X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja
Yanchilmani qovurish jarayoni
Download 82.34 Kb.
|
X
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.Qovurish usullari.
- 4.2.Talkonni yumshoq usulda qovurish
4.Yanchilmani qovurish jarayoni
Qovurishning ikkinchi davrida namlangan talkonni 1050C gacha qizdirish va quritish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda qovurilgan tayyor mezganing namligi va harorati undan presslash orqali moy olishda zarur bo’lgan fizik-mexanik xususiyatga yetish darajasiga yetkaziladi. Bu davrda: a)talkon zarralari moyni yaxshi siqib chiqarish uchun zarur bo’lgan holatgacha maydalanadi, bunda pressdan juda kam tovar tuqiladi; b)jarovniyaning ustki qatlamidagi zarralar ostki qatlam zarralarining kurishi natijasida hosil bo’lgan bug’ bilan namlanib, qisman bukadi. Mag’z talkoni ma‘lum bir qalinlikda (300 mm va undan ortiq) qovuriladi, bunda uning strukturasi o’zgarishi bilan birga, fizik-kimyoviy jarayonlar ro’y beradi, ya‘ni moyning qovushqoqligi kamayadi,uning okuvchanligi ortadi. Mag’zdagi xarakatchan oqsillar uzgaradi. Oqsil moddasi zarrachalarining sirtida moyni ushlab turuvchi sirti molekulyar kuchlarning kamayishi natijasida, mezgani presslagan vaqtda moyning ajralib chiqishi osonlashadi. Qovurilgan tayyor mezgani (tovarni) namligi va harorati quyidagicha bo’ladi: Namligi,% Harorati, 0C Kungaboqar urug’ida, 5-6 100-105 Paxta chigitida 1-3 - navlarda 4,5-5,5 100-110 4 - navlarda 5-6 100-105 Qovurish qozonidan pressga tushayotgan mezga nam bo’lsa, pressda ezilmasdan chiqib ketaveradi, moy chiqishi qiyin bo’ladi. Agar u juda qurib qolsa kunjaraning sifati yomonlashadi va unda moy ko’p kolib ketadi. Shu sababdan ham mezganing namligi yuqorida ko’rsatilgandek bo’lishi kerak. 4.1.Qovurish usullari. Korxonalarda moy olishda talqonni qovurishning 5 usuli: 1.Yumshoq usulda; 2.Qattiq usulda qovurish; 3.Quruq usulda qovurish; 4.Bosim ostida qovurish; 5.Vakuumda qovurish mavjud bo’lib ulardan asosan yumshoq, qattiq usullarda qovurish sanoatda qullaniladi. 4.2.Talkonni yumshoq usulda qovurish ikki bosqichda bo’linadi: birinchi bosqichda talkon optimal namlikgacha namlanadi, ikkinchi bosqichda namlangan talkonni harorati sekin-asta oshirib qovurish va uni quritishdan iborat. Buni paxta chigiti talkonidan mezga tayyorlashda kurib chiqamiz. Namligi 7,5-9,0% va tarkibidagi 9-10% sheluxasi bo’lgan yanchilgan mag’z teshiklari 1 mm li elakda elanganda, elanma miqdori 70% dan kam bo’lmaganda namlovchi shnekda namligi 11-12% bo’lguncha bug’ bilan namlanadi. Agar mag’z past navli chigitdan olingan bo’lsa,13-14% gacha namlanadi. Bu namlovchi shnekda harorat 85-900C gacha tez kutarilishi kerak. Bunga erishish uchun temir naychalar orqali namlovchi shnekka issiq suv va bug’ yuboriladi. Namlangan talkon ko’p (5-7) qasqonli qovurish qozonining yuqorigi (birinchi) qasqoniga tushadi. Qozoning qasqonlarida talkon xarakatlanib sekin-asta kiziydi va kuriydi. Mezga oxirgi qasqonga tushganda harorati 1100C bo’lib, pressga kirishda namligi 3,5-4% bo’ladi. Mag’zni yumshoq usulda qovurishda uni namlashda to u yetilguncha plastik holati uzgarib boradi, ya‘ni tarkibidagi oqsil moddalari denaturatsiyalanib, panja bilan ezganda moy okib ketadigan, och kungir sarik rangli bo’lib qoladi. Qovurish vaqtida, mezga qatlamning ostki tomonidan ajralib chiqayotgan bug’ mezga qatlami orasidan utadi va buning natijasida mezga zarrachalarini o’lchamlari, namligi va harorati bir xil bo’ladi, moyli xom ashyoni xujayra tukimalari qushimcha ravishda buzilib mezgadan olinadigan moyning miqdori ko’payadi. Download 82.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling