Tolali ekinlar biologiyasi
Download 106 Kb.
|
tolali ekinlar biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botanik ta’rifi.
Aim.uz Tolali ekinlar biologiyasi Reja: 1.Tolali ekinlarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 2.Ekinlarning botanik ta’rifi. 3.Tolali ekinlarning biologik xususiyatlari. Xalq xo’jaligidagi ahamiyati. G’o’za to’qimachilik mahsuloti uchun xom ashyo – tola, oziq-ovqat uchun moy, charva oziqasi – kunjara va sheluxa beradi. G’o’za asosan tola olish uchun ekiladi. 1tonna paxta xom ashyosidan o’rtacha 320 – 340 kg tola, 560 – 580 kg chigit olinadi. 340 kg toladan o’z navbatida 3500 – 4000 m2 gazmol, 580 kg chigitdan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa va 8 kg lint (momiq) ishlab chiqariladi. CHigitdan presslash va ekstraktsiya qilish yo’li bilan paxta moyi olinadi. Moyi esa oziq – ovqat va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Undan sovun pishirishda, alif, lak, emal va boshqa xil buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. CHigit tarkibida gossipol pigmenti (zaharli organik birikma) bo’lib, moy olish jarayonida ajratib olinadi va undan ham har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarishdagi qoldiq gudron ham foydalanish uchun xalq xo’jalik tarmoqlariga yuboriladi. Botanik ta’rifi. G’o’zaning barcha turlari bitta avlodga – Gossipium avlodiga kirib, gulxayridoshlar (Malvaseae) oilasiga mansubdir. Gossipium avlodi 35 turni o’z ichiga oladi va ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi: G.xirzutum (G.hirsutum) – Meksika yoki oddiy g’o’za (o’rta tolali) G.barbadenze (G.barbadenze) – Peru g’o’zasi yoki uzun (ingichka tolali), G.xerbaseum (G.herbaseum) – Afrika – Osiyo yoki o’tsimon g’o’za, G.arboreum (G.arboreum) Hindi – Xitoy yoki daraxtsimon g’o’za, G.trikuspidatum (G.trisuspidatum) – Vest–Indiya – uch tishchali g’o’zasi nomi bilan ataladi. Oxirgi Vest – Indiya tur g’o’zasi morfologik jihatdan xirzutumga yaqin bo’lganligi uchun, akademik L.Abdullaev uni ma’daniy g’o’zalar guruhiga kiritmasdan kenja tur deb hisoblaydi va g’o’za turlarini 37 tagacha yetkazadi. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling