Tolali ekinlar biologiyasi
Download 106 Kb.
|
tolali ekinlar biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolali zig’ir
- Tarixi.
O’g’itlash. Kanop oziqa elementlariga juda talabchan. Poyalar hosili gektaridan 100 s bo’lganda kanop tuproqdan 120 –150 kg azot, 60 –80 kg fosfor, 120 –160 kg kaliyni o’zlashtiradi. O’suv davrining birinchi yarmida fosfor va kaliyni ko’p o’zlashtiradi. Azotni o’zlashtirish shonalash va gullash davrida ortadi.
Kanop o’g’itlashga juda ta’sirchan. Gektariga 15 –20 t go’ng va ma’danli o’g’itlarni birgalikda qo’llash juda yuqori samara beradi. Go’ngni yillik me’yorini xammasi, fosforli va kaliyli o’g’itlarning yarmi yerni haydash oldidan solinadi. Gektariga 25 –30 kg azot va fosfor ekish bilan, qolgan qismi ikki marta oziqlantirish sifatida 8 –10 barglar hosil bo’lganda va shonalash fazalarida solinadi. Tolali zig’ir – tolasi va urug’i uchun ekiladi. Uning tolasidan xaltalar, texnik, qoplama materiallar, brezent las va boshqa to’qimachilik mahsulotlari tayyorlanadi. Zig’ir tolasi paxta tolasidan chirishga ikki barobar chidamli. Uni kimyoviy tolalar bilan qo’shib ishlatish juda qulay. Tolali zig’ir poyasida 20-30 % lub tolalari saqlanadi. Urug’larida 35-42 % yaxshi quriydigan moy mavjud. Zig’ir moyi bo’yoq, qog’oz, elektrotexnika, medisina, parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Kunjarasida 30-35 % oqsil, 32 % gacha hazmlanadigan azotsiz ekstraktlanadigan moddalar saqlanadi va u chorva mollari, ayniqsa, burdoqiga boqilayotgan qoramollar uchun yaxshi konsentratlangan oziqa hisoblanadi. Uning kunjarasida 1,2 o.b. va 280 g hazmlanadigan protein saqlanadi. Zig’ir urug’i medisinada, veterinarida keng qo’llaniladi. Tolali zig’ir hosilining 70-80 % zig’ir poxoli, 10-20 % (urug’ urug’lik ekinzorlarda 30 %) va 10-15 % to’pon tashkil qiladi. Tarixi. Tolali zig’ir Hindiston va Xitoy, Misr, Kavkaz ortining tog’li viloyatlarida eramizdan 4-5 ming yil muqaddam ekib boshlangan. Botanik ta’rifi. Zig’irning 2000 turi ma’lum, shundan 45 turi hamdo’stlik mamlakatlari hududida uchraydi. Ulardan ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgani bitta Linum usitatissianum L - oddiy, madaniy zig’ir. Oilasi Linaseae (zig’irdoshlar). Oddiy zigir 5 kenja turga bo’linadi, ulardan uchtasi ahamiyatga ega. 1) O’rta yer dengizi kenja turi – Subsp. meditirranium vav. et. ell. O’simlik past bo’yli (50 sm gacha). Gullari, ko’saklari va urug’lari yirik. 1000 urug’ vazni 10-13 g. O’rta yer dengizi mamlakatlarida ekiladi. 2) Oraliq kenja tur – Subsp. transitorium ell. O’simlik bo’yi o’rtacha 50-60 sm. Gullari, ko’saklari va urug’lari o’rtacha kattalikda, 1000 urug’ vazni 6-9 g. Moyli ekin sifatida Ukraina, Qirim, Kavkazorti, Qozog’istonda tarqalgan. 3) yevrosiyo kenja turi – Subsp.eurasiatisum vav. et. ell. O’simlikni shoxlanishi va balandligi turlicha. Gul, ko’sak va urug’lari mayda. 1000 dona urug’ vazni 3-5 g. eng keng tarqalgan madaniy kenja tur. yevropa va Osiyoda ko’p ekiladi. Evrosiyo kenja turi, 4 guruhdagi turxillarga bo’linadi. Ulardan quyidagilar ahamiyatli: Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling