1. Tolali zig’ir (v. elongata), asosan tolasi uchun ekilgan. Poyasining bo’yi 60-175 sm, faqat yuqori qismidan shoxlanadi. Ko’saklari 2-3 ta, o’rtacha 8-10. Poyasining mahsuldor qismi, urug’ palla joylashgan joydan to’pgul hosil qiladigan birinchi shoxgacha. Poyaning bu qismidan eng qimmatli tola (26-31 %) olinadi. Rangi och yashil yoki ko’k yashil. Barglari lansetsimon, bandsiz. Gullari to’g’ri, beshtalik tipda ko’k, pushti yoki oq rangli tojbarglari bor. CHangchilari to’q sariq yoki sariq, urug’chisi beshta uyali tuguncha, beshta ustunchasi bor.
Mevasi besh uyali ko’sak, har bir uya yana ikkiga bo’linadi, har bir uyada bittadan urug’ joylashgan.
Urug’liklar yassi, tuxumsimon shaklda, qo’ng’ir yoki jigarrang. Ildiz tizimi kuchsiz va mayda yon ildizlardan iborat, tuproqni haydalma qatlamida asosiy massasi joylashgan.
Tolali zig’ir mu’tadil, sernam, yumshoq iqlimga ega mintaqalarda ekiladi. 1000 urug’ massasi 3-6 g. Urug’lar ko’karayotganda o’z vazniga nisbatan 100-180 % suvni yutadi.
2. Oraliq zig’ir (v. intermedia) – asosan urug’i va moyi uchun ekiladi. Moyli zig’ir va tolali zigir o’rtasida oraliq holatga ega. Poyasining bo’yi 55-65 sm, 1-2 poya hosil qiladi. Ko’saklar soni 15-25. Tola uzunligi va sifati bo’yicha tolali zig’irdan keyin turadi. Tolani chiqishi 16-18 %.
3. Moyli zig’ir (v. brevimultsaula). Past bo’yli (30-50 sm), Markaziy Osiyo va Kavkazortida, xususan O’zbekistonda ko’p ekiladi. Poyasining balandligi 30-45 sm, shoxlanuvchan, bitta o’simlikda 35-50 ko’sak hosil qiladi. Urug’i uchun ekiladi. Urug’ida moy miqdori 35-45 %. Tolalari qisqa, sifati past. Serquyosh, quruq, issiq sharoitda yaxshi o’sadi.
4. YOtib o’suvchi zig’ir (v. prostrata). Poyalari gullaguncha yotib o’sadi. Gullashni boshlanishi bilan poyalar ko’tarilib boshlaydi va 100 sm balandlikka yetadi. Kavkazortida kichik maydonlarda ekiladi.
Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Tolali zig’ir urug’lari 2-5 0S ko’karib boshlaydi, maysalari 3-5 0S sovuqqa chidaydi. Harorat 18-22 0S yuqori bo’lsa va kun davomida keskin o’zgarib tursa tolali zig’ir yomon o’sadi. Faol harorat yig’indisi, o’suv davrida 1000-1300 0S talab qilinadi. O’suv davri 70-100 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |