1 Kimyo ta’limining ta’minot manbalari 2


Download 1.76 Mb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1220365
  1   2   3   4
Bog'liq
kimyo kabineti


Reja:
1

2
    • Kimyo хоnаsigа qo’yilаdigаn аsоsiy tаlаblаr.

3
    • O’qitish jihоzlаri nаturаl оb’еktlаr va tatural ob’ektlarning ko’rinishlari

Maktab kimyo kabinеti va uning vazifalari 
Kimyo ta’limining ta’minot manbalari uchta katta guruhga bo’linadi. Bu bo’linish maqsadi va o’quvchiga ta’sir etishi usullariga ko’ra quyidagilar bo’lib hisoblanadi.
O’qituvchi uchun qo’llanmalar.
Maktab kimyo kabinetini jihozlash.
Kimyo darsliklari.
Kimyo fanini o’qitish va tarbiyalash manbalariga - o’quvchilarni ma’lumotli qilib tarbiyalash, ular shaxsini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan materiallar va ob’ektlar tizimi misol bo’ladi. Bu tizim funksiyalarining birligini ta’minlaydi.
Kimyo tanini samarali o’qitishga yordam beradigan, o’quv jihozlari, plakat va jadvallar saqlanadigan hamda kimyo darslari olib boriladigan maxsus xona kimyo xonasi hisoblanadi. Kimyo xonasiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilarlan iborat.
1
    • Ilmiy-metodik. Kimyo xonasi kimyo mazmuni, didaktika, psixologiya va tarbiya nazariyasi talablariga javob bera oladigan bo’lishi kerak.

2
    • Xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga javob berishi zarur. Kimyo xonasi mehnatni ilmiy tashkil qilish, o’qituvchi va o’quvchilar sog’ligini saqlash talablarini qondira olishi lozim.

3
    • Texnik, texnologik va iqtisodiy. Xonadagi jihozlar tayyorlanishi bo’yicha oddiy, qimmat bo’lmagan materiallardan tay­yorlangan, xizmat qilishi bo’yicha ishonchli va uzoq muddat ishlatiladigan bo’lishi kerak. Maxsus talablarga javob bera olishi lozim.

Sinf laboratoriyasida o'quvchilar bir tomonlama demonstratsion stolga qarab o'tiradilar. Har bir o'quvchiga kamida 60 sm joy to'g'ri kelishi lozim. Stol ustida kichkina tokcha bo'lishi mumkin. O'qituvchi ko'rsatadigan tajribalar, o'quv qo'llanmalari va sinf doskasi eng oxirgi stolda o'tiradigan o'quvchilarga ham yaxshi ko'rinishi kerak. Stolning kengligi 55 sm bo'lsa kifoya. Oldinma-keyin turgan ikki stol oralig'i 65-70 sm bo'lishi mumkin. Demonstratsion stol birinchi qatordagi o'quvchilar stolidan taxminan 0,8 m nariga qo'yiladi, shunday qilinganda biror suyuqlik yoki boshqa modda tasodifan atrofga sachrasa ham o'quvchilarga tegmaydi. Demonstratsion stol bilan doska orasidagi masofa ham odatda, 0,8 m keladi. Demonstratsion stol o'quvchilar stolidan sal balandroq bo'ladi. Mo'rili shkaf preparatorxona yaqin bo'lganda ikki xona o'rtasiga o'rnatilishi ma'qul. Odatda shkaf preparatorxona devoriga o'rnatiladi va uning sinf tomonidagi devorida kattaroq darchalar bo'lib bu darchalar sinf tomonidan ochiladi. Bu darchalar sinf ko'tarma doskasi pastga tushirilganda doska orqasida qoladi. Doska tepasiga rasmlarni, chizmalarni kattalashtirib ko'rsatish uchun ishlatiladigan ko'tarma ekran o'rnatiladi. O'quvchilarning tajriba qilishi uchun mo'rili shkafni sinfning orqa devoriga taqab qo'yish mumkin. Mo'rili shkaf ichiga kichikroq rakovina va uning ustiga vodoprovod jumraklari o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Zaharli gaz yoki bug' chiqaridagan o'zaro ta'sirlanuvchi modda qoldiqlari shu rakovinaga to'kiladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling