5-mashg’ulot. Ochiq yer uchun sabzavot ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasi


Download 67.97 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi67.97 Kb.
#1300548
  1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot


5-mashg’ulot. Ochiq yer uchun sabzavot ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasi.


Ishning maqsadi: Talabalarning sabzavot ekinlar biologiyasi va o’stirish texnologiyasiga oid bilimlarini mustahkamlash hamda sab­zavot ekinlar yetishtirish va hosilini yig’ish bo’yicha texnolo­gik xa­rita tuzish qoidalarini o’rgatish.
Materiallar va jihozlar:
1. Qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot etishtirish bo’yicha namunaviy texnologik kartalar (2011-2015 yillar uchun, 2-qism). T., O’zQSXV, 2011.
2. O’zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlarining davlat reestri. T., 2011.
Asosiy tushunchalar: Sabzavot ekinlaridan yuqori va muttasil hosil olish ko’p jihatdan xo’jalikda qo’llaniladigan, ilmiy asos­lan­gan agrotexnik tadbirlar tizimiga bog’liqdir. Bunda erni tay­yorlash, ekish va ko’chat o’tqazish usullari va muddatlari, urug’lik ma­terialni tayyorlash, o’simliklarni parvarishlash, shuningdek, sug’orish va o’g’itlarni qo’llash kabi agronomiya usullari ayniqsa muhimdir.
Etuk agronom har bir sabzavot ekinini muayyan tuproq-iqlim sha­roitida etishtirish texnologiyasini hamda har qaysi agrotexno­logik tadbirning muntazam bajarilishini yaxshi tasavvur etmog’i lozim. Bu borada unga texnologik xarita yordam berib, u eng kam mehnat va mab­lag’ sarflab, mo’l va muttasil hosil olishni ta`min­laydigan barcha ishlarni o’z ichiga oladi. Unda har bir agrotad­birni bajarish mud­dati, uni amalga oshirishda ishlatiladigan mashina­lar, qurollar va materiallar ko’rsatiladi.
Ishning sifat ko’rsatkichlari texnologik xaritaning g’oyat muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun unda urug’ sarflash me`yorlari, so­linadigan o’g’itlarning me`yorlari hamda ishlatila­digan zaharli xi­mikatlar va boshqa normativlar aks ettirilishi kerak. Texnolo­gik xaritadagi agrotexnik tadbirlar tizimi muayyan iqlim sharo­itla­rini, tuproq tiplarini, o’tmishdosh ekinlarni va hokazolarni hisobga olgan holda tuziladi. Shuning uchun ham har bir sabzavot ekinini etishtirish texnologik xaritasini tuzish uchun quyidagi ma`lumotlar bo’lishi shart:
- qanday iqlim mintaqasi uchun xarita tuziladi;
- tuproq tipi va sizot suvlarning chuqurligi;
- qanday mahsulot etishtiriladi (ertagi mahsulot, yangiligicha is­te`mol qilinadigani, uzoq saqlanadigan, qayta ishlanadigan, urug’lik va hokazolar);
- eng istiqbolli navlar;
- muayyan mintaqa uchun xos bo’lgan agrotexnik tadbirlarni baja­rish taxminiy muddatlari;
- urug’lik material sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar;
- ekish va ko’chat o’tqazish usullari, o’simliklarni joylashtirish sxe­malari;
- urug’, o’g’it, gerbitsid va zaharli ximikatlarni sarflash me`yor­lari;
- sug’orish va mavsumiy sug’orish me`yorlari;
- foydalaniladigan traktorlar, transport vositalari, mashinalar va qurollarning markalari;
- qo’lda bajariladigan ishlarning me`yorlari.
Yuqori sifatli hosil olish uchun shu sharoitga monand rayon­lash­tirilgan navlarni to’g’ri tanlash muhimdir. ertagi mahsulot etishti­rishda eng tezpishar navlardan foydalanish shart. Odatda­gicha o’rta muddatlarda etiladigan va yangiligicha iste`mol qilinadigan mahsulot o’stirilganda chiroyli shaklli va rangli, juda ma`zali na­vlar tanlanadi. Agar mahsulot uzoq joylarga ta­shiladigan bo’lsa, u transportda tashishga mos keladigan va tovar sifatini uzoq saqlaydigan bo’lishi kerak. Agar konserva sanoati uchun xom ashyo si­fatida xizmat qiladigan mahsulot o’stiriladigan bo’lsa, unda tarki­bida quruq moddalar ko’p bo’ladigan navlar tanla­nadi. Qishda saqlash uchun kechki, uzoq turadigan navlarni ekish maqsadga muvofiqdir.
Texnologik xaritada shudgor ariq, shudgor marzalarni tekis­lash­dan iborat kuzgi ishlar, bahorda esa barcha maydonlarni tekis­lash ham ko’zda tutilishi kerak. Maydonlarning 50% i yer haydash oldidan te­kislanadi, sug’orish rejalashtiriladi.
Yozda ildizmevalilar va piyoz ekishdan oldin albatta provoka­tsion sug’orish kerak. Buning natijasida begona o’tlarning urug’i unib chiqishiga va maysalarning hosil bo’lishiga yordam beradi. Shundan keyin yoppasiga kul’tivatsiya qilinadi, bunda begona o’tlar yo’qoladi va dalalar begona o’tlardan tozalanadi. Texnologik xari­tada, o’suv davrida erni ishlash ham ko’zda tutilishi lozim. Qator oralarini kul’tivatsiyalash va sug’orish egatlari olish, maysa paydo bo’lgunga qadar va maysalash davrida paykalni turli boronalar bi­lan borona­lash rejalashtiriladi.
Turli xil o’g’itlarni solish muddatlari va usullari, shunin­gdek, ularning me`yorlari o’stiriladigan ekinlarning biologik xususi­yat­lari, tuproq sharoiti va o’tmishdosh ekinlarni hisobga olgan holda rejalashtiriladi.

Download 67.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling