1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
TO‘SHAMALI GO‘NG
Go‘ngning tarkibi hayvon turi va ishlatiladigan to‘shamaga bog'liq bo‘ladi. To'shamaning miqdori va sifati ot go'ngi, qoramol va cho'chqa go'ngiga nisbatan azot va fosforga boy bo'ladi. Hayvon tagiga solingan to'shama hisobidan go'ng miqdorini 30—40% ga oshirish mumkin, bu undagi azot hamda suyuqlik miqdorini isroflanishdan saqlaydi. Bir kecha-kunduzda har bir qoramol va ot tagiga 3 kg, qo'y hamda echkilarga 0,5— I kg, cho'chqaga 1—3 kg to'shama solish kerak bo‘ladi (66-jadval). Respublikamiz viloyatlarida to'shama sifatiga somon, poxol, qipiq, g‘o ‘zapoya, daraxt barglari, kesilgan qamish va boshqa o'simlik qoldiqlarini ishlatish munikin. Xorazm viloyati sharoitida mol tagiga solish uchun quruq to 'sh am a sifatida qum va tuproqdan foydalaniladi. Ayrim sharq mamlakatlarida to'shama sifatida chirindili tuproqlar ham ishlatiJadi. To'shama lar mol tagini yumshoq va quruq saqlab, sh a ro itla rn I yaxshilaydi hamda agronomik ahamiyat kasb etadi. Bu xildagi go‘ng transportda tashish va tuproqqa solish uchun ancha qulay bo'ladi. To'shama bilan go‘ng tarkibiga to'plangan qo'shimcha oziq elementlar mikrobiologik jarayonlar ta’sirida o'simliklar o‘zlashtira oladigan holatga o‘tadi. To'shama hayvonlarning suyuq chiqindisini shimib olib, ammoniy azotini saqlab qolishga imkon yaratadi. Mol tagiga sepilgan to'shama go'ngning fizik, ftzik-kimyoviy va biologik xossalarini yaxshilaydi. Uni hamma molxonalarda ishlatish niaqsadga muvofiq bo'ladi. To'shama uchun asosan somon va torf ko'proq ishlatilsa, ulardan sifatli go'ng olish mumkin bo'ladi. Go'ngning miqdori va uning sifati ko'p jihatdan go'ng saqlash jihatiga bog'liq. Go'ngni saqlash davrida uning tarkibidagi azot va azotsiz organic moddalar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadi. Avvalo, hayvonlarning quruq ajratmasi tarkibidagi mochevina va boshqa organik birikmalar parchalanadi. Mochevina ureaza fermentlari ta’sirida ammoniy karbonatga aylanadi: CO(NH2)2+2H20=(NH4)2C03 Ammoniy karbonat tezlik bilan amniiak, karbonat angidrid va suvga parchalanadi: (NH4)2C03 = 2NH3 + C02 + H20 Hayvonlarning qattiq ajratmasi tarkibidagi azotli birikmalar, asosan oqsil ammiakkacha parchalanadi, lekin bu jarayon sekin o‘tadi. Hosil bo‘lgan ammiak mikroorganizmlar tomonidan to‘liq o'zlashtiriladi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling