1 Kimyo fani asoslari. Kimyoning axamiyati va xalq xo‘jaligidagi roli. Kimyo fanining tarixi


Download 42.24 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi42.24 Kb.
#1494465
  1   2   3   4   5

Mavzu: Kimyo fanining sanoat va xalq xo’jaligi rivojidagi ahamiyati.


Reja:


1 Kimyo fani asoslari.
2. Kimyoning axamiyati va xalq xo‘jaligidagi roli.
3. Kimyo fanining tarixi.
4. Kimyoning asosiy qonunlari.
5. Modda va materiya tushinchalari.
6. Kimyo sanoati.
7. Foydalanilgan adabiyotlar

Kimyo fani asoslari. Kimyo tabiatni o‘rgatuvchi fanlardan biridir. Tabiatdagi jism va xodisalar juda xilma xilligiga qaramay, ular orasida birlik mavjud, bu birlik olamning moddiyligidan iborat. Bizni o‘rab turgan olam, borliq kishi ongiga bog’liq bo‘lmagan xolda mavjuddir.
Jismlar turli moddalardan tuzilgandir. Moddalar - o‘z xossalari jixatidan bir-birlaridan farq qiladi. Moddalarning xossalarini sezgi organlarimiz va tafakkurimiz orqali bilamiz. Masalan: qant, tosh, suv va xokazo.
Moddalarning ichki bog’lanishlarini (qonuniyatlarini) fikr yuritish va tajriba o‘tkazish yo‘li bilan bilamiz.
Moddalarni xossalariga qarab bir necha sinflarga bo‘linadi.
1. Elementlar zarrachalar (elektron, proton, neytron, pozitron, mezon va xokazo) bo‘lib, ularning soni 100 dan ortiq.
2. Oddiy moddalar. Kimyoviy elementlarni erkin xolatda mavjud bo‘ladigan turi. Xar qaysi oddiy modda bir elementdan iborat ularning soni 400 dan ortiq (kimyoviy elementlarni izotoplari bilan xisoblanganda).
3. Murakkab moddalar. Kimyoviy birikmalar buni o‘z navbatida organik va anorganik birikmalarga bo‘linadi.
4. Aralashmalar.
Kimyo fani-shu moddalarni tarkibi tuzilishi va xossalarini, shuningdek, ularning bir turdan ikkinchi turga o‘tishidagi sodir bo‘ladigan xodisalarni o‘rgatadigan fandir.
Shularga misol tariqasida bir qancha tajribalarni ko‘rib chiqamiz.
1. Birikish reaksiyasi: NH3 + HCl NH4Cl
2. Ajralish reaksiyasi: (NH4)2Cr2O7 t Cr2O3 + 4H2O + N2
Vulqon paydo bo‘ladi.
3. Almashinish reaksiyasi: FeCl3+3KCNS F e(CNS)3+3KCl
Јon rangli birikma xosil bo‘ladi. sariq qizil
4. KMnO4+H2SO4 K2SO4+H2O+Mn2O7
Mn2O7+3C2H5OH 2MnO2+6CO2+9H2O
Gugurtsiz alanga xosil bo‘ladi.
5. “Faraon iloni” xosil qilish:
4Hg(CNS)2+15O2 2HgS+2HgO+6SO2+2N2
6. Rangli fontan xosil qilish:
Ca(OH)2+2NH4Cl CaCl2+2H2O+NH3 (fenoftalin)
7. o‘chiruvchi gaz (SO2) xosil qilish:
CaCO3+2HCl CaCl2+2H2O+CO2
Biz kimyoviy jarayonlarni ma’lum maqsad bilan amalga oshirishimiz va ularni o‘zimiz uchun kerakli tomonga yo‘naltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xossalarga ega bo‘lgan moddalar xosil qilishimiz mumkin. Kimyogarlar moddalarning ayrim xossalarini o‘rganishda fizika, matematika, biologiya va boshqa fanlarning usullaridan foydalanadi.
Xozirgi davrda hamma sohalarning o‘zaro bog’liqligi, bir fanning rivojlanishida ikkinchi fanning roli ancha kattadir. Jumladan kimyo maxsulotlari asosan xamma soxalarda ishlatilinib keliniladi. Shuning uchun xam kimyo fani va sanoatini yanada rivojlanishi, ko‘plab turli xil kimyoviy moddalarni ishlab chiqarilishi xalq xo‘jaligining xamma soxasini yuksak darajada rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan bo‘ladi. Shu boisdan xam kimyo fanini chuqir va mustaxkam egallashimiz, fan-texnika soxasida, qolaversa butun kundalik turmushimizda kerak bo‘ladi.

Download 42.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling