X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja


Download 82.34 Kb.
bet1/10
Sana01.05.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1419192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
X


X-mavzu: QOVURMANI TAYYORLASH
Reja:
1.Presslash tsexida yanchilmani qayta ishlash.
1.1.Yanchilmaga issiqlik va namlik bilan ishlov berish.
2.Qovurish jarayonida suv, bug’ va issiqlikning ta‘siri.
2.1Yanchilmani qovurishda ro’y beradigan fizikaviy o’zgarishlar.
2.2.Yanchilmani qovurishda ro’y beradigan kimyoviy o’zgarishlar.
2.3.Yanchilmani qovurishda ro’y beradigan biokimyoviy o’zgarishlar.
2.4.Qovurish jaraeninig gossipolga ta‘siri.
3.Yanchilmani namlash jarayoni.
3.1.Suv bilan namlash.
3.2.Bug’ bilan namlash.
4.Mag’zni qovurish jarayoni
4.1.Mag’zni yumshoq usulda qovurish.
4.2.Mag’zni qattiq usulda qovurish.
4.3. Mag’zni quruq usulda qovurish.
Adabiyotlar:1,2,3, 5
Tayanch so’z va iboralar: qovurish, namlash, inaktivator, yanchilma, qattiqusuli, yumshoq usuli, quruq usuli.
1.Presslash tsexida yanchilmani qayta ishlash
Presslash tsexi yog’ ishlab chiqarish korxonasining eng muhim zvenosi hisoblanadi. Bu tsexga yanchilgan mahsulot shnek orqali keladi. U bu yerda dastlab issiqlik va suv ta‘sirida fizik-kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Bunday ta‘sir etishdan maqsad undan eng ko’p va sifatli yog’ olishdan iborat.
Kungaboqar, paxta chigiti va shunga uxshash moyli xom ashyolardan moy ikki bosqichda:dastlabki va oxirgi bosqichda moy olinadi. Xozirgi vaqtida Respublikamizdagi moy yetishtiruvchi korxonalarda moyli xom ashyolardan oxirigacha moy ikki usulda: presslash va ekstraktsiyalash usullarida olinmoqda. Bu ikkala usul ham xom ashyodan dastlabki bir qism moyni ajratishni talab etadi. Kungaboqar, paxta chigiti va shularga uxshash xom ashyolardan dastlabki bosqichda yani pressda 70 – 85% moy olinadi. Bir qism moyi olingan kunjarani moysizlantirilishi uchun ikqilamchi presslash yoki ekstraktsiya usuli qullaniladi. Dastlabki moy olish bu moy olishning tugallanmagan bosqichi bo’lib, moyli xom ashyodan tuliq moy olish jarayoni uchun tayyorlov texnologik jarayon hisoblanadi. Ikki marta presslash usulida moy olishda dastlabki bosqichdan keyingi kunjaraning qoldiq moyliligi 12 – 18%, ikkinchi marta presslangandan keyingi kunjaraning qoldiq moyliligi 4,5-6% ni tashkil etadi.
Mezgani moy olishga tayyorlash ikki bosqichdan iborat bo’lib: birinchi bosqichi mezgani dastlabki moy olishga tayyorlash, ikkinchi bosqichi -pressda yoki ekstraktorda kunjarani moysizlantirish.
Dastlabki moy olishda mezganing harorati 75-1050C va namligi 6-12% bo’lganda, oxirigacha pressda moy olish harorat 110 –1250C bo’lganda va namlik 4% bo’lganda amalga oshirildi.

Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling