Navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ikkinchi jahon urushi yillarida ozbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan galabaga qoshgan hissasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Mundarija. Kirish___________________________________________________ 2-3 bet. I-bob.Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning
51
Xulosa Olti йил davom etgan, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo'ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan ortiqroq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo'lib qoldi, moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo'ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko'p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irlik markazi SSSR xalqlari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi urush alangasida halok bo'ldi, 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador va nogiron bo'lib qoldilar. O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo'ldi, 132670 kishi bedarak yo'qoldi, 60452 kishi nogiron bo'lib qaytdi. Bu mash'um urush tufayli eng kamida to'rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo'lgan. Agar qarindosh-urug'larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan. Ikkinchi jaxon urushida o’zbek xalqi fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga o’zining munosib hissasini qo’shdi.120 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi. Urushga bormaganlarga ham oson bo'lmadi. Yuz minglab vatandoshlarimiz mehnat frontida zahmat chekdilar, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan topgan nasibasini frontga jo'natib azob-uqubatlar tortdi. Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g'oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, o'z vatani, el-yurtining yorug' kelajagi, beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni, o'z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning olamshumul tarixiy ahamiyati shundaki, u dunyodagi ko'plab xalqlarni zo'ravonlikdan,-qullikdan, zulmdan ozod etdi, erkin, demokratik rivojlanish uchun, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot uchun yo'l ochib berdi. O'zbek xalqi fashizmni tor-mor etishga, olamshumul ahamiyatga 52
molik g'alabaga ulkan hissa qo'shdi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyatga katta saboq bo'ldi. Eng muhim saboq shundan iborat bo'ldiki, urush boshlanmasdan oldin unga qarshi kurashmoq, uning oldini olish tadbirlarini ko'rmoq zarur. Shu maqsadda jahondagi ko'pchilik mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotini tuzdilar. Bu xalqaro tashkilot urushdan keyingi yarim asrdan ortiqroq davr davomida tinchlikni mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'min- lash masalalari bilan shug'ullanib kelmoqda. Urush davri O'zbekiston tarixining uzviy bir qismi, biz uni unutolmaymiz. O'zbekistonda urush faxriylariga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushmasining tashab-busi bilan fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to'planib, bu ma'lumotlar asosida “Xotira” turkumida 33 kitob nashr etildi. Fashizm ustidan' g'alaba qozonilgan 9-may kuni O'zbekistonda “Xotira va Qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Urushda qurbon bo'lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e'zozlash, hurmat-izzatini Gitlerchilar Germaniyasi va ittifoqchilariga qarshi olib borilgan urush nihoyasiga yetdi. Fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingan hududlarni va Yevropa davlatlarini dushmandan ozod qilishda urush maydonlarida o'zbek o'g'lonlari misli ko'rilmagan mardlik va jasurlik namunalarini ko'rsatdilar, ming-minglab jangchilar urush maydonlarida halok bo'ldilar, ko'pchilik nogiron bo'lib qaytdi. Qurbonlar bejiz berilmadi. Ular jahonni fashizm vabosidan asrab qoldilar. Bu ishga o'zbekistonliklar ham munosib hissa qo'shdilar. Hozir ham oramizda front alangasidan omon qaytgan, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan vatanparvarlar yashab turibdilar. Urushning butun og'irliklarini o'z yelkalarida ko'tarib o'tgan bu insonlar yangi avlodlarning mangu minnatdorchiligiga sazovor bo'ldilar. Prezidentimiz I. A. Karimov xalqimizning fashizmga qarshi ozodlik uchun kurash frontlarida ko'rsatgan jasorati, diyorimizda matonatli mehnat qilgani va berilgan yuz minglab qurbonlar abadul-abad yodda tutilishini ta'kidlab, 9-may kunini “Xotira va qadrlash kuni” deb e'lon qildi.
53
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2010. – 40 b. 2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 364 b. 3.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. – T.: O’zbekiston, 1996. – 380 b. 4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. – T.: O’zbekiston, 1996. – 366 b. 5.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. T.4. –T.:O’zbekiston,1996. –349 b. 6.
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5. – T.: O’zbekiston, 1997. –382 b. 7. Karimov I.A Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lidan. T.6. – T.: O’zbekiston, 1998. – 429 b. 8.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. – T.: O’zbekiston, 1999. – 410 b. 9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. – T.: O’zbekiston, 2000. – 528 b. 10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T.9. – T.: O’zbekiston, 2001. – 432 b. 11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashamiz. T.10. – T.: O’zbekiston, 2002. – 430 b. 12. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11. – T.: O’zbekiston, 2003. – 320 b. 13. Karimov I.A. Tinchlik va havfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. T.12. – T.: O’zbekiston, 2004. – 400 b.
14. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. T.13. – T.: O’zbekiston, 2005. – 448 b. 15. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T.14. – T.: O’zbekiston, 2006. – 280 b. 54
16. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va halqimiz hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – T.: O’zbekiston, 2007. – 320 b. 17. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. T.16. – T.: O’zbekiston, 2008. – 368 b. 18. Karimov I.A.
Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. T.17. – T.: O’zbekiston, 2009. – 280 b. 19. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarilish sari. T.16. – T.: O’zbekiston, 2010. – 280 b. 20. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 176 b. 21. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T: O’zbekiston, 2010. – 56 bet. 22. Muhitdinov Nuritdin. Kremlda o’tgan yillarim. T., “O’zbekiston”, 1995 y.-260 b. 23. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi (O’zbekiston Sovetlar istibdodi davrida) Ikkinchi kitob 2-qism. Andijon, 1998 y. -380 b. 24. O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet Mustamlakachiligi davrida. T.: “Sharq” 2000 yil -520 b. 25. O’zbekiston tarixi. (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis fakul'tetlari uchun darslik) prof. R.X.Murtazaeva raxbarligida. “Yangi asr avlodi” T., 2003 y.- 360 b.
26. O’zbekiston tarixi. Umumta'lim maktablarining 10-sinf uchun darslik. Akademik A. Asqarov tahriri ostida. T., “O’qituvchi”, 1994 y.-380 b. 27. Lafasov M.Jahon tarixi.T.: “Sharq” 2013.-320 b. 28. Hidoyatov G.Jahon tarixi.T.: “Sharq” 2008.-387 b. 29. Jo’rayev N, Karimov Sh.O’zbekiston tarixi.T.: ”Sharq” 2011, -720 b
55
Mundarija. Kirish___________________________________________________ 2-3 bet. I-bob.Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning urushga tortilishi. 1.1 Ikkinchi jahon urushining boshlanishi._______________________ 4-13 bet. 1.2. Urush yillarida O’zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi.________14-25 bet. 1.3. Ikkinchi jahon urushi yillarida fan, maorif va madaniyat.________ 26-33 bet. II.bob. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi. 2.1.O’zbekistonning qardosh xalqlarga baynalminal yordami.________34-36 bet. 2.2.O’zbekistonlik jangchilarning ikkinchi jahon urushidagi jasoratlari._37-51 bet.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.__________________________ 54-55 bet. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling