X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja


Mag’z talkonini qattiq usulda qovurish


Download 82.34 Kb.
bet8/10
Sana01.05.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1419192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
X

4.3.Mag’z talkonini qattiq usulda qovurish MP-21 tipidagi bir marta presslash usulida moy olishda mezga tayyorlashda qullaniladi. Bu usulda paxta chigiti mag’zi talkonidan mezga tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi. Mag’z valtsovkada yanchilib, namligi 7, 5-8,0% bo’lganda 12-18% sheluxa ajratilib, teshiklari 1 mm li elakda elangandan 60% va past sifatli chigit elansa, 50% elanma utadigan qilib maydalanadi, shundan keyin talkon namlovchi shnekda 11-12% gacha namlanib, 70-800C gacha kizdiriladi va qovurish qasqoniga tushadi u yerda 35-50 minut davomida harorati 115-1200C va namligi 2,5-3,5% ga yetguncha qovuriladi.
4.4.Mag’z talkonini quruq usulda qovurish qasqoniga tushirishdan oldin namlanmaydi. Bunday usul kachonki talkoning namligi, qovurish qasqoniga tushish namligidan katta bo’lsa qullaniladi. Bunda qovurishning ikkinchi bosqichi ya‘ni talkon tarkibida bo’lgan namlikni bug’latish amalga oshiriladi. Quruq usulda qovurish talkoning haroratini kerakli miqdorgacha kutarish asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Paxta chigitidan moy olishda qovurishning bu usuli qullanilmaydi.
4.5.Mag’z talkonini bosim ostida qovurish, talkonga bosim ostida namlik va issiqlik ta‘sir ettiriladi. Bunda qurilmada ortiqcha bosim hosil qilinadi, buning uchun qurilmalar germetik yopiq bo’lishi talab etiladi. Bosim ostida qovurish (0,05-0,1 MPa) bosimda 10-15 min. davomida amalga oshiriladi. Bu usulning afzallik tomoni shundaki mag’z tarkibiga namlik va issiqlik tez va chukur kirib borib, qisqa vaqt ichida mezga namlik va harorat bo’yicha belgilangan ko’rsatkichga erishib qovurish vaqti qisqaradi, lekin buning uchun qovurish qurilmalari germetik va bosimga chidamli bo’lishi talab etiladi.
Vakuumda mag’z talkonini qovurish usuli, talkonni atrof muhitdagi atmosfera bosimidan past bosimda maxsus qurilmada qovurish bo’lib, bunda mezga tarkibidagi namlik qisqa vaqt ichida ajralishi ta‘minlanadi, haroratning past bo’lishi natijasida talkon tarkibidagi oqsil moddalarining denaturatsiyalanishi keskin kamayadi va kunjaraning ozukaligi ortadi.
Qovurilgan mezganing presslashga tayyorligi uning qasqondan chiqishdagi namligi va harorati bilan belgilanadi.

Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling