X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja
Yanchilmani namlash jarayoni
Download 82.34 Kb.
|
X
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.Suv bilan namlash
- 3.2.Bug’ aralash suv yoki tuyingan bug’ bilan namlanganda
3.Yanchilmani namlash jarayoni
Qovurish uchun ishlatiladigan xom-ashyolarga yanchilgan mag’z, maydalangan bir qism moy olingan kunjara va bir qism moyi olingan mezga kiradi. Mag’z talkonini qovurish ishi ikki davrga bo’linadi. Birinchi davri bug’lash-namlash apparatida namlanib kizdiriladi. Namlanayotgan yanchilmaning haroratini 200C dan 50-600C gacha kutarish, namligini 11-12% ga yetkazish kerak. Yanchilma uch xil usulda namlanadi: issiq yoki iliq suv bilan, bug’ aralash suv bilan, tuyingan bug’ bilan. 3.1.Suv bilan namlash qolgan ikki usulga qaraganda ancha noqulay, chunki suv yanchilmaga bir tekis singmaydi uning ba‘zi joyi tugun-tugun (ichi quruq, usti xul) xolda bo’lib qoladi. Bunda yanchilma qozonga tushganda yaxshi qovurilmaydi, demak tarkibidagi yog’ ham qiyinlik bilan ajraladi. 3.2.Bug’ aralash suv yoki tuyingan bug’ bilan namlanganda esa yanchilma bir tekis namlanadi va harorati tez kutariladi. Lekin shuni ham esda tutish kerakki, agar yanchilmaning uz namini faqat 1,0% ga oshirish lozim bo’lsa, ushandagina tuyingan bug’ bilan namlash mumkin. Mag’z talkonini qovurish jarayoni ikki davrga bo’linadi. Qovurishning birinchi davrida talkon kondensat va suv bug’i bilan namlanib isitiladi bunda suv talkonning gel qismidagi moyni siqib chiqaradi. Talkon namlanganda uning mayda zarralari, ayniqsa aleyron donalari yiriklashadi. Agar yanchilmaning namligi texnologik normadagicha teng bo’lsa, bunda birinchi bosqichda yanchilma quruq bug’ bilan tegishli haroratgacha kizdiriladi. Paxta chigiti yanchilmasini qovurishdan avval namlash va qizdirishdan maqsad tarkibidagi ozod gossipolning mag’zida bo’ladigan oqsil moddalar bilan yaxshi bog’lanishini ta‘minlashdir. Namlangandan keyin yanchilmaning namligi quyidagicha bo’lishi kerak: Kungaboqar urug’ida ...........................8-9% Paxta chigitida 1-3 nav........................................11,5-13% 4-nav...........................................13,5-17,5% Yanchilmani namlab isitish uchun shnekli inaktivatorlar yoki namlab-isituvchi shnekli qurilmalar ishlatiladi. 19-rasm. Shnekli inaktivator. Download 82.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling