X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja
Qovurish jarayoninig gossipolga ta‘siri
Download 82.34 Kb.
|
X
2.4.Qovurish jarayoninig gossipolga ta‘siri. Paxta chigiti mag’zi talkonni qovurishda gossipolning xususiyatlarini nazarga olish juda muhim: uzgarmagan gossipol – zaxarli moddalardir; ishlab chiqarish jarayonida gossipol yog’ga, kunjaraga va shrotga utib, oziq-ovqat mahsuloti va molga beradigan yem tarikasida foydalaniladigan bu mahsulotlarning sifatini belgilaydi. Bundan tashqari gossipol-buyok moddadir; mag’zni qovurganda u uzgarib, tozalanmagan yog’ning rangini va uning tozalash vaqtidagi xatti-xarakatini belgilab beradi. Gossipol ishtirokida juda zich soapstok hosil bo’ladi va oson chukadi.
Mag’z talkonni qovurish jarayonida fiziologik aktiv bo’lgan o’zgarmagan (zaxarli) gossipol namlik va issiqlik ta‘sirida mag’z talkon oqsili bilan birikib, fiziologik aktivmas bog’langan (zaxarsiz) gossipol aylanadi. Bu narsa chigit kunjarasining ozukalik sifatini oshirish uchun ko’rashda muhim rol uynaydi. Mag’z talkon namlik darajasining yuqori (11-13%), haroratning baland (90-1000C) bo’lishi va issiqlik ta‘sirida qancha vaqt (60-80 minut) turganligi gossipolning bog’liq xolga utishiga yordam beradi. Bog’langan gossipol yog’da, benzinda va etil efirda erimaydi, u bog’lanmagan (uzgarmagan) gossipoldan shunisi bilan farq qiladi. Mag’z talkon issiqlik va havo ta‘sirida kuvurilganda gossipolning bog’liq xolga utishdan tashqari, gossipol molekulalarning bir qismi zichlashib, yog’da va benzinda eriydigan tuk jigar rang mahsulot hosil bo’ladi. Oqsil bilan bog’lanmagan va zichlashmagan gossipol mag’z talkonni qovurgan vaqtda yog’da erib, unda qisman uzgarmagan xolda va qisman uzgarib uzining kislotalik xossasini yukotgan xolda, qisman esa yog’da erigan fosfatidlar bilan birikkan xolda qoladi. Tayyor tovarda uzgarmagan, bog’langan gossipolning va uning hosil bo’lgan mahsulotlarning ko’p-kam bo’lishi haroratga, mag’z talkonining namlik darajasiga va jarayonda qancha vaqt qovurilganligiga bog’liq. Yuqorida kurib utilganlar shuni ko’rsatadiki yanchilmani qovurish jarayoni murakkab kompleks jarayoni bo’lib, unda fizikaviy, biokimyoviy va kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi. Download 82.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling