1. Kimyo qanday fanlar qatoriga kiradi? A aniq *B tabiiy c ijtimoiy d iqtisodiy


I BOB. DAVRIY QONUN VA DAVRIY SISTEMA


Download 103.48 Kb.
bet6/9
Sana08.01.2022
Hajmi103.48 Kb.
#236336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ATOM TUZILISHI VA DAVRIY SISTEMA.(1)

I BOB. DAVRIY QONUN VA DAVRIY SISTEMA.

1-§. D.I. Mendeleyevning davriy qonuni.


1. Kimyo alohida fan sifatida qachon shakllangan?

*A) XVIII-XIX asrlarda B) XVII-XIX asrlarda

C) XVI-XVIII asrlarda D) XIX-XX asrlarda

2. Kimyo fanining asoslari eramizdan avval qadimgi Yunonistonda yashab ijod etgan qaysi olimlar tomonidan qo‘yilgan? 1) Arastu; 2) Teofrast; 3) Levkipp; 4) Feling; 5) Demokrit; 6) Epikur; 7) Empedokl.

A) 1,2,5 B) 1,3,4 C) 2,4,6 *D) 3,5,6



3. XVIII asrning oxirlariga kelib nechta element kashf qilingan?

A) 19 *B) 25-30 C) 63 D) 118

4. XIX asrning I choraklarida yana nechta element kashf qilingan?

*A) 19 B) 25-30 C) 63 D) 118

5. XIX asrning 60-yillariga kelib nechta element kashf qilingan?

A) 19 B) 25-30 *C) 63 D) 118

6. Elementlarning kashf qilinishi bilan ularning nimalari o‘rganib borilgan? 1) tartib raqami; 2) atom massasi; 3) fizik xossalari; 4) kimyo­viy xossalari; 5) kimyoviy tarkibi.

A) 1,3,5 *B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,5



7. Qaysi kimyogarlar kimyoviy elementlar klassifikatsiyalarini turli variantlarini taklif etdilar? 1) Debereyner; 2) Lavuazye; 3) Berselius; 4) Meyer; 5) Dyuma; 6) Nyulends; 7) Shankurtua; 8) Odling.

A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,8 *C) 1,4,6,7 D) barchasi



8. Qaysi kimyogarlar o‘zlari yashagan vaqtda ma’lum bo‘lgan barcha kimyoviy elementlarni sistemaga solishga muvaffaq bo‘lmadilar? 1) Debereyner; 2) Lavuazye; 3) Berselius; 4) Meyer; 5) Dyuma; 6) Nyulends; 7) Shankurtua; 8) Odling.

A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,8 *C) 1,4,6,7 D) barchasi



9. Mendeleyevdan ilgari olimlar faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqosla-ganlar? 1) Debereyner; 2) Lavuazye; 3) Berselius; 4) Meyer; 5) Dyuma; 6) Nyulends; 7) Shankurtua; 8) Odling.

A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,8 C) 1,4,6,7 *D) barchasi



10. Mendeleyevdan ilgari 1789-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

A) Debereyner *B) Lavuazye C) Berselius D) Meyer

11. Mendeleyevdan ilgari 1812-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

A) Debereyner B) Lavuazye *C) Berselius D) Meyer

12. Mendeleyevdan ilgari 1829-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

*A) Debereyner B) Lavuazye C) Berselius D) Meyer

13. Mendeleyevdan ilgari 1863-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

A) Debereyner B) Lavuazye C) Berselius *D) Dyuma

14. Mendeleyevdan ilgari 1863-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

A) Meyer B) Lavuazye *C) Shankurtua D) Berselius

15. Mendeleyevdan ilgari 1864-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

*A) Meyer B) Nyulends C) Shankurtua D) Berselius

16. Mendeleyevdan ilgari 1863-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

A) Meyer *B) Nyulends C) Lavuazye D) Berselius

17. Mendeleyevdan ilgari 1863-yilda qaysi olim faqat o‘xshash elementlarni bir-biriga taqqoslagan?

A) Meyer B) Berselius C) Lavuazye *D) Odling

18. Qaysi olimlar kimyoviy elementlarni ko‘pchilik xossalarini ularni valentligi va ekvi­valenti belgilaydi deb hisoblashgan? 1) Debereyner; 2) Lavuazye; 3) Berselius; 4) Meyer; 5) Dyuma; 6) Nyulends; 7) Shankurtua; 8) Odling.

A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,8 C) 1,4,6,7 *D) barchasi



19. Qaysi olimlar har qaysi elementni alohida boshqa element bilan aloqasi bo‘lmagan holda olib qarashgan? 1) Debereyner; 2) Lavuazye; 3) Berselius; 4) Meyer; 5) Dyuma; 6) Nyulends; 7) Shankurtua; 8) Odling.

A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,8 C) 1,4,6,7 *D) barchasi



20. «Osnovi ximii» kitobi kim tomonidan yozilgan?

*A) Mendeleyev B) Berselius C) Lavuazye D) Odling

21. Qaysi olim o’z kitobida shunday yozgan edi: «Moddani massasi uning shun-day xossasiki, qolgan barcha xossalari shu xossaga bog‘liq bo‘lishi kerak?

*A) Mendeleyev B) Berselius C) Lavuazye D) Odling

22. Mendeleyev o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha elementlarni ularning atom massalari ortib borishi tartibida bir qatorga joylashtirganda nimani ko‘rdi?

A) elementlarning xossalari 8 ta, 18 ta va 32 ta elementdan keyin keladigan elementlarda takrorlanishini, ya’ni davriylik borligini.

B) elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 62 ta elementdan keyin keladigan elementlarda takrorlanishini, ya’ni davriylik borligini.

*C) elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarda takrorlanishini, ya’ni davriylik borligini.

D) elementlarning xossalari 6 ta, 14 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarda takrorlanishini, ya’ni davriylik borligini.

23. Qachon Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy qonunini kashf etdi?

*A) 1869-yilda B) 1870-yilda C) 1769-yilda D) 1879-yilda

24. Mendeleyev o‘zi kashf qilgan davriy qonunni qanday ta’riflagan?

A) oddiy moddalar (elementlar)ni xossalari, shuningdek, elementlar birikmalari-ni shakl va xossalari elementlarni tartib raqamlariga davriy ravishda bog‘liq.

*B) oddiy moddalar (elementlar)ni xossalari, shuningdek, elementlar birikmala-rini shakl va xossalari elementlarni atom og‘irliklariga davriy ravishda bog‘liq.

C) oddiy moddalar (elementlar)ni xossalari, shuningdek, elementlar birikmalari-ni shakl va xossalari elementlarni yadro zaryadlariga davriy ravishda bog‘liq.

D) oddiy moddalar (elementlar)ni xossalari, shuningdek, elementlar birikmalari-ni shakl va xossalari elementlarni neytronlariga davriy ravishda bog‘liq.

25. Ugleroddan boshlab ftorgacha metallmaslik xossasi qanday o’zgaradi?

A) kamayadi B) o’zgarmaydi C) susayadi *D) kuchayadi

26. Qaysi element eng tipik metallmasdir?

A) kislorod B) xlor C) azot *D) ftor

27. Mendeleyev davrida ftordan keyingi element qaysi edi?

*A) natriy B) magniy C) kaliy D) neon

28. Mendeleyev davriy qonunni kashf etishda elementlarning qaysi xossalariga e’tibor berdi? 1) tartib raqami; 2) atom massasi; 3) fizik xossalari; 4) kimyo­viy xossalari; 5) kimyoviy tarkibi.

A) 1,3,5 *B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,5



29. Mendeleyev davriy qonunni to‘la namoyon qilish uchun qaysi elementlarini o‘sha vaqtda qabul qilingan atom og‘irliklarini 1,5-2 marta o‘zgartirgan? 1) berilliy; 2) lantan; 3) fransiy; 4) titan; 5) aktiniy; 6) protaktiniy; 7) seriy; 8) reniy; 9) texnetsiy; 10) xrom.

A) 3,5,6,8,9 B) 2,3,4,5,8 *C) 1,2,4,7,10 D) 2,5,6,8,10



30. Mendeleyev davriy qonunni to‘la namoyon qilish uchun qaysi elementlarini o‘sha vaqtda qabul qilingan atom og‘irliklarini 1,5-2 marta o‘zgartirgan? 1) astat; 2) poloniy; 3) indiy; 4) germaniy; 5) vanadiy; 6) erbiy; 7) galliy; 8) uran; 9) toriy10) skandiy; 11) radiy.

*A) 3,5,6,8,9 B) 2,3,4,5,8 C) 1,2,4,7,10 D) 2,5,6,8,10



31. Mendeleyev davriy qonunni to‘la namoyon qilish uchun qaysi elementlarni kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi? 1) berilliy; 2) lantan; 3) fransiy; 4) titan; 5) aktiniy; 6) protaktiniy; 7) seriy; 8) reniy; 9) texnetsiy; 10) xrom.

*A) 3,5,6,8,9 B) 2,3,4,5,8 C) 1,2,4,7,10 D) 2,5,6,8,10



32. Mendeleyev davriy qonunni to‘la namoyon qilish uchun qaysi elementlarni kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi? 1) astat; 2) poloniy; 3) indiy; 4) germaniy; 5) vanadiy; 6) erbiy; 7) galliy; 8) uran; 9) toriy10) skandiy; 11) radiy.

A) 3,5,6,8,9 B) 2,3,4,5,8 *C) 1,2,4,7,10 D) 2,5,6,8,10



33. Mendeleyev davriy qonunni to‘la namoyon qilish uchun qaysi elementlarni barcha kimyoviy va fizik xossalarini batafsil bayon qilib berdi? 1) fransiy; 2) skandiy; 3) radiy; 4) aktiniy; 5) galliy; 6) protaktiniy; 7) poloniy; 8) germaniy; 9) texnetsiy; 10) reniy; 11) astat.

A) 3,6,9 *B) 2,5,8 C) 1,2,4 D) 8,10,11



34. Mendeleyev skandiyni nima deb atagan?

A) ekalitiy B) ekaaluminiy C) ekasilitsiy *D) ekabor

35. Mendeleyev galliyni nima deb atagan?

A) ekalitiy *B) ekaaluminiy C) ekasilitsiy D) ekabor

36. Mendeleyev germaniyni nima deb atagan?

A) ekalitiy B) ekaaluminiy *C) ekasilitsiy D) ekabor

37. Galliyni qachon va kim kashf etgan?

A) 1864-yilda Meyer *B) 1875-yilda Lekok de Buabodran

C) 1879-yilda Nilson D) 1886-yilda Vinkler

38. Skandiyni qachon va kim kashf etgan?

A) 1864-yilda Meyer B) 1875-yilda Lekok de Buabodran

*C) 1879-yilda Nilson D) 1886-yilda Vinkler

39. Germaniyni qachon va kim kashf etgan?

A) 1864-yilda Meyer B) 1875-yilda Lekok de Buabodran

C) 1879-yilda Nilson *D) 1886-yilda Vinkler

40. Qaysi olim(lar)ni Men­deleyev «Davriy qonunni haqiqiy tasdiqlovchilari» deb atay olmadi?

*A) Meyer B) Buabodran C) Nilson D) Vinkler

41. Qaysi olim tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar – atomlardan tashkil topganligini bayon qildi?

A) Ar-Roziy *B) Demokrit C) Ibn Sino D) Beruniy

42. Qaysi olim atomlarning bo‘linishini va atom mayda bo‘laklar bilan bo‘shliq-lardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo‘lishini izohlab berdi?

*A) Ar-Roziy B) Demokrit C) Ibn Sino D) Beruniy

43. Qaysi olim atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini e ’tirof etgan?

A) Ar-Roziy B) Demokrit C) Ibn Sino *D) Beruniy

44. Qaysi olim dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarning tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga toifalashtirgan?

A) Ar-Roziy B) Demokrit *C) Ibn Sino D) Beruniy

45. Qachon va kim erituvchilarni suvli, kislotali, yog‘li sinflarga ajratdi?

A) 1814-yilda Y.Ya. Berselius B) 1756-yilda М.V. Lomonosov

C) 1718-yilda E.Joffrua *D) 1620-yilda A.Sala

46. Qaysi olim kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo‘lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini tushuntirdi?

A) Ar-Roziy B) Demokrit C) Ibn Sino *D) Boyl

47. Qachon va kim moddalarning o‘xshashlik jadvalini tuzdi?

A) 1814-yilda Y.Ya. Berselius B) 1756-yilda М.V. Lomonosov

*C) 1718-yilda E.Joffrua D) 1620-yilda A.Sala

48. Qachon va kim 46 elementni atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi?

*A) 1814-yilda Y.Ya. Berselius B) 1756-yilda М.V. Lomonosov

C) 1718-yilda E.Joffrua D) 1620-yilda A.Sala

49. Qachon va kim massaning saqlanish qonunini kashf etdi?

A) 1814-yilda Y.Ya. Berselius *B) 1756-yilda М.V. Lomonosov

C) 1718-yilda E.Joffrua D) 1620-yilda A.Sala

50. Qachon va kim tarkibning doimiylik qonunini kashf etdi?

*A) 1801-1808-yillarda J.L. Prust B) 1803-1804-yillarda Djon Dalton

C) 1817-1829-yillarda Berseluis D) 1817-1829-yillarda Debereyner

51. Qachon va kim atom-molekular ta’limotni rivojlantirdi va atom massa haqidagi tushunchani fanga kiritdi?

A) 1801-1808-yillarda J.L. Prust *B) 1803-1804-yillarda Djon Dalton

C) 1817-1829-yillarda Berseluis D) 1817-1829-yillarda Debereyner

52. Qachon va kim elementlarning atom massalariga asoslanib triadalar nazariyasini taklif etdi?

A) 1801-1808-yillarda J.L. Prust B) 1803-1804-yillarda Djon Dalton

C) 1817-1829-yillarda Berseluis *D) 1817-1829-yillarda Debereyner

53. Qachon va kim valentlik tushunchasini fanga kiritdi?

A) 1862-yilda A.de-Shankurtua B) 1864-yilda Yu.L. Meyer

C) 1861-yilda A.M. Butlerov *D) 1852-yilda Franklend

54. Qachon va kim organik birikmalarning tuzilish nazariyasini kashf etdi?

A) 1862-yilda A.de-Shankurtua B) 1864-yilda Yu.L. Meyer

*C) 1861-yilda A.M. Butlerov D) 1852-yilda Franklend

55. Qachon va kim kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi jadvalini yaratdi?

*A) 1862-yilda A.de-Shankurtua B) 1864-yilda Yu.L. Meyer

C) 1861-yilda A.M. Butlerov D) 1852-yilda Franklend

56. Qachon va kim elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan?

A) 1862-yilda A.de-Shankurtua *B) 1864-yilda Yu.L. Meyer

C) 1861-yilda A.M. Butlerov D) 1852-yilda Franklend

57. Qachon va kim elementlar ekvivalentlariga asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan?

A) 1895-yilda V.Rentgen *B) 1865-yilda J. Nyulends

C) 1913-yilda D.Mozli D) 1852-yilda J.Tomson

58. Qachon va kim X-(rentgen) nurlarining kashf etgan?

*A) 1895-yilda V.Rentgen B) 1865-yilda J. Nyulends

C) 1913-yilda D.Mozli D) 1852-yilda J.Tomson

59. Qachon va kim elektronning kashf etgan?

A) 1895-yilda V.Rentgen B) 1865-yilda J. Nyulends

C) 1913-yilda D.Mozli *D) 1852-yilda J.Tomson

60. Qachon va kim atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistemadagi tartib raqamiga tengligini kashf etgan?

A) 1895-yilda V.Rentgen B) 1865-yilda J. Nyulends

*C) 1913-yilda D.Mozli D) 1852-yilda J.Tomson
2-§. Davriy sistema va uning tuzilishi.
1. Mendeleyev bitta vertikal qatorga joylashgan o‘xshash elementlarni nima deb atadi?

A) qavat B) davr C) qator *D) gruppa

2. Mendeleyev har qaysi ishqoriy metalldan har qaysi galogengacha bo‘lgan elementlar qatorini nima deb atadi?

A) qavat *B) davr C) qator D) gruppa

3. Davriy sistemadagi qaysi davrlar kichik davr deyiladi? 1) III; 2) V; 3) VII; 4) II; 5) IV; 6) I; 7) VI.

*A) 1,4,6 B) 1,3,7 C) 2,3,5,7 D) 2,3,5

4. Davriy sistemadagi qaysi davrlar katta davr deyiladi? 1) III; 2) V; 3) VII; 4) II; 5) IV; 6) I; 7) VI.

A) 1,4,6 B) 1,3,7 *C) 2,3,5,7 D) 2,3,5

5. II davrda nechta element bor?

A) 21 B) 18 C) 32 *D) 8

6. III davrda nechta element bor?

A) 21 B) 18 C) 32 *D) 8

7. IV davrda nechta element bor?

A) 21 *B) 18 C) 32 D) 8

8. V davrda nechta element bor?

A) 21 *B) 18 C) 32 D) 8

9. VI davrda nechta element bor?

A) 21 B) 18 *C) 32 D) 8

10. VII davrda nechta element bor?

*A) 21 B) 18 C) 30 D) 8

11. VII davrda nechta element bor?

A) 21 B) 18 *C) 32 D) 8

12. Hozirgi vaqtda davriy sistemani tasvirlashning nechta variantlari bor?

A) 210 *B) 500 C) 320 D) 118

13. Mendeleyev element­lar davriy sistemasini birinchi variantini ya’ni uzun shakldagi variantini qachon taklif etgan?

A) 1869-yil 1-dekabrda *B) 1869-yil 1-martda

C) 1870-yil 1-dekabrda D) 1870-yil 1-martda

14. Mendeleyev element­lar davriy sistemasini ikkinchi variantini ya’ni qisqa shakldagi variantini qachon taklif etgan?

A) 1869-yil 1-dekabrda B) 1869-yil 1-martda

*C) 1870-yil 1-dekabrda D) 1870-yil 1-martda

15. Davriy sistemaning qaysi varianti eng ko‘p tarqalgan?

A) ixcham bo‘lmagan qisqa shakldagi varianti

B) yarim uzun varianti

C) uzun shaklidagi varianti

*D) ixcham bo‘lgan qisqa shakldagi varianti

16. Davriy sistemaning qaysi variantini muhim kamchiligi − o‘xshash bo‘lma-gan elementlarni bosh va yonaki gruppachalardagi elementlar xossalarini bir-biridan katta farq qilishidir?

A) ixcham bo‘lmagan qisqa shakldagi varianti

B) yarim uzun varianti

C) uzun shaklidagi varianti

*D) ixcham bo‘lgan qisqa shakldagi varianti

17. Davriy sistemaning qaysi variantini asosiy kamchiligi − cho‘ziqligi, ixcham emasligi (sistemaning ayrim kataklari to‘lmagan)?

A) ixcham bo‘lmagan qisqa shakldagi varianti

B) yarim uzun varianti

*C) uzun shaklidagi varianti

D) ixcham bo‘lgan qisqa shakldagi varianti

18. Davriy sistemani qaysi varianti uzun variantdagi lantanoidlar va aktinoidlar sistema ostida alohida joylashtiriladi?

A) ixcham bo‘lmagan qisqa shakldagi varianti

*B) yarim uzun varianti

C) uzun shaklidagi varianti

D) ixcham bo‘lgan qisqa shakldagi varianti

19. Qaysi davr elementlarini Mendeleyev tipik ele­mentlar deb atadi?

*A) II va III B) IV va VI C) I va II D) VII

20. Katta davrlarning elementlarini ikki qatorga ajratishga asos bo‘lgan muhim xususiyatini ayting?

A) ekvivalentligi *B) oksidlanish darajasi

C) tashqi qavatdagi elektronlar D) valentligi

21. Mendeleyev davrida katta davrlarning elementlarini ikki qatorga ajratishga asos bo‘lgan muhim xususiyatini ayting?

A) ekvivalentligi B) oksidlanish darajasi

C) tashqi qavatdagi elektronlar *D) valentligi

22. Triada elementlarni tanlang? 1) Fe; 2) K; 3) Co; 4) Mn; 5) Ni.

A) 2,4 *B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 2,3,4

23. VI davrda tartib raqamlari 58−71 bo‘lgan elementlarni ayting?

A) xalkogenlar B) aktinoidlar

C) galogenlar *D) lantanoidlar

24. Lantanoidlarni qaysi xossalari bir-biriga juda o‘xshaydi?

A) kimyoviy xossalari B) fizik xossalari

C) biologik xossalari D) fizik-kimyoviy xossalari

25. Qaysi elementlarning hammasi reaksiyaga kirishuvchan metallar hisoblanib, suv bilan reaksiyaga kirishib, gidroksid hamda vodorod hosil qiladi va bundan ularda gorizontal o‘xshashlik yaxshi ifodalangan, degan xulosa kelib chiqadi?

A) xalkogenlar B) aktinoidlar

C) galogenlar *D) lantanoidlar

26. VII davrda tartib raqami 90103 bo‘lgan elementlarni ayting?

A) xalkogenlar *B) aktinoidlar

C) galogenlar D) lantanoidlar

27. Aktinoidlarda qaysi xossasi lantanoidlardan zaif ifodalangan bo’ladi?

A) gorizantal izomeriya B) vertikal izomeriya

C) dioganal analogiya *D) gorizontal analogiya

28. Aktiniy birikmalarida qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi? 1) +3; 2) +4; 3) +5; 4) +6.

A) 2,3 *B) 1 C) 1,4 D) 1,2,3,4

29. Uran birikmalarida qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi? 1) +3; 2) +4; 3) +5; 4) +6.

A) 2,3 B) 1 C) 1,4 *D) 1,2,3,4

30. Nima uchun aktinoidlarni kimyoviy xossalarini o‘rganish juda qiyin ish?

*A) yadrolari beqaror bo‘lganligi sababli

B) elektronlar soni beqaror bo‘lganligi sababli

C) atom massalari beqaror bo‘lganligi sababli

D) neytronlar soni beqaror bo‘lganligi sababli

31. Qaysi element(lar) birikmalarida 1 oksidlanish darajani hosil qiladi? 1) osmiy; 2) oltin; 3) kumush; 4) ftor; 5) ruteniy; 6) mis; 7) ksenon.

A) 1,5,7 B) 2,3,6 *C) 4 D) 1,2,3,4

32. Qaysi element(lar) birikmalarida +1, +2 va +3 oksidlanish darajalarni hosil qiladi? 1) osmiy; 2) oltin; 3) kumush; 4) ftor; 5) ruteniy; 6) mis; 7) ksenon.

A) 1,5,7 *B) 2,3,6 C) 4 D) 1,2,3,4

33. Qaysi element(lar) birikmalarida +8 oksidlanish darajani hosil qiladi? 1) osmiy; 2) oltin; 3) kumush; 4) ftor; 5) ruteniy; 6) mis; 7) ksenon.

*A) 1,5,7 B) 2,3,6 C) 4 D) 1,2,3,4

34. VIII gruppadagi asosiy guruhcha elementlari nima deb yuritiladi?

A) galogenlar *B) nodir gazlar

C) xalkogenlar D) ishqoriy metallar

35. VIII gruppadagi asosiy guruhcha elementlari nima deb yuritiladi?

A) galogenlar *B) inert gazlar

C) xalkogenlar D) ishqoriy metallar

34. VII gruppadagi asosiy guruhcha elementlari nima deb yuritiladi?

*A) galogenlar B) nodir gazlar

C) xalkogenlar D) ishqoriy metallar

35. VI gruppadagi asosiy guruhcha elementlari nima deb yuritiladi?

A) galogenlar B) ishqoriy-yer metallar

*C) xalkogenlar D) ishqoriy metallar

36. I gruppadagi asosiy guruhcha elementlari nima deb yuritiladi?

A) galogenlar B) ishqoriy-yer metallar

C) xalkogenlar *D) ishqoriy metallar

37. II gruppadagi asosiy guruhcha elementlari nima deb yuritiladi?

A) galogenlar *B) ishqoriy-yer metallar

C) xalkogenlar D) ishqoriy metallar

38. Nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi qachon olingan?

A) 1864-yilda B) 1756-yilda

C) 1952-yilda *D) 1962-yilda

39. Nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasini aniqlang?

*A) XeF4 B) KrF4 C) RnCl6 D) XeBr4

40. Qaysi elementlardan boshqa barcha elementlar kislorodli birikmalar hosil qiladi?

A) neon B) geliy C) argon *D) barchasi

41. Kislorodli birikmalarni necha xil shakli mavjud?

A) 2 *B) 8 C) 4 D) 5

42. Vodorodli birikmalarni necha xil shakli mavjud?

A) 2 B) 8 *C) 4 D) 5

43. IV gruppa bosh gruppachalarni elementlari hosil qiladigan gazsimon vodo-rodli birikmalarni umumiy formulasini aniqlang?

A) RH3 B) RH *C) RH4 D) RH2

44. V gruppa bosh gruppachalarni elementlari hosil qiladigan gazsimon vodo-rodli birikmalarni umumiy formulasini aniqlang?

*A) RH3 B) RH C) RH4 D) RH2

45. VI gruppa bosh gruppachalarni elementlari hosil qiladigan gazsimon vodo-rodli birikmalarni umumiy formulasini aniqlang?

A) RH3 B) RH C) RH4 *D) RH2

46. VII gruppa bosh gruppachalarni elementlari hosil qiladigan gazsimon vodo-rodli birikmalarni umumiy formulasini aniqlang?

A) RH3 *B) RH C) RH4 D) RH2

47. Davrlarda chapdan o‘ngga o‘tish bilan quyidagi javoblarning qaysilari ortadi? 1) yadro zaryadi va atom og‘irligi; 2) atom radiusi; 3) metallik xossasi; 4) elektron berishi; 5) metallmaslik xossasi; 6) kislorodga nisbatan valentligi.

*A) 1,5,6 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 2,4,6

48. Davrlarda chapdan o‘ngga o‘tish bilan quyidagi javoblarning qaysilari kama-yadi? 1) yadro zaryadi va atom og‘irligi; 2) atom radiusi; 3) metallik xossasi; 4) elektron berishi; 5) metallmaslik xossasi; 6) kislorodga nisbatan valentligi.

A) 1,5,6 B) 1,3,5 *C) 2,3,4 D) 2,4,6

49. Gruppalarda yuqoridan pastga o‘tish bilan quyidagi javoblarning qaysilari ortadi? 1) atom og‘irligi; 2) so­lishtirma og‘irligi; 3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 4) yadro zaryadi; 5) atom radiusi; 6) elektron qavati; 7) tashqi qavatdagi elektronlarning yadroga tortilishi; 8) elektron berish xususiyati; 9) metallik xossalari.

A) 1,5,6,7,9 B) 3,7 C) 2,3,4,8 *D) 1,2,4,5,6,8,9

50. Gruppalarda yuqoridan pastga o‘tish bilan quyidagi javoblarning qaysilari kamayadi? 1) atom og‘irligi; 2) so­lishtirma og‘irligi; 3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 4) yadro zaryadi; 5) atom radiusi; 6) elektron qavati; 7) tashqi qavatdagi elektronlarning yadroga tortilishi; 8) elektron berish xususiyati; 9) metallik xossalari.

A) 1,5,6,7,9 *B) 3,7 C) 2,3,4,8 D) 1,2,4,5,6,8,9



Download 103.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling