1. Islom huquqi manbalari tushunchasi va turlarig’ Islom huquqining asosiy manbalari
Download 73.73 Kb.
|
Islom huquqi 2.1.-10-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Hanafiy fiqh maktabi va uning rivojlanish bosqichlari
10G’1-Mavzu: ISLOM HUQUQINING MANBALARI VA NORMALARI. ISLOM HUQUQINING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA MAZHABLARO‘quv savollari.1. Islom huquqi manbalari tushunchasi va turlarig’2. Islom huquqining asosiy manbalari3. Islom huquqining qo‘shimcha manbalari4. Hanafiy fiqh maktabi va uning rivojlanish bosqichlariIslomda huquqining manbalari haqida kengroq tasavvur hosil qilish uchun umuman manba nima, huquq manbalari deganda nima tushuniladi, ularning qanday turlari borligi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. “Manba” arabcha so‘z bo‘lib, boshlanish, ibtido, biror narsa ishlab chiqariladigan joy, qurilma ma’nolarini anglatadi. Ko‘chma ma’noda biror narsa, ish-harakatning yuzaga kelishi, faoliyat uchun asosiy omil bo‘lgan narsa. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lgan asar, xujjat tushuniladi1. Huquqshunoslikda huquq manbai tushunchasi bilan bir qatorda huquq shakli tushunchasi ham ishlatiladi. Bir guruh olimlar ushbu tushunchalar bir-biridan farq qiladi degan fikrda. Boshqa yana bir guruh olimlar esa, ular aynan bir tushunchadir degan fikrda2. Huquqshunoslikda huquqni sub’ektiv va ob’ektiv huquqqa bo‘lish haqidagi fikr keng tarqalgan. Sub’ektiv huquq – bu har bir shaxsga berilgan yashash huquqi, mulkka ega bo‘lish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi kabilardir. Ob’ektiv huquq – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki tasdiqlangan, muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, umummajburiy, zarur bo‘lganda ijrosi davlatning zo‘rlik kuchi bilan ta’minlanadigan normalar majmui. Bizni qiziqtiradigani ob’ektiv huquqning manbai. Taniqli huquqshunos olim yuridik fanlar doktori, professor J.Toshqulovning ta’rificha, huquqning manbai deganda uning yaratilishi uchun asos bo‘ladigan omil, sabab, hayotiy ehtiyoj tushuniladi. Huquq nazariyasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida, monografik tadqiqotlarda huquqning moddiy manbalari, g‘oyaviy manbalari va yuridik manbalari haqida so‘z yuritiladi. Huquqning moddiy manbalari – bu huquqning yaratilishi (huquq ijodkorligi) uchun asos rolini o‘ynovchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar, ularni qat’iy tartibga solishga bo‘lgan hayotiy ehtiyoj3. Huquqning g‘oyaviy manbalari – bu davlat va jamoat arboblari, faylasuflar, siyosatshunoslar, huquqshunoslarning huquq to‘g‘risidagi tushunchalari, qarashlari, fikr-mulohazalari, huquqiy nazariyalar bir so‘z bilan aytganda huquqiy ong. Huquqning yuridik manbalari – bu huquqning yaxlit tizim sifatida tashkil topishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi, huquq normalarining tashqi qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi huquq shakllari. Huquqning yuridik manbalari huquqiy odat, sud yoki ma’muriy pretsedent, huquqiy mazmundagi shartnomalar, normativ huquqiy xujjatlar, muqaddas kitoblar, huquqiy doktrina sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Islom huquqi diniy huquqiy tizimga (oilasiga) mansub bo‘lib, u boshqa huquqiy tizimlar (oilalar)dan – roman-german, anglo-sakson, an’anaviy huquqiy tizimlaridan birinchi navbatda manbalari bilan farq qiladi. Roman-german huquqiy tizimida konstitutsiya, qonunlar; anglo-sakson huquqiy tizimida sud yoki ma’muriy pretsident; an’anaviy huquqiy tizimida odat normalari huquqning asosiy manbalari bo‘lsa, islom huquq tizimida Qur’oni karim, Sunna, ijmo, qiyos huquqning asosiy manbalari sifatida xizmat qiladi. Ushbu manbalar islom huquqining barcha sohalarining manbalaridir. U yoki bu manbani islom huquqi manbai sifatida e’tirof etish yoki etmaslik yoxud cheklangan hollarda undan foydalanishga yo‘l qo‘yish masalasi tadqiqotchining qaysi mazhab tarafdori ekanligiga yoki uning qaysi mazhab nuqtai nazarini tadqiq etganligiga bog‘liq. Islom huquqining asosiy manbalari haqida huquq mazhablari vakillari o‘rtasida ayrim istisnolarni hisobga olmaganda jiddiy farqlar yo‘q. Islom huquqining hosila (qo‘shimcha) manbalarini e’tirof etish yoki etmaslik yoxud cheklangan holatlarda ulardan manba sifatida foydalanish mumkinligi haqida islom huquqi mazhablari vakillari o‘rtasida jiddiy farqlar ko‘zga tashlanadi. Download 73.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling