1. Kimyo qanday fanlar qatoriga kiradi? A aniq *B tabiiy c ijtimoiy d iqtisodiy


-§. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi


Download 103.48 Kb.
bet7/9
Sana08.01.2022
Hajmi103.48 Kb.
#236336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ATOM TUZILISHI VA DAVRIY SISTEMA.(1)

3-§. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi

va davriy sistemaning ahamiyati.
1. Atomlarning tuzilishi haqidagi ta’limot nimani chuqur fizik ma’nosini ochib berdi?

*A) davriy qonunni B) atom massasini

C) yadro zaryadini D) atonm elektron tuzilishini

2. Ilgari atomning asosiy xarakteristikasi nima deyilgan?

A) davriy qonun *B) atom massasi

C) yadro zaryadi D) atom elektron tuzilishi



3. Hozirgi vaqtda atomning asosiy xarakteristikasi nima deyiladi?

A) davriy qonun B) atom massasi

*C) yadro zaryadi D) atonm elektron tuzilishi

4. Yadroning zaryadi atomni nimalarni belgilab beradi? 1) elektronga moillikni; 2) elektron qobig‘idagi elek­tronlar sonini; 3) atom radiusini; 4) elektromanfiy-ligini; 5) elektron qavatlarining tuzilishini; 6) ionlanish energiyasini; 7) davriy sistemadagi o‘rnini.

A) 1,3,4,6 B) 2,5,7 C) 2,3,4,8 *D) 1,2,3,4,5,6,7

5. Davriy qonun kashf etilishi paytida nechta kimyoviy element ma’lum edi?



A) 105 *B) 63 C) 30 D) 109

6. Davriy qonun kashf etilishi paytida berilliyning nisbiy atom massasi necha deb aniqlangan edi?

A) 9 B) 7 *C) 13,5 D) 19

7. Davriy qonun kashf etilishi paytida berilliy davriy sistemada qaysi o’ringa joylashtirishga to’g’ri kelgan?

A) 7 B) 4 C) 5 *D) 6

8. Mendeleyev berilliyni davriy sistemada qaysi o’ringa joylashtirishgan?

A) 7 *B) 4 C) 5 D) 6

9. Litiydan ftorga tomon nisbiy atom massalari ortishi bilan metallik xossasi qanday o’zgaradi?

A) ortadi B) o’zgarmaydi

*C) kamayadi D) oldin ortib keyin kamayadi

10. Litiydan ftorga tomon nisbiy atom massalari ortishi bilan metallmaslik xossasi qanday o’zgaradi?

*A) ortadi B) o’zgarmaydi

C) kamayadi D) oldin ortib keyin kamayadi

11. II davr elementlaridan qaysi biri metallik xossalari yaqqol ifodalangan?

A) Be *B) Li C) B D) C

12. Mendeleyev hali kashf etilmagan nechta element uchun bo‘sh katakchalar qoldirgan?

A) 3 B) 20 C) 11 *D) 29

13. Davriy sistemada biror elementni o‘rab turgan elementlar nima deyiladi?



A) atom gomologlari *B) atom analoglari

C) atom izomerlari D) atom toutamerlari

14. Magniy elementining atom analoglarini ko’rsating? 1) natriy; 2) kaliy; 3) bor; 4) aluminiy; 5) litiy; 6) berelliy; 7) kalsiy; 8) skandiy.

A) 1,3,5,8 *B) 1,4,6,7 C) 2,3,5,8 D) 3,4,6,7

15. Mendeleyevning davriy qonuni, qaysi olim «Koinotdagi barcha atomlar o‘zaro bog‘liqligining kashf etilishi» bo‘ldi deb aytgan?

A) A.de-Shankurtua B) Yu.L. Meyer

C) A.M. Butlerov *D) N.D.Zelenskiy

16. Mendeleyev qachon 32-raqamli elementni ekasilitsiy deb, uning xossalarini, birikmalarini oldindan bayon qildi?

A) 1875-yilda B) 1886-yilda

*C) 1870-yilda D) 1912-yilda

17. Er-xotin Noddaklar tomonidan qaysi element kashf qilingan?

A) marganes *B) reniy C) rodiy D) temir

18. Reniyni kashf qilinishiga sababchi bo’lgan elementlarni Mendeleyev nima deb atagan? 1) ekoaluminiy; 2) ekomarganes; 3) ekosilitsiy; 4) ekobor; 5) dvi-marganes.



*A) 2,5 B) 1,4 C) 1,3,4 D) 1,2,5

19. Mendeleyev nechta elementning atom massalarini to‘g‘rilagan?



A) 3 *B) 20 C) 11 D) 29

20. Mendeleyev nechta ilmiy ishlarning muallifi bo‘lgan?

A) 40 B) 106 *C) 491 D) 99

21. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi kimyoga tegishlidir?

*A) 40 B) 106 C) 36 D) 99

22. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi fizik-kimyoga tegishlidir?

A) 40 *B) 106 C) 36 D) 99

23. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi texnikaga tegishlidir?

A) 40 B) 106 C) 36 *D) 99

24. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi fizikaga tegishlidir?

A) 40 B) 106 C) 36 *D) 99

25. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi iqtisodiyotga tegishlidir?

A) 40 B) 22 *C) 36 D) 29

26. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi geodeziyaga tegishlidir?

A) 40 *B) 22 C) 36 D) 29

27. Mendeleyev qilgan ilmiy ishlardan nechtasi xalq maorifligiga tegishlidir?

A) 40 B) 22 C) 36 *D) 29


4-§. Atom elektron qobiqlarining tuzilishi.
1. Elektronlar oqimiga xos xususiyatni ko’rsating?

A) detonatsiya B) diskretsiya

C) diffuziya *D) difraksiya

2. Elektronni odatdagi moddalardan farqini ko‘rsating? 1) bir vaqtning o‘zida, atomda turgan joyini bilib bo‘ladi; 1) bir vaqtning o‘zida, atomda turgan joyini bilib bo‘lmaydi; 3) harakatlanish tezligini katta aniqlikda bilib bo‘lmaydi; 4) harakatlanish tezligini katta aniqlikda bilib bo‘ladi.

A) 1,4 *B) 2,3 C) 3,4 D) 1,2

3. Elektronni odatdagi moddalardan farqi qaysi nazariyaga asoslangan?

A) Ivanenkoni noaniqlik prinsipiga

B) Pauli prinspiga

*C) Geyzenbergni noaniqlik prinsipiga

D) Ivanenko va Gaponlarni nazariyasiga

4. Quyidagi javoblardan 1925-yilda aniqlanganini ko‘rsating?

A) Ivanenkoni noaniqlik prinsipiga

B) Pauli prinspiga

*C) Geyzenbergni noaniqlik prinsipiga

D) Ivanenko va Gaponlarni nazariyasiga

5. Elektronning yadro atrofida bo‘lib turish ehtimolligi yetarli darajada katta bo‘lgan fazo nima deb ataladi?

A) difraksiya *B) orbital C) atom D) modda

6. Elektronlar ma’lum holatlarda bo‘lgandagina atomni energiyasi minimumga erisha oladi va bu holatlarning o‘zi qanday xususiyatiga ega?



A) detonatsiya *B) diskretsiya

C) diffuziya D) difraksiya

7. Elektronlarni energiyasi bir holatdan ikkin-chi holatga o‘tganida uzluksiz o‘zgarmasdan, sakrash bilan o‘zgarishi nima deb ataladi?

A) detonatsiya *B) diskretsiya

C) diffuziya D) difraksiya

8. Qachonlargacha atom bo‘linmas zarracha deb hisoblanar edi?

A) XIX asrning boshigacha B) XVIII asrning boshigacha

*C) XVIII asrning oxirigacha D) XIX asrning oxirigacha

9. XVIII asrning oxirigacha atomning tabiatini va uning tuzilishini o‘rganish birmuncha qiyin bo‘lgan?

*A) atom bo’linmas deb qaralgani uchun

B) molekular atomlardan iborat bo’lgani uchun

C) atom tuzilishi o’rganilmagani uchun

D) bunday tushunchalar aniqlanmagani uchun

10. Atomlarning tuzilishi haqidagi to‘g‘ri tasavvurlar nimalarni kashf etilishi va ularni o‘rganish jarayonlarida vujudga keldi? 1) gidroliz; 2) elektroliz; 3) katod nurlari; 4) infraqizil nurlar; 5) rentgen nurlari; 6) radioaktivlik.

A) 2,3,6 *B) 2,3,5,6 C) 3,4,6 D) 1,2,4,5

11. Elektronning atomdagi holatini va o‘zaro ta’sirini fizikaning qaysi bo‘limi o‘rganadi?



A) kinematika B) elektromexanika

C) atom fizikasi *D) kvant mexanikasi

12. Elektronning qanday tabiatiga ega ekanligi tajribada tasdiqlangan? 1) atom; 2) kinetik; 3) zarracha; 4) dinamik; 5) to‘lqin; 6) radioaktiv.

*A) 3,5 B) 2,3,5,6 C) 3,4,6 D) 1,2,4,5

13. Elektronning harakati qanday fizikaviy konstantalar bilan ifodalanadi? 1) amplituda; 2) to‘lqin uzunligi; 3) angesterm; 4) tebranish chastotasi; 5) tarqalishi tezligi.

A) 3,5 B) 2,3,5 C) 3,4 *D) 1,2,4

14. Normal holatdagi vodorod atomini elektronini yadrodan qanday uzoqlikda, atomni boshqa joylaridagiga qaraganda tez-tez uchratish mumkin?

A) 0,35 A *B) 0,53 A C) 0,30 A D) 0,84 A

15. Yadro atrofidagi elektronning bo‘lish ehtimolligi eng katta bo‘lgan fazoda elektron bulutning qancha qismi qamralgan bo‘ladi?

A) 30% B) 53% *C) 90% D) 100%

16. Yadroga yaqin joy­da elektron zichligi nechaga teng bo’ladi?

A) 0,35 B) 0,53 *C) 0 D) 0,84

17. Yadroga yaqin joy­da ko’pi bilan nechta elektron joylasha oladi?

A) 2 B) 1 *C) 0 D) 8

18. Yadrodan qancha uzoqlikda elektron zichligi maksimal qiymatga yetadi?

A) 0,35 A *B) 0,53 A C) 0,30 A D) 0,84 A

19. Yadrodan qancha uzoqlikdan keyin elektron zichligi asta-sekin kamayadi?

A) 0,35 A *B) 0,53 A C) 0,30 A D) 0,84 A

20. Atomdan elektron chiqib ketganda nima hosil bo’ladi?

A) neytral ion B) manfiy ion

*C) musbat ion D) atom o’zgarmas zarracha

21. Atomga elektron birikkanda nima hosil bo’ladi?

A) neytral ion *B) manfiy ion

C) musbat ion D) atom o’zgarmas zarracha

22. Atomdagi elektron qavatlar soni quyidagi kattaliklarning qaysi biriga teng?

A) umumiy elektronlar soniga B) guruh raqamida

C) valent elektronlar soniga *D) davr raqamiga

23. Har bir energetik pog‘onada bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal elektronlar soni hisoblash formulasini ko’rsating?

A) N=n2 B) N=2L+1 C) N=(2L+1)•2 *D) N=2n2

24. Har bir energetik pog‘onada bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal orbital(ya-cheyka)lar soni hisoblash formulasini ko’rsating?

*A) N=n2 B) N=2L+1 C) N=(2L+1)•2 D) N=2n2

25. Har bir pog‘onachada bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal elektronlar soni hisoblash formulasini ko’rsating?

A) N=n2 B) N=2L+1 *C) N=(2L+1)•2 D) N=2n2

26. Har bir pog‘onachada bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal orbital(yacheyka) lar soni hisoblash formulasini ko’rsating?

A) N=n2 *B) N=2L+1 C) N=(2L+1)•2 D) N=2n2

27. K qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

A) 32 B) 18 *C) 2 D) 8

28. L qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

A) 32 B) 18 C) 2 *D) 8

29. M qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

A) 32 *B) 18 C) 2 D) 8

30. N qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

*A) 32 B) 18 C) 2 D) 8

31. O qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

A) 32 B) 98 C) 72 *D) 50

32. P qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

A) 32 B) 98 *C) 72 D) 50

33. O qavatning maksimal elektronlar sonini ko’rsating?

A) 32 *B) 98 C) 72 D) 50

34. Bosh kvant sonning necha bo’lgan qiymatidan boshlab energe­tik pog‘onalar yadroga bog‘lanish energiyasi bilan farq qiladigan pog‘onachalarga bo‘linadi?

A) 1 *B) 2 C) 3 D) 4

35. Bosh kvant sonning necha bo’lgan qiymatida energe­tik pog‘onalar yadroga bog‘lanish energiyasi bilan farq qiladigan pog‘onachalarga bo‘linmaydi?

*A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

36. Birinchi energetik pog‘onada nechta pog‘onacha bo‘ladi?

*A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

37. Ikkinchi energetik pog‘onada nechta pog‘onacha bo‘ladi?

A) 1 *B) 2 C) 3 D) 4

38. Uchinchi energetik pog‘onada nechta pog‘onacha bo‘ladi?

A) 1 B) 2 *C) 3 D) 4

39. To’rtinchi energetik pog‘onada nechta pog‘onacha bo‘ladi?

A) 1 B) 2 C) 3 *D) 4

40. Birinchi energetik pog‘onada nechta orbital bo‘ladi?

*A) 1 B) 9 C) 16 D) 4

41. Ikkinchi energetik pog‘onada nechta orbital bo‘ladi?

A) 1 B) 9 C) 16 *D) 4

43. Uchinchi energetik pog‘onada nechta orbital bo‘ladi?

A) 1 *B) 9 C) 16 D) 4

44. To’rtinchi energetik pog‘onada nechta orbital bo‘ladi?

A) 1 B) 9 *C) 16 D) 4

45. p-orbital qanday shaklida bo‘ladi?

A) qo’sh gantel B) rombsimon

C) sharsimon *D) hajmiy sakkizlik

46. Elektron qobiqlarning tuzilishini yacheykalar yordamida tasvirlash nima deb ataladi?

A) atom tuzilishi *B) grafik elektron formula

C) empirik elektron formula D) elektron konfiguratsiya

47. Azot atomida nechta juftlashmagan elektron(lar) mavjud?

A) 1 B) 2 *C) 3 D) 4

48. Atomda elektronlarni pog‘onachalarga joylashtirishda qaysi qoidalarga amal qilish lozim: 1) har qaysi elektron minimal energiyaga muvofiq keladigan holat-ni olishga intiladi; 2) elektronlarning joylanishi Pauli prinsipiga zid kelmasligi lozim. 3) ayni pog‘onachada turgan elektronlar mumkin qadar ko‘proq orbital-larni band qilishga intiladi (Gund qoidasi).

A) 1 B) 1,2 C) 1,3 *D) 1,2,3

49. Qaysi kvant son elektronning umumiy energiya zaxirasini yoki energetik darajasini (qavatni) ko‘rsatadi?

A) spin B) orbital C) magnit *D) bosh

50. Qaysi kvant son elektronning yadrodan uzoqlik darajasini, ya’ni elektron harakat qilib turgan qavatni xarakterlaydi?

A) spin B) orbital C) magnit *D) bosh

51. Birinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

A) N *B) K C) M D) L

52. Ikkinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

A) N B) K C) M *D) L

53. Uchinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

A) N B) K *C) M D) L

54. To’rtinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

*A) N B) K C) M D) L

55. Beshinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

A) Q *B) O C) M D) P

56. Oltinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

A) Q B) O C) M *D) P

57. Yettinchi energetik pog‘onalarini harfini ko’rsating?

*A) Q B) O C) M D) P

58. Qaysi kvant son elektronning pog‘onachadagi energetik holatini, elektron bulut shaklini bildiradi?

A) spin *B) orbital C) magnit D) bosh

59. Qaysi kvant son elektron­ning qanday orbita bo‘ylab harakat qilayotganligini ko‘rsatadi?

A) spin *B) orbital C) magnit D) bosh

60. Qaysi kvant soni noldan n−1 gacha bo‘lgan barcha butun sonlarni o‘z ichiga oladi?

A) spin *B) orbital C) magnit D) bosh

61. Qaysi kvant son elektronning pog‘onachadagi energetik holatini, elektron bulut shaklini bildiradi?

A) spin *B) yonaki C) magnit D) bosh

62. Qaysi kvant son elektron­ning qanday orbita bo‘ylab harakat qilayotganligini ko‘rsatadi?

A) spin *B) yonaki C) magnit D) bosh

63. Qaysi kvant soni noldan n−1 gacha bo‘lgan barcha butun sonlarni o‘z ichiga oladi?

A) spin *B) yonaki C) magnit D) bosh

64. d-pog’onacha maksimal elektronlar soni ko’rsating?

A) 22 B) 14 *C) 10 D) 18

65. f-pog’onacha maksimal elektronlar soni ko’rsating?

A) 22 *B) 14 C) 10 D) 18

66. g-pog’onacha maksimal elektronlar soni ko’rsating?

A) 22 B) 14 C) 10 *D) 18

67. h-pog’onacha maksimal elektronlar soni ko’rsating?

*A) 22 B) 14 C) 10 D) 18

68. Qaysi kvant son elektronlarning magnit momentini harakterlaydi?

A) spin B) yonaki *C) magnit D) bosh

69. Qaysi kvant son elektron bulutini magnit maydoniga nisbatan yo‘nalishini ko‘rsatadi?

A) spin B) yonaki *C) magnit D) bosh

70. Qaysi kvant son elektron orbitallarning fazodagi vaziyatini xarakterlaydi?

A) spin B) yonaki *C) magnit D) bosh

71. Qaysi kvant son ayni energetik pog‘onada necha xil orbital bor ekanligini, orbitallarning shaklini ko‘rsatadi?

A) spin B) yonaki *C) magnit D) bosh

72. Qaysi kvant son elektronni ichki harakatini harakterlaydi?

A) spin B) yonaki *C) magnit D) bosh

73. Quyida berilgan pog’onachalarni Klechkovskiy qoidasi bo‘yicha to’lib borish tartibini ko’rsating? 1) 4d; 2) 2p; 3) 1s; 4) 4s; 5) 5s; 6) 3p; 7) 2s; 8) 3d; 9) 3s; 10) 4p.

A) 3,6,2,9,7,4,8,1,5,10 *B) 3,7,2,9,6,4,8,10,5,1

C) 7,3,2,9,6,10,8,4,5,1 D) 3,7,2,9,6,8,4,10,5,1

74. Quyida berilgan pog’onachalarni Klechkovskiy qoidasi bo‘yicha to’lib borish tartibini ko’rsating? 1) 4d; 2) 6d; 3) 4f; 4) 6s; 5) 7s; 6) 5p; 7) 7p; 8) 5d; 9) 6p; 10) 5f.

A) 1,4,6,3,8,9,7,10,2,5 B) 1,6,3,4,8,9,5,2,10,7

*C) 1,6,4,3,8,9,5,10,2,7 D) 1,8,4,3,6,9,5,10,2,7

75. Gund qoidasi nazarga olinganida uglerodning 2px pog’onachasida nechta elektron mavjud?



A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

76. Gund qoidasi nazarga olinganida uglerodning 2py pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

77. Gund qoidasi nazarga olinganida uglerodning 2pz pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 *B) 0 C) 1 D) 2

78. Gund qoidasi nazarga olinganida azotning 2px pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

79. Gund qoidasi nazarga olinganida azotning 2py pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

80. Gund qoidasi nazarga olinganida azotning 2pz pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

81. Gund qoidasi nazarga olinganida kislorodning 2px pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 C) 1 *D) 2

82. Gund qoidasi nazarga olinganida kislorodning 2py pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

83. Gund qoidasi nazarga olinganida kislorodning 2pz pog’onachasida nechta elektron mavjud?

A) 3 B) 0 *C) 1 D) 2

Download 103.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling