5 -ma’ruza tog‘ jinslari texnologik parametrlarini boshqarishning fizikaviy xususiyatlari
Download 21.6 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 -ma’ruza tog‘ jinslari texnologik parametrlarini boshqarishnin-fayllar.org
5 -ma’ruza tog‘ jinslari texnologik parametrlarini boshqarishning fizikaviy xususiyatlari 5 -MA’RUZA TOG‘ JINSLARI TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI BOSHQARISHNING FIZIKAVIY XUSUSIYATLARI Konchilik ishla chiqarishini takomillashtirishning istiqbolli yо‘llaridan biri, texnik vositalarning samaradorligini oshirish, hamda mineral xom ashyo qazib olish va qayta ishlashning resurslarni tejaydigan yangi texnologiyalarini yaratish boshlang‘ich tarkibi va tuzilishining о‘zgarishini ta’minlovchi fizikaviy va fizikaviy-kimyoviy hodisalarni initsirlash hisobiga texnologik jarayonlarda tog‘ jinslarining xususiyatlarini boshqarish usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. Odatda bu о‘zida bir yoki bir nechta maydonlarni (mexanikaviy, issiqlik, elektromagnit, radiatsion h.k.) amalga oshiruvchi fizikaviy ta’sir etish holatida sodir bо‘ladi. Hozirgi vaqtda bu sohada katta eksperimental material tо‘plangan, undan foydalanish tog‘ jisnlarining fizikaviy xususiyatlari va texnologik parametrlari о‘zgarishini kuzatish mexanizmini bilishni talab etadi. Oxirgilari, fizikaviy—texnik tavsiflar kabi, jinsning tarkibi va tuzlishi, jinshosil qiluvchi minerrallarning fizikaviy xususiyatlari va jinsning polmineral agregatlari holati bilan aniqlanadi. Ta’sir etishning har bir aniq holatida kо‘rsatilgan belgilarning ta’sir kо‘rsatishi individual (о‘ziga xos) tavsif (xususiyat)ga ega, biroq о‘z tabiatiga kо‘ra ular kо‘pkomponentli polikristal agregatidagi jarayonlarning termodinamikasi bilan о‘zaro bog‘liqdir, ushbu agregat buzilish™ va keskinlik holatining aniq spetsifikasiga ega bо‘ladi. Jinsning tarkibi va tuzilishini aniqlash uchun jins hosil qiluvchi minerallar tarkibini aniqlovchi an’anaviy parametrlardan ham, shuningdek, о‘lcham, nisbiy joylashish, tarkibiy elementlar oriyentatsiyasidan foydalanish yetarlidir. Minerallarning fizikaviy xususiyatlarini tasvirlashda koordinatlarning fizikaviy tizimidagi о‘rta hisobda kо‘rsatilgan parametrlari bilan bir qatorda, ularning kristallgrafik bazisga kiritilgan kam tarqalgan tenzorli qiymatlari qо‘llaniladi. Shuni qayd etish joizki, kо‘rib chiqilayotgan misolning mohiyatiga qarab, odatda parametrlarning samarali qiymatlari ham, va ularning dispersiyasi (A = ) ham qо‘llaniladi. Jinslarning fizikaviy-texnik parametrlarining о‘zgarishi mexanizmini tahlil qilish minerallarning tashqi ta’sirga reaksiyaning ayrim о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni talab etadi. Xususan, bu yerda mineralning porogoviy (ostona, ostonatosh) va neporogoviy xarakterining turli mexanizmlari hisobiga noelasktik mikrodeformatsiyalanishga qobiliyatliligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida ahamiyatga ega bо‘ladi. Jins hosil qiluvchi minerallarning bu xususiyati genetik nuqson, kristall panjaraning simmetrikligi, atomlararo aloqalarning tavsifi bilan ta’minlanadi va tashqi ta’sirning kritik intensivligi qiymatlarining tо‘plami bilan tasvirlanishi mumkin, bunda noelastiklikning u yoki bu mexanizmi amalga oshiriladi. Mineral agregat holatini tavsiflash uchun jinsning tarkibiy elementlarining ham, jinsni umumiy olganda ham ularning keskin holati va yemirilganligi tо‘g‘risidagi miqdoriy ma’lumotlardan foydalanish taklif etiladi. Ushbu har ikkala aspektlarni kо‘rib chiqish ularning о‘zaro bog‘liqligi sababli bir biridan ajralmagan. Umumiy holatda tog‘ jinsi yemirilish tabiati va о‘lchamlari bо‘yicha turli xil yaxlitliklarga tarkib topgan bо‘ladi, uning tarkibiy elementlari esa deformatsiyalangan bо‘ladi. Oxirgisi odatda jinsning genezisiga, massivda uning mavjud bо‘lishiga bog‘liq bо‘ladi va, umuman aytganda, keyingi relaksatsiyaga moyillikka ega bо‘ladi. Xususiyatlar anizotropiyasi, hamda zarralarning makonda xaotik taqsimlanishi va oriyentirlanishi sababli kuchlanishlar kattaliklari uning k-m mineral komponentida tasodifiy tavsifga ega bо‘ladi va ularning taqsimlanishi belgilangan qonun bilan tasvirlanishi mumkin. Teksturlangan namunada bu shartga rioya qilmaslik ham mumkin, ya’ni genetik qoldiq makrokuchlanishlar maqvjud bо‘lishii mumkin. Bundan tashqari, alohida mineral zarralarning (k) turli xil defektlari (m) ham lokal kuchlanishlarning manbasi bо‘lib hisoblanishi mumkin, ular ayrim hollarda hisobkitob qilinadi, boshqa hollarda esa eksperimental ravishda aniqlanishi mumkin. Shunday qilib, mineral agregatning tarkibiy holatining kuchlanishlarini tavsiflash uchun bir biridan faqatgina taqdim etilayotgan xajm masshtabi ajP; D^’ o^ t) {k) va x.k bilan farqlanuvchi bir qator parametrlardan foydalanish zarur. Modomiki, aniq misollarni kо‘rib chiqishda qо‘llanilayotgan tavsiflar sonini variatsiyalash (о‘zgartmoq) mumkin. О‘z navbatida, tog‘ jinslari tuzilishining buzilishi о‘z tabiati va о‘lchamiga kо‘ra bir biridan farqlanadi. Oxirgi belgi bо‘yicha ularni quyidagicha tasniflashmumkin: L < 1 mkm. Bunday tur nuqsonlariga ulardan oldin manbaa chiqarilishi natijasida hosil bо‘lgan dislokatsioon tо‘planishlar kiradi; L = 1 ^ 10 mkm. Bunday buzilishlar dislokatsion hosilalar, masalan, siljish polosalarining kesishishida, ularning zarralararo makoni bilan о‘zaro ta’sirida paydo bо‘lgan dislokatsion hosilalarning mavjudligi tufayli kelib chiqadi; L = 10 ^ 100 mkm. Ushbu sohalarda zarralar, zarralararo chegaralar, dvoyniklar, nokogerent fazalar v.x. larning mavjudligi bilan yuzaga kelgan kuchlanishlar maxalliylashadi. L > 1 0 0 mkm. Ushbu bir xil bо‘lmagan (о‘xshash bо‘lmagan)lar yirik zarralar, monomineral agregatlar v.h.larning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Mineral agregatning nuqsonliligini miqdoriy baholash uchun taqsimlash, oriyentatsiya, о‘rtacha о‘lcham, zichlik va yaxlitlik buzilishining har xil turlarini ochish (yoriq siftida), mozaika bloklari о‘lchami (D), bloklarda va bloklararo makonda dislokatsiya zichligi (p D , r a ), upakovka (о‘rab –joylash) va dvoyniklar nuqsonlari konsentratsiyasi va hokazolar. Kon ishlarini olib borishda jins har xil turdagi va rejimdagi fizikaviy ta’sirlar ostida bо‘lishi mumkin. Bu holda jinsning boshlang‘ich termodinamik holati о‘zgarishi sodir bо‘ladi va unga о‘tkazilayotgan energiyaning mexanikaviy energiyaga qisman aylanishi yuzaga keladi. Bu jarayon mexanizmi tarkib topadigan (tashkil etuvchi) komponentlarning fizikaviy xususiyatlarining farqlanishi va anizotropiyasi tufayli yuzaga keladigan elastik kuchlanishlar maydonining bir xil bо‘lmasligi holatlarining namoyon bо‘lishiga bog‘liqdir. Generatsiyalanadigan tarkibiy kuchlanishlar fizikaviy ta’sir ostida bо‘lishi mumkin bо‘lgan jinsning (aif ) ) mineral k-m da shartli ravishda ^ quyidagicha ifodalash mumkin: Jinsning kо‘pkomponentligi va tarkib topadigan (tashkil etuvchi) minerallar xususiyatlarining anizotropiyasi bilan shartlangan о‘rta hisoblarda kо‘rsatilgan kuchlanishlar. Birinchilari quyidagi parametrlarga bog‘liq: bunda G k) , G( k) , Gz k) – jinsning muayyan deformatsiyalanish mexanizmlariga javob beradigan samarali elastiklik tavsiflari; , YE, T - makrokuchlanishlar, elektr maydoni kuchlanganligi, harorat kattaliklari; a , a (k) , u, Y (k) , - issiqlikdan kengayish va elektrostriksiya tenzorlarning xajm va minerallar bо‘yicha о‘rta hisobda kо‘rsatilgan qiymatlar; a V Download 21.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling