Tolali ekinlar biologiyasi
Download 106 Kb.
|
tolali ekinlar biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziqa moddalarga talabi.
- Kanopning o’sish xususiyatlari.
- Kanopni yetishtirish texnologiyasi
Tuproqqa talabi. O’zbekistonda kanop unumdor tuproqlarda, daryo sohillarida bo’z, o’tloq, o’tloq-bo’z tuproqlarda ekiladi. SHo’r, qumoq, botqoqlashgan, toshloq tuproqlarda u yaxshi o’smaydi. SHo’rtob tuproqlar kanop uchun yaroqsiz.
O’suv davri 120-160 kun. Oziqa moddalarga talabi. Kanop gektaridan 180-200 s poya berishi uchun tuproqdan ko’p oziqa elementlarini o’zlashtiradi. Kanop fosforni azotga nisbatan besh barobar kam o’zlashtiradi. U 1 t poya va shunga muvofiq barglar hosil qilish uchun tuproqdan14 kg azot, 2,5 kg fosfor o’zlashtiradi. Kanop ma’danli va organik o’g’itlarni solishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’danli va organik o’g’itlarni bir vaqtda qo’llash eng yuqori natija beradi. Kanopning o’sish xususiyatlari. Kanop o’sish davrining dastlabki 30-45 kunida juda sekin o’sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi. Keyin uning yer ustki massasi tez, bir kunda 6-10 sm o’sadi. ensiz, lansetsimon bargning hosil bo’lishi bilan poyaning o’sishi deyarli to’xtaydi. Dastlabki rivojlanish davrida poyalar sekin o’sganda uni begona o’tlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Kanopning gullash davri davomli 6 haftagacha davom etadi. Har kuni 1-2 gul ochiladi. O’zbekiston sharoitida barg qo’ltiqlaridan ikkilamchi, uchlamchi gullar ham hosil bo’ladi va bunday holda bir kunda 5-7 gul ochiladi. Kanop o’zidan changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi mumkin. Gullar odatda ertalab ochiladi. Havo bulutli bo’lsa gullarni ochilishi kechikadi. Gullar ochiq havoda kam bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida so’liydi va yopiladi. Gullash davri cho’zilganligi uchun ko’saklar va urug’larning pishishi uzoq davom etadi. Pastda joylashgan ko’saklarda urug’ pishganda poyaning yuqori qismida gullash davom etadi. Texnikaviy yetilishi 110-130 kunda, biologik yetilish (urug’ni pishishi) 130-150 kunda kuzatiladi. Kanopni yetishtirish texnologiyasi. O’zbekistonda kanopni Uzbekskiy 1972, Uzbekskiy 2142, O’zbekiston 2225 navlari ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Kanop texnikaviy ekin, o’tmishdoshlarga talabchan. Kanop uchun kuzgi boshoqli don ekinlari, beda, dukkakli don ekinlari, makkajo’xori, sabzavot ekinlari yaxshi o’tmishdosh. Kanopdan keyin dala begona o’tlardan toza, tuprog’i yumshoq holda qolganligi uchun u boshoqli don, sabzavot, poliz ekinlari uchun yaxshi o’tmishdosh. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling