X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja


Qovurish jarayoning davomiyligi


Download 82.34 Kb.
bet9/10
Sana01.05.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1419192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
X

4.6.Qovurish jarayoning davomiyligi. Mag’z talkonini namlash va issiqlik bilan ishlov berib qovurish jarayonining davom etish vaqti 50-80 minut bo’lib, bu vaqtning 15-20% birinchi bosqich namlanishga va 80-85% ikkinchi bosqich quritishga ketadi.
Qovurish vaqtining davom etishi quyidagi faktorlarga bog’liq: talkoni namlashdan uning boshlangich va oxirgi namligiga, namlikni moyli xom ashyo bilan bog’liqligiga, qovurilayotgan talkon massasining qalinligiga, talkonning maydalanish darajasiga va zichligiga, mag’zning moyliligiga qizdirish sirtining holatiga, aralashtirish tezligiga, qovurish qasqoni yasalgan materialning issiqlik utkazuvchanligiga, issiqlik tashuvchi agentning va kondensatning haroratiga, qovurish vaqtida ajralib chiqayotgan bug’ning qasqon ichidan chiqa olishiga, chanlar soniga va chandan changa mezganing utish vaqtiga.
4.7.Qovurish qozoni. Mag’z talkonini qovurib mezga tayyorlaydigan qurilmalar qovurish qozonlari deb aytiladi. Xozirgi vaqtda sanoatda ikki turdagi - vertikal kolonna tipidagi qasqonli qozonlar va gorizantal baraban shaklidagi shnekli qozonlar ishlatiladi. Bunday turdagi qovurish qozonlarining umumiy ko’rinishi 20-rasmda ko’rsatilgan. Moy ishlab chiqarishda 5-6 qasqonli, J6 va FP tipidagi qozonlar ishlatiladi. Ularning bir-biridan farqi J6 qurilmasida qasqonining osti pulatdan va FP qurilmasida qasqonining osti chuyandan yasalgan.
Qovurish qozoni, tekis qasqonlardan iborat bo’lib, uning bug’ keladigan, talkon tushadigan, isitadigan, bug’ni chiqarib yuboradigan va tayyor mezga chiqadigan qismlardan tashkil topgan. Qasqonlar ikki turli bo’lib ularning bir turlari faqat tagidan isitiladi, ikkinchi turli qasqonlar ham tagidan ham yon tomonlaridan isitiladi.
Qovurish qozoni, qasqonlardan tashkil topgan bo’lib, uning o’rtasida val utadigan 1 teshik va bu 2 valga 3 parrakli (pichoq) korg’ich o’rnatilgan. Korg’ichning uchi qirrali bo’lib, qasqonning devoridan 5 mm, tagidan 2-3 mm masofada o’rnatilgan. Korgich qasqon ichida mag’z qatlamini tekis taksimlanishini, quyib ketmasligini va bug’ning teng taksimlash, mezgani bir qasqondan ikkinchi qasqonga utkazish uchun xizmat qiladi. Tayyor bo’lgan mezgani qasqondan qasqonga utishi uchun tagiga 4 teshik bo’lib unga bug’imli qopqoq o’rnatilgan. Qasqonga surama zulfli 5 chuntak bo’lib, unga mezga tushib turadi, laboratoriya xodimlari vaqt-vaqti bilan mana shu mana shu chuntakdan na‘muna olib tekshirib turadilar. Qasqonni isitish uchun bug’ yuboradigan 6 patrubka va kondensat chiqadigan 7 patrubkalar o’rnatilgan. Mezga haroratini bilish uchun ostki oxirgi qasqonga maxsus patrubka quyilgan bo’lib usha patrubkaga termometr o’rnatiladi. Xar bir qasqonga 8 lyuk quyilgan bo’lib, undan qasqonni ichini qizitishda, ta‘mirlashda va ichidagi tovarni bushatishda ishlatiladi.
Mag’z talkoni qozonning xar kaysi qasqonida ma‘lum bir vaqt bo’ladi. Shuning uchun xar kaysi qasqonda uning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo’ladi. Eng yuqoridagi qasqonda nam ko’prok, harorati pastrok va uzi yopishkok bo’lsa, so’ngi qasqonlarda u quruqroq, harorati yuqorirok va mag’zning rangi hamdatarkibi uzgargan bo’ladi. Ma‘lum bir vaqt utgach, tovar yuqoridagi qasqondan pastdagiga tushiriladi. Buning uchun qasqonlar birin-ketin o’rnatilib, ularning teshigiga bug’imli kopkonlar o’rnatilgan bo’ladi. Qasqon tovar bilan tulmagan bo’lsa, qopqoq berk turadi. Agar tovar ko’payib ketsa, vertikal turgan yukli tortiq tovarning past-balandlik darajasini ko’rsatib turgan strelkali asbobning pastga tushishi orqasida qasqon chuntagini ochib yuboradi va tovar yuqorigi qasqondan pastdagiga tushadi. Qasqondagi chuntakni ushlab turish uchun tirgak quyilgan. Xar qaysi qasqonning surma zufinli chuntagi bor. Zavod laboratoriyasining xodimlari mezga tayyor bo’lgan-bo’lmaganligini va uning tarkibini bilish uchun bu chuntaklardan smenada bir necha marta namuna oladilar. Qasqonlar ichidagi ortiqcha bug’ chiqib ketishi uchun ventilyatsiya tuyuniklari bor.
Olti qasqonli qovurish qozonlarida namlash-isitish jarayoninng davom etish vaqti 45-50 minut bo’lib bunda namlash-isitishga ketadigan bug’ miqdori 1 tonna urug’ uchun 75 kg ni tashkil etadi.



20-rasm. Qovurish qozoni.



Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling