Tolali ekinlar biologiyasi
Download 106 Kb.
|
tolali ekinlar biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOrug’likka munosabati.
- Suvga talabi.
Haroratga talabi. G’o’za issiq tropik zonadan kelib chiqqanligi uchun ham issiqga talabchan bo’ladi. CHigit unib chiqib normal o’sishi va rivojlanishi uchun mo’tadil (optimal) harorat 25-35 0S hisoblanadi. Harorat 17 0S tushganda rivojlanish susayib qoladi.
G’o’zaning zo’rg’a rivojlanishi va chigitning una boshlashi uchun minimal (pastki) harorat 10-12 0S hisoblanadi. Harorat O 0S pastga tushganda uni sovuq uradi, yosh maysalarni –1 –2 0S, voyaga yetgan g’o’zalarni –3-5 0S sovuq zararlaydi. Harorat 36-37 0 dan oshganda (maksimal) g’o’zaga ortiqchalik qiladi, 40 0S esa rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. G’o’zaning har xil rivojlanish davrisi uchun turlicha harorat zarur bo’ladi yoki ma’lum rivojlanish davrisini o’tishi va tugallanishi uchun ham ma’lum harorat yakunini talab qiladi, ana shu harorat yakuni foydali (effektiv) harorat deb yuritiladi. Havoning o’rtacha sutkalik haroratidan o’simlikdagi ma’lum rivojlanish davrisi o’tishi mumkin bo’lmay qoladigan darajaga yetgan harorat olib tashlansa, foydali harorat miqdori kelib chiqadi. Harorat yakunini hisoblashda shartli ravishda gullashgacha quyi chegara harorati +100S, gullashdan keyin + 13 0S qilib olish mumkin. G’o’zaning tur va naviga, tez yoki kechpisharligiga qarab foydali harorat yakuni 1600-20000S gacha yetadi. YOrug’likka munosabati. G’o’za yorug’sevar o’simlik. Uning barg shapolaqlari kun bo’yi quyosh nuri tushishiga qarab o’z holatini o’zgartirib boradi. YOrug’lik yetishmay qolsa shona va kurtakchalar ko’p to’kilib ketadi, fotosintez jarayoni sekinlashadi, hosildorlikka putur yetadi. Masalan, quyoshli kunda (№ 169 nav) 1m2 barg sathida bir soatda 1,46 g moddani assimilyasiya qilgan bo’lsa, bu raqam bulutli kunda 0,06 grammga tushib qolgan (A. Blagoveshchenskiy). G’o’za tipik qisqa kun o’simligi bo’lganligi uchun yorug’ kunning uzunligiga juda ta’sirchan bo’ladi. Tajribalarda kun uzunligini sun’iy ravishda 9-12 soatga keltirish g’o’za rivojlanishining tezlashtirib, yaxshi natijalar olingan ya’ni hosil shoxning pastroqdan paydo bo’lishi, shonalash, gullash va pishishi barvaqt kechadi. Bundan seleksiya yulida keng foydalanish mumkin. Biroq, ekilidagan suptropik shakillari kun uzunligi 13-15 soat va undan ortiq bo’lganda maromida o’sib rivojlanaveradi. YOrug’likni boshqarish uchun ekin ekish yo’nalishini,ekish sxemasini tanlash, tup sonini to’g’ri belgilash, begona o’tlarga qarshi kurash ahamiyatlidir. Suvga talabi. G’o’za qirg’oqchilikka chidamli, lekin suvga talabchan o’simlik. Uning transpirasion koyeffisiyenti (1g quruq moddani hosil qilish uchun sarf qiladigan suv miqdori) 600-700 ga teng. Bu raqam o’sish sharoitiga qarab 400-800, 1000 va undan ham ortiq bo’lishi mumkin. Transpirasiya koyeffisiyenti miqdori ekin o’stirish sharoitiga bog’liq. Agar o’simliknig o’sish sharoiti qancha yaxshi bo’lsa, transpirasiya koyeffisiyenti shuncha kichik bo’ladi,o’simlik suvdan tejab foydalanadi. G’o’zaning sarf qiladigan absolyut suv miqdori transpirasiyadan farq qilib, har bir gektar maydonga transpirasiya uchun sutkasiga chinbarglik davrida 10-12 m3, shonalash davrida 30-50 m3, gullash-meva tugish davrida 80-90, 100-120 m3, pishib yetilish davrida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. G’o’zaning butun o’suv davrida esa taxminan 6000-8000 m3suv sarf bo’ladi. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling