rilgan  tadbirlar,  Farxod  GES  ishchilarining  qahramonona  shijoati  va 

mehnati tufayli Sirdaryoni jilovlash juda qisqa muddatda 10 oyda amalga oshirildi, 

                                                             

10

 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 295-bet. 



 

 


 

17 


 

holbuki  odatda  bunday  ishlar  2-3  yilga  cho’zilardi.  Farxod  GESning  ikki  agregati 

(birinchi navbat) 1946 yilning fevral oyida ekspluatatsiyaga topshirildi. SSSRning 

Oliy  Soveti  Prezidiumining  farmoni  bilan  Farxod  GES  qurilishida  jonbozdik 

ko’rsatganligi  va  qahramonona  mehnati  uchun  500  kishi  Sovet  Ittifoqining  orden 

va medallari bilan mukofotlandi.  

Urush  yillari  Tovoqsoy,  Oqtepa,  Oqqovoq,  Qibray,  Solar,  Qutbozsuv  va 

boshqa  gidroelektrostantsiyalar  qurilib  ishga  tushirildi,  natijada  O’zbekistonda 

elektr energiya hosil qilish 1940 yildagi 482 mln.kv soatdan 1945 yilda 1.187 mln. 

va soatgacha ko’paydi.

11

  

Urush yillarida O’zbekiston yoqilg’i sanoatini rivojlantirish masalalariga ham 



katta  e'tibor  berildi.  Ko’mir  sanoatini  rivojlantirishga  639  million  980  ming  so’m 

kapital  mablag’ solindi. Natijada jumhuriyatda ko’mir qazib chiqarish  1945  yilda 

103 ming tonnaga yetdi yoki u 1940 yildagiga nisbatan 30 martadan ko’proq o’sdi, 

demakdir. 

Urush  yillarida  O’zbekistonning  neft  sanoati  ham  ulkan  odimlar  tashladi. 

SSSR Xalq Komissarlari Sovet 1941 yil 4 apreldagi “O’rta Osiyoda neft sanoatini 

rivojlantirish  to’g’risida”  maxsus  qaror  qabul  qilindi.  Ana  shu  qaror  asosida 

O’zbekistonda  yangi  neft  konlari  ochildi.  1940  yildagiga  qarganda  respublikada 

neft  qazib  chiqarish  1945  yilda  4  marta  ko’paydi  va  u  yiliga  478  ming  tonnani 

tashkil etdi. Elektroenergetika va yoqilg’i sanoatining yuksak bazalarining vujudga 

keltirilishi  O’zbekistonda  metallurgiya  va  mashinasozlik  sanoatlarini  ham 

rivojlanishi uchun baza bo’lib xizmat qildi. 

1941-1942 yillarda respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida 16 

ta yirik mashinasozlik zavodlari tashkil etildi.  

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarining yuqori sur'atlar 

bilan  rivojlanishi  metallurgiya  ishlab  chiqarish  bazasini  barpo  etishni  talab 

qilayotgan  edi.  O’zbekiston  SSR  Xalq  Komissarlari  Sovet  1942  yil  17  iyunda 

Bekobod  shahrida  metallurgiya  zavodi  qurishto’g’risida  qaror  qabul  qildi.  Zavod 

                                                             

11

 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 147-bet. 



 

 


 

18 


 

qurilishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalar  bo’yicha  O’zbekiston  Kompartiyasi 

Markaziy Komiteti Byurosida 20-qaror qabul qilindi. 

1944  yil  5  mart  kuni  O’zbekiston  tarixida  birinchi  marta  O’zbekistonning 

birinchi  metallurgiya  zavodi  ishga  tushdi  va  u  faoliyatdagi  korxonalar  qatoriga 

qo’shildi.  Urush  yillarida  respublikamizda  rangli  metallurgiya  sanoati  6  marta 

o’sdi. 

O’zbekiston  mehnatkashlari  urush  yillarida  ximiya  sanoati.  qurilish 



materiallari  sanoati,  to’qimachilik,  poyabzal,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati, 

mahalliy  va  kooperativ  sanoati  va  transport  tarmoqlarini  rivojlantirish  sohasida 

ham bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar. 

1945  yilda  1940  yilga  nisbatan  O’zbekiston  SSR  sanoati  mahsulotining 

umumiy  hajmi  7  baravar,  shu  jumladan.  Og’ir  sanoat  ishlab  chiqarish  4  baravar, 

mashinasozlik sanoati 13.4 baravar oshdi. 

Urush  yillarida  O’zbekiston  xaritasida  yangi  sanoat  markazlari:  Chirchiq, 

Ohangaron,  Bekobod,  Yangiyo’l  va  boshqa  sanoat  shaharlari  vujudga  keldi. 

Toshkent  shahri  yirik  sanoat  markazlaridan  biriga  aylandi.  Xullas,  O’zbekiston 

sanoati  urush  yillarida  frontga  2090  samolyot,  17342  aviamotor,  2318.000 

aviabomba,  millionlab  minalar.  Snaryadlar,  granatalar  va  boshqa  shuning  singari 

qurol-aslaha  va  o’q  dorilar  yetkazib  berdi.

12

  yengil  sanoat  korxonalari  va 



kooperatsiyasi artellari umumiy qiymati 443.3 million so’mlik mahsulotlarni front 

ehtiyojlari  uchun  ishlab  chiqardi.  Bu  fashistlar  Germaniyasini  tor-mor  keltirishda 

O’zbekistonning qo’shgan katta va munosib hissasidir. 

Neft-geologiya  qidiruv  tresti,  neft  tarmog'i  qurilish-montaj  tresti,  neft  qazib 

oluvchi  ikkita  trest,  neft  qazib  chiqarish  asbob-uskunalarni  ta'mirlash  zavodi,  neft 

mashinasozligi  zavodi  barpo  etildi.  Andijon,  Polvontosh,  Changartosh,  Chimyon 

neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish ko'paytirildi. 

Urush  yillarida  Chuqurlangar,  Tolmozor,  Nayman,  Shahrixon,  Xo'jaobod, 

Janubiy  Olamushuk  va  boshqa  yangi  neft  konlari  ishga  tushirildi.  Neft  tozalash 

                                                             

12

 Lafasov M. Jahon tarixi. T.”Sharq”  2013.  154–bet. 



 

19 


 

zavodi,  ozakrit  ishlab  chiqarish  yo'lga  qo'yildi.  Urush  yillarida  respublikada  neft 

ishlab chiqarish 4 marta ko'paydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi. 

Energetika va yoqilg'i sanoatining o'sishi mashina-sozlik sanoatining rivojlan 

ishiga  qulay  baza  yaratdi.  G'arbdan  ko'chirib  keltirilgan  zavodlar  bazasida  16  ta 

stanoksozlik,  to'qimachilik  va  mashinasozlik  korxonalari  tashkil  etildi.  Urushdan 

oldingi  respublikamizdagi  ko'pgina  zavodlar  ham  turli  asbob-uskunalar,  mashi-

nalar,  jangovar  texnika  ishlab  chiqarishga  moslab  qayta  qurilgan  edi.  Bu 

korxonalarning  noni  -  metall  hisoblanadi.  Shu  bois  metallga  bo'lgan  talab  tobora 

oshib bordi. 

O'zbekiston  Xalq  Komissarlar  Soveti  1942-yil  17-iyunda  Bekobodda 

metallurgiya  zavodi  qurishga  qaror  qabul  qildi.  Rossiya  va  Qozog'iston  sanoat 

korxonalaridan  ko'plab  asbob-uskunalar  keltirildi.  Metallurgiya  zavodini  qurish 

butun  respublika  mehnatchilarining  ishiga  aylandi.  Sanoat  korxonalari  zarur 

miqdor-da mutaxassislar ajratishdi, kolxoz-sovxozlar ishchi kuchi bilan ta'minladi. 

Zavod  qurilishida  30  mingdan  ko'proq  kishilar  ishtirok  etdilar.  Beloretsk, 

Dobryanka,Guryev,  Makeyevka  zavodlaridan  po'lat  erituvchi  mutaxassislar 

keldilar.  Yuzlab  o'zbekistonlik  yigit-qizlar  Ural  va  Sibirning  sanoat  korxonalarida 

marten va prokat ishlarini o'rganib keldilar.

13

 



O'zbekistonning  birinchi  metallurgiya  zavodi  1944-yil  5-mart  kuni  dastlabki 

metall  mahsulotlarini  bera  boshladi  va  tez  kunlarda  zavodning  birinchi  navbati, 

1945-yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi. 

Geologik-qidiruv  ishlari  natijasida  ko'plab  qora  va  rangli  metall  konlari 

ochildi.  Urush  yillaridayoq  Langar,  Ingichka,  Qo'ytbsh,  G'ortepa,  Olmaliq  rangli 

metall  konlari,  Oqtosh  boksit  konini  o'zlashtirish  ishlari  bosh-lanib  ketdi.  Ulardan 

qazib  olingan  volfram,  molibden,  mis,  alyumin  va  boshqa  mahsulotlarni  qayta 

ishlash korxonalari qurildi. 

                                                             

13

 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 148-bet. 



 

 

 



 

20 


 

Kimyo  sanoati  rivojlandi.  1944-yil  yanvaridayoq  Gorkiy  va  Stalinogorsk 

kimyo  kombinatlaridan  ko'chirib  keltirilgan  uskunalar  asosida  qurilgan  Chirchiq 

elektro-kimyo  kombinatining  ikkinchi  navbati  muhim  kimyo  mahsuloti  ammiak 

ishlab  chiqara  boshladi.  1943-yilda  Quvasoy  kimyo  zavodi,  Qo'qon  superfosfat 

zavodi,  Farg'ona  gidroliz  zavodi  qurilib  ishga  tushirildi.  Kimyo  sanoati 

mahsulotlari salmog'i 1940-yilga nisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko'paydi. 

Urush  yillarida  qurilish  materiallari  sanoati,  to'qimachilik  va  poyabzal  sanoati, 

oziq-ovqat  sanoati,  mahalliy  sanoat  tarmoqlarini  rivojlantirish  tadbirlari  amalga 

oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog' zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand 

va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. 

Sanoat  korxonalarining  kengayishi,  yangi  qurilgan  zavod-fabrikalarning  ishi, 

muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta'minlashga bog'liq edi. Yuz minglab 

kishilarning,  xususan,  tajribali  xodimlarning  frontga  safarbar  etilishi  katta 

qiyinchiliklar  tug'dirardi.  Keksalar,  ayollar,  ayniqsa  armiyaga  chaqirish  yoshiga 

yetmagan  o'smirlar  va  qizlar  korxonalarga  jalb  etildi,  ularga  hunar  o'rgatildi, 

respublikada  100  mingdan  ko'proq  malakali  ishchilar  tayyorlandi.  Faqat  hunar  va 

temiryo'l  bilim  yurtlari,  fabrika-zavod  ta'lim  maktablari  57  mingdan  ziyod  yosh 

ishchi  kadrlarni  tayyorlab  berdilar.  Korxonalar  zimmasiga  yuklangan  katta 

topshiriqlar  kishilardan  jismoniy  zo'riqish,  hatto  holdan  toyguncha  ishlashni  talab 

qilardi.  O'zbekistonliklar  g'alaba  uchun  har  qanday  og'irlikni,  qiyinchiliklarni 

yengib o'tdilar, respublikani qizil armiyaning qurol-aslahaxonasiga aylantirdilar. 

Urush  yillarida  O'zbekistonda  280  ta  yangi  sanoat  korxonalari  qurilib  ishga 

tushirildi. 

Sanoatning 

yangi 


tarmoqlari—aviatsiya, 

stanoksozlik, 

og'ir 

mashinasozlik,  qora  va  rangli  metallurgiya  va  boshqa  tarmoqlari  vujudga  keldi. 



1940-yilda  yalpi  sanoat  mahsulotida  og'ir  sanoatning  hissasi  13,9  foizni  tashkil 

etgan bo'lsa, 1945-yilda 47,5 foizni tashkil etdi.

14

 

                                                             



14

 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 150-bet. 

 

 

 



 

21 


 

Sanoatchilarimizning  fidokorona  mermati  tufayli  O'zbekiston  sovet 

armiyasining  qurol  aslahaxonasiga  aylandi.  O'zbekiston  frontga  2090  samolyot, 

17342  avia-motor,  2318  ming  aviabomba,  1,7  mingdan  ortiq  mino-myot,  22  mln 

dona  mina,  560  ming  snaryad,  milliontacha  granata,  330  ming  dona  parashyut, 

harbiy  ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon 

kabellari  va  boshqa  mahsulotlar  yetkazib  berdi.  Bu  o'zbekistonliklarning  fashist 

bosqinchilarini  tor-mor  etishga  qo'shgan  ulkan  hissasi  sifatida  jahon  tarixidan 

munosib o'rin oldi. 


 

22 


 

1941-1945  yillardagi  urushda  qozonilgan  tarixiy  g’alabada  O’zbekiston 

qishloq  xo’jaligi  mehnatkashlarining  ham  salmoqli  hissalari  bor.  Dushman 

Boltiqbo’yi, Ukraina va Belorussiya chegaralaridan tortib toki-Moskva–Leningrad 

shaharlarigacha bo’lgan katta hududni bosib  olgandi. Bu hol sanoatni  hom ashyo 

bilan,  aholini  xususan  jangchilarni  kiyim-kechak.  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 

ta'minlashda  juda  katta  qiyinchiliklar  tug’dirdi.  O’zbekiston  qishloq 

mehnatkashlari vujudga kelgan bu qiynchiliklarni ongli suratda to’g’ri tushundilar 

va dushman vaqtincha okkupatsiya qilib olgan hududlar hissasini ham qoplaydigan 

hom  ashyo,  oziq-ovqat  mahsulotlari  yetkazib  berish  uchun  o’zlarining  butun 

mehnat faoliyatlarini, harbiy ishga solib qayta qurdilar. 

Bir  qator  obektiv  va  subektiv  sabablarga  ko’ra  jumhuriyatda  qishloq 

xo’jaligini qayta qurish g’oyatda katta qiyinchiliklar bilan ko’chdi. Mamlakatdagi 

barcha  sanoat  korxonalari  urush  manfaatlariga  bo’ysundirilib  qayta  qurilganligi 

oqibatida  respublikamizga  Markazdan  traktorlar  va  boshqa  qishloq  xo’jaligi 

mashinalari  kelishi  deyarlik  to’xtab  qoldi.  Jamoa  va  davlat  xo’jaliklaridagi 

texnikani  ta'mirlash  uchun  kerakli  materiallar,  ehtiyot  qismlar,  o’g’it  va  yonilg’i 

bilan ta'minlash umuman qisqarib ketdi. Yuz-yuz minglab qishloq mehnatkashlari 

frontga, Vatan mudofaasiga safarbar qilindilar. 

Asosan  paxtachilikka  ixtisoslashtirilgan  respublika  dehqonchiligining 

yo’nalishi ham keskin o’zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan 

holda  endi  respublika  mehnatkashlari  mamlakatga  juda  ko’p  miqdorda  don,  qand 

lavlagi, kanop, pilla savzavot va poliz mahsulotlari ham yetkazib berishi kerak edi.  

Usmon  Yusupov  O'zKP(b)  MQning  1941-yil  dekabrida  o'tgan  V  plenumida 

O'zbekistonda  g'alla  masalasini  hal  qilish,  o'zimizni  o'zimiz  un-non  bilan 

ta'minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan sug'oriladigan yer 

maydonlari  kengaytirildi.  Zarang  yerlar,  qo'riqlar,  to'qaylar,  lalmikor  yerlardan 

ham  foydalanildi.  1942-yilda  1408,1  ming  gektar,  1943-yilda  2090,2  ming  gektar 

yerga  g'alla  va  dukkakli  ekinlar  ekildi.  Natijada  don  mahsulotlari  yetishtirish 

ko'payib,  1941-yilgi  4,8  mln  so'm  o'rniga  1943-yilda  5,3  mln  so'm  olindi, 

respublika  ehtiyojlari  qondirildi.

 

Qishloq  xo'jaligida  O'zbekiston  uchun  yangi  tar-



 

23 


 

moq  —  qand  lavlagi  yetishtirish  yo'lga  qo'yildi.  Samarqand,  Farg'ona,  Toshkent, 

Qashqadaryp  viloyatlari  lavlagi  yetishtirish  bo'yicha  ixtisoslashtirilib,  1942-

yildayoq 65 ming  gektarga, keyingi  yillarda 70 ming gek-tardan  ortiqroq hosildor 

yerlarga qand lavlagi ekildi. Jizzax, Pastdarg'om tumanlarida har gektardan 400— 

800 sentnerdan lavlagi hosili olindi.

15

 

Qand  lavlagini  qayta  ishlash,  shakar,  qand  ishlab  chiqarish  uchun  Zirabuloq, 



Qo'qon, Yangiyo'l qand zavodlari qurildi. Respublika bo'yicha 1944-yilda davlatga 

1  mln  373  ming  sp'mlik,  1945-yilda  1  mln  646  so'mlik  qand  lavlagi  topshirildi. 

Urush yillarida O'zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to'rtdan bir 

qismini berdi.Bunday murakkab, og’ir vazifani O’zbekiston mehnatkashlari so’zsiz 

bajardilar. Respublikamiz qishloq xo'jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 1262 

ming  tonna  don,  54,1  ming  tonna  pilla,  482  ming  tonna  kartoshka  va  sabzavot, 

57,5  ming  tonna  meva  va  uzum,  36  ming  tonna  quruq  meva,  159  ming  tonna 

go'sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.

16

 

Y.Oxunboboev  1941  yil  21  oktyabrda  “Qizil  O’zbekiston”  gazetasida  chop 



etilgan o’zining “G`alaba biz tomonda!” maqolasida bunday yozgan edi: “Hamma 

narsa  front  manfaatlari  uchun  qaratilgan.  O’zbekiston  kolxozchilari  bu  yil 

yetishtirilgan mo’l paxta hosilini yig’ib-terib olishda katta jasorat ko’rsatmoqdalar. 

Terimchilar  o’rtasida  o’n  besh  mingchilar  harakati  keng  yoyildi.  Hammaning 

diqqat  e'tibori  mo’l  hosilni  tez  terib  olib,  davlatga  topshirishga  qaratilgan.  Biz 

yetishtirgan paxtaning har bir grammi dushman uchun o’zgarilmas zarbadir!”.  

1941  yilda  O’zbekistonda  qishloq  xo’jaligi  xodimlari  davlatga  1645,7  ming 

tonna,  yoki  1940  yildagiga  nisbatan  qariyb  200  ming  tonna  ko’proq  paxta 

topshirdilar,  hosildorlik  gektar  boshiga  17,7  sentnerga  yetdi,  davlat  rejasi  106 

protsent bajarildi. 1941 yil iyul oyi oxirlarida respublika bo’yicha 1940 yilning shu 

davriga nisbatan davlatga uch hissa ko’p g’alla, 12,051 tonna pilla topshirildi. 

                                                             

15

 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 152-bet. 



16

 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 153-bet. 

 

 

 



 

24 


 

O’zbekiston  qishloq  mehnatkashlari  1942-1943  yillarda  ham  jon  kuydirib 

mehnat  qildilar.  “Hamma  narsa-front  uchun,  hamma  narsa  g’alaba  uchun!”, 

«O’zim  uchun  va  frontga  do’stim  uchun!»  degan  shiorlar  ostida  qo’shimcha 

majburiyatlar  oldilar.  Jamoa  va  davlat  xo’jaligi  dalalarida  ko’p  ming 

kilogrammchilar  “o’n  ming  kilogrammchilar”,  “o’n  besh  ming  kilogrammchilar” 

harakati  keng  quloch  yoydi.  Ammo  1942-1943  yillarda  vaziyat  juda  og’ir  keldi. 

Jumhuriyat  paxtakorlari  paxta  tayyorlash  davlat  rejalarini  bajara  olmadilar, 

paxtaning  hosildorligi  gektar  boshiga  keskin  pasayib  ketdi.  1941  yildagi  17,7 

sentnerdan 1942 yilda 9,4 va 1943 yilda esa 7,1 sentnerga tushib ketdi. Jami bo’lib 

O’zbekiston  SSRning  jamoa  va  davlat  xo’jaliklari  davlatga  paxtani  1  million 

tonnaga yaqin kam berdilar. 

1942-yil  fevral-martda  barpo  etilgan  Shimoliy  Toshkent  kanali  15  ming 

gektar  yerni  sug'orish  imkonini  berdi.  Kattaqo'rg'on,  Kosonsoy,  Rudasoy  suv 

omborlari, Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg'ona, So'x—Shohimardon, Uch'qo'rg'on 

kanallari  qurildi.  Natijada  respublikaning  sug'oriladigan  yer  maydonlari  454,7 

ming  gektarga  kengaydi.VKP(b)  Markaziy  Komiteti  1944  yil  6  martida 

«O’zbekistonda  paxtachilikni  tiklash  va  rivojlantirish  choralari  to’g’risida»  qaror 

qabul  qildi  va  O’zbekiston  firqa  va  sovetlar  rahbarlarini  qattiq  siquvga  oldi. 

Majlisda  raislik  qilayotgan  A.S.Shcherbakov  O’z  KP  MKning  birinchi  kotibi 

Usmon  Yusupovning  qo’pollik  bilan  bo’lib:  “O’rtoq  Yusupov,  mamlakat  uchun 

og’ir  bo’lgan  shunday  vaqtda  siz  armiya  va  xalqni  ishtonsiz  qo’ymoqchimisiz?” 

degan edi. Respublikadagi haqiqiy ahvolni anglab yetishni istamagan VKP(b) MK 

Tashkiliy  byurosi  U.Yusupovni  paxta  ekin  maydonlarini  asossiz  qisqartirganlikda 

ayblab, unga «qattiq hayfsan» e'lon qildi.

17

 Qarorda O’zbekistondagi vaziyat tahlil 



qilindi, firqa sovet va jamoat tashkilotlarining paxtachilikka rahbarlik qilishda yo’l 

qo’ygan hato va kamchiliklari keskin tanqid qilindi: Ozuqabop ekinlar maydonini 

kengayishi  hisobiga  paxta  maydonlari  kamayib  ketdi.  Xo’jaliklarda  ekin 

maydonlarining tuzilmasi o’zgarib ketdi, ishchi kuchi, texnika, o’g’itlar yetishmay 

                                                             

17

O`zbеkistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O`zbеkiston sovеt mustamlakachiligi davrida, T.: “Sharq” 



2000, 449-b. 

 

25 


 

qoldi,  mexanizator  va  kambayinchilar  tayyorlash  kamayib  ketdi:  mineral  o’g’itlar 

ishlab chiqarish ham keskin kamaydi. 

Jamoa  xo’jaliklarining  yuk  avtomobillari  bilan  ta'minlash  darajasini  ham 

achinarli  ahvolda  edi.  Paxtachilikni  rivojlantirishda  jamoa  xo’jaliklarining  ichki 

imkoniyatlaridan  to’liq  foydalanilmadi.  Ularni  xo’jalik  tashkiliy  jihatdan 

mustahkamlashga 

yetarli 


darajada 

e'tibor 


berilmadi, 

ilg’orlar  tajribasi 

umumlashtirilmadi  va  ommalashtirilmadi,  mehnatni  tashkil  etish  va  hisobga 

olishda  egasizlikka  va  buzilishlarga  yo’l  qo’yildi,  yerlar  agrotexnika  qoidalari 

asosida  ishlanmadi,  shudgorlash  ishlari  sifatisiz  amalga  oshirildi  va  paysalga 

solindi. Ba'zi tuman xo’jaliklarida g’uzapoyalarni yig’ishtirib olish cho’zilib ketdi. 

G`o’za  qator  oralarida  ishlov  berish  muddatlari  kechikib  va  sifatsiz  o’tkazildi. 

Albatta bu kamchiliklarning urush bilan bog’liq obektiv va subektiv sabablari bor 

edi.  Shu  sababdan  O’zbekiston  firqa  va  sovet  tashkilotlari  markaziy  Ittifoq 

hukumatining  yordami  bilan  respublika  jamoa,  davlat  xo’jaliklari  va  MTSlarining 

moddiy-texnika  bazalarini  mustahkamlash  uchun  1944-1945  yillarda  urush 

yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan O’zbekiston uchun 2300 yangi traktorlar, 

3000  yuk avtomobili, 70 mingdan  ortiq dona qishloq xo’jalik inventarlari, 660 ta 

ta'mirlash  asbob-uskunalari  va  375  ming  tonna  mineral  o’g’itlar  ajratdilar. 

Shaharning  qishloqqa  otaliq  yordami  kuchaytirildi.Ko’rilgan  chora-tadbirlar 

natijasida O’zbekiston 1944 yilni quvonchli muvaffaqiyatlar bilan yakunladi. Paxta 

tayyorlash  rejasi  15  dekabrdayoq  ado  etildi.  Davlatga  820  ming  tonna  yoki  1942 

yildagiga  qaraganda  325  ming  tonna  ko’p  paxta  sotildi.

18

    O’zbekiston  qishloq 



mehnatkashlari  mamlakat  va  xalq  hayoti  uchun  eng  og’ir  bir  sharoitda  bu 

murakkab  vazifani  muvafaqiyatli  suratda  hal  etib  1945  yilda  kattagina  yutuqlarga 

erishdi. Davlatga paxta topshirish rejasi 26 dekabrda 100,6 protsent qilib ado etildi, 

va  1944  yildagiga  nisbatan  bir  necha  ming  tonna  ko’p  paxta  yetkazib  berildi. 

Urushning  dahshatli  va  og’ir  yillarida  ishchilar  bilan  dehqonlar,  shahar  bilan 

                                                             

18

 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 299-bet. 



 

 

 



 

26 


 

qishloq  o’rtasidagi  mustahkam  do’stlikning  samarasi  tufayli  bunday  murakkab  va 

ulug’vor ishlarni amalga oshirish mumkin bo’ldi. Birgina Toshkent shahar sanoat 

korxonalarining o’zigina 1941-1945 yillar mobaynida jamoa xo’jaliklariga 5 ming 

yaigit  seyalkasi,  2  ming  dizel,  1552  kurak  chuviydigan  mashina,  8,8  ming 

g’o’zapoyalarni  yig’ishtirib  beradigan  mashinalarni  berdi.  Butun  respublika 

qishloq  xo’jaligi  uchun  tayyorlab  berilgan  ehtiyot  qismlar  16  million  so’mni 

tashkil  etdi.  Bundan  tashqari  shahar  aholisi  qishloq  mehnatkashlariga  ming-ming 

tonnalab mineral va mahalliy o’g’itlar bilan ham yordam berdi. Respublikamizning 

yirik  sanoat  korxonalarida  ming-minglab  qishloq  mehnatkashlari  slesarlik, 

temirchilik, tokarlik, quruvchilik kasblarini egalladilar.Ming-minglab oliy  va o’rta 

maxsus  ma'lumotli  muxandis-texnikalar,  qishloq  xo’jaligi  mutaxassislari, 

iqtisodchilar, o’qituvchilar, respublikaning turli shaharlaridagi  o’quv dargohlarida 

ta'lim  olib  o’z  qishloqlariga  qaytdilar.  Xullas,  1941-1945  yillar  davomida 

O’zbekistondagi har xil kurslarda 200 mingdan ko’proq jamoa a'zosi o’qib chiqdi.  

Umuman  aytganda  O’zbekiston  qishloq  mehnatkashlari  g’oyatda  og’ir  va  qiyin 

sharoitlarda  mehnat  qilib  Germaniya  fashizmi  ustidan  qozonilgan  g’alabani 

tezlashtirishda  o’zlarining  munosib  hissalarini  qo’shdilar.  Respublika  dehqonlari 

urush yillarida front va g’alaba uchun havo va suv kabi zarur bo’lgan 4 million 148 

ming tonna paxta, 82 mln, pud g’alla, 57 ming 444 tonna meva va uzum, 36 ming 

tonna qoqi 159 ming, 300 tonna go’sht, 22,3 ming tonna jun va boshqa ko’pgina 

mahsulot  yetkazib berdilar

19

. Bu ulkan va mislsiz jasoratdir. Biz bu bilan haqli  va 



qonuniy suratda faxrlanamiz. 

1941-1945 yillardagi urush bizga tarixiy saboq berishi kerak. Xalqimiz urush 

tufayli  kelib  chiqqan  barcha  qiyinchiliklarni  hisobga  oldi,  har  bir  jabhada 

bo’lmasin  bosh  tortmay  astoydil  mehnat  qildi  va  onglilik  namunasini  ko’rsatdi. 

Ammo  bizning  mustamlaka  xo’jayinlarimiz  bu  ishni  qonuniy  jarayoni  deb 

                                                             

19.Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 299-bet. 

 

 



 

 


 

27 


 

tushundilar,  mehnat  ahlining  qadriga  yetmadilar.  Buni  Moskvaning  urushdan 

keyingi  davrda  ham  ulug’  davlatchilik  siyosati  asosida  O’zbekiston  qishloq 

xo’jaligini faqat paxtachilikka ixtisoslashtirish yo’lidan olib borganligida ko’ramiz. 

Bu  paxta  yakka  hokimligini  yanada  kuchayishiga  olib  keldi.  O’zbekiston 

SSSRning xom ashyo bazasi bo’lib qoldi. Bu hol O’zbekiston mehnatkashlarining 

milliy  fojeasi  sifatida  uning  siyosiy,  iqtisodiy  va  ma'naviy  qashoqligiga  bosh 

sababdir.                          

 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling