Tolali ekinlar biologiyasi


Download 106 Kb.
bet12/12
Sana04.05.2023
Hajmi106 Kb.
#1424238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tolali ekinlar biologiyasi

Namlikka talabi. Tolali zig’ir – namsevar o’simlik, transpirasiya koyeffisiyenti 400-450. Urug’ – g’unchalash – gullash davrida namga juda talabchan. Bu davrda tuproqdagi namlik CHDNS 70 % atrofida bo’lishi lozim. Gullash davrida tez-tez yomg’ir yog’sa o’simlik yotib qolishi hamda zamburug’ kasalliklari bilan zararlanishi mumkin. Sizot suvlar yaqin joylashgan maydonlarda tolali zig’ir yaxshi o’smaydi. yetilish davrida quruq, iliq va quyoshli ob-havo qulay.
YOrug’likka talabi. Tolali zig’ir uzun kun o’simligi. Quyosh yorug’ligi kuchli bo’lganda o’simlik kuchli shoxlanadi, tolaning hosildorlgini hamda sifatini pasaytiradi.
Tuproqqa talabi. Zig’ir unumdor qumloq, soz mexanik tarkibli tuproqlarda yaxshi o’sadi. eng maqbul tuproq muqiti rN 5,9-6,5. Tuproq chirindiga hamda o’zlashtirilishi oson bo’lgan azot, fosfor, kaliy birikmalariga boy bo’lsa, tolali zig’irning o’sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Qumli, qumoq tuproqlar zig’ir o’stirish uchun yaroqsiz. SHuningdek, og’ir loy, botqoq tuproqlar ham zig’ir yetishtirishga yaramaydi. Tolali zig’irning rivojlanishida quyidagi fazalar farqlanadi: unib chiqish, «archa», shonalash (g’unchalash), gullash va pishish. Dastlabki bir oy mobaynida tolali zig’ir sekin o’sadi. SHonalashni boshlanishi va shonalashda jadal o’sishi kuzatiladi va bir sutkada 4-5 sm o’sadi. Bu davrda oziqlanish va suv rejimi optimal bo’lishi talab etiladi. SHonalashning oxiri va gullashning boshlanishida zig’ir o’sishdan to’xtaydi. SHuning uchun gullashni kechiktiradigan agrotexnik usullar (suv rejimi, o’g’itlash va h.k.) tola sifatini yaxshilaydi. Qisqa, ya’ni 2 hafta davomida zig’ir o’suv davrida o’zlashtiradigan oziqa moddalarni yarmini o’zlashtiradi.
Zig’irning azotga talabchan davri «archa»lashdan shonalashgacha, fosforga o’sishning dastlabki rivojlanishidan 5-6 juft barglarning hosil bo’lishigacha, kaliyga hayotning birinchi 20 kunligida kuzatiladi. YUqorida keltirilgan davrlarda oziqa moddalarning yetishmasligi hosildorlikni keskin kamaytiradi. Azot, fosfor, kaliy eng ko’p o’zlashtirilishi shonalashdan gullashgacha hamda urug’larning hosil bo’lish davriga to’g’ri keladi.
Navlar. K-6, VNIIL-11, L-112, Orshanskiy-2, Mogilovskiy, Tversa, Lazur


Aim.uz



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling