5-mashg’ulot. Ochiq yer uchun sabzavot ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasi


Download 67.97 Kb.
bet2/3
Sana27.03.2023
Hajmi67.97 Kb.
#1300548
1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

31-jadval
Organik va mineral o’g’itlarning ekvivalentliligi
(V.I.Zuev va boshqalar, 1983)

O’g’itlar

Organik o’g’itlarning 1 tonnasi

Oziq moddalar
miqdori, kg

Mineral o’g’itlardagi oziq moddalarning o’rnini bosadi, kg

N

P2O5

K2O

N

P2O5

K2O

Qoramol go’ngi

5

2,5

6

2

4

5

Chirindi

7,5

4

6

3

6

6

Parranda axlati (50 % suv)

1,8

16

7

10

25

9

Fekaliy

5

2

1

4

3

1



Ekish muddatlari o’simliklarning issiqqa talabi va o’suv dav­rini hisobga olgan holda rejalashtiriladi. O’suv davri uzoq da­vom etadi­gan, sovuqqa chidamli ekinlar kuzda (dekabrda) hamda erta bahorda (fevral oxiri martda) ekiladi. O’suv davri qisqa bo’lgan sovuqqa chi­damli ekinlar kech kuzda, erta bahorda va yoz (iyun-iyul)da ekiladi. O’suv davri uzoq davom etadigan issiqsevar ekinlar bahorda va yozda ekiladi. Bundan tashqari piyoz, sarimsoq va ko’kat ekinlar uchun yoz oxiri va kuzgi ekish muddatlari (avgust-sentyabr) ham tanlanadi.
Sabzavot ekinlarini o’tqazish va ekish sxemalari ayrim ekin va navlarning, ularning er usti va er osti organlarining katta-kichikligiga, qator oralarini ishlashni hamda hosil yig’ishtirishni mexanizatsiyalashtirishga qarab belgilanadi.
O’rta Osiyo sharoitida sabzavot ekinlari va kartoshkadan yuqori hosil olishga imkon beradigan hal qiluvchi omil sug’orish hisoblanadi. Shuning uchun ham sug’orishlarni to’g’ri taqsimlash, sug’orish me`yorlari va usullari texnologik xaritada bo’lishi lo­zim. Kechki bahor muddatlarida ekish va ko’chat o’tqazish vaqtida sug’orish rejimi rejalashtirilgan urug’ va undirish suvini berish, undi­rishni hisobga olish lozim. Sug’orishlar o’rtasidagi davrning da­vom eti­shini ekinlarning biologik xususiyatlariga, sizot suv sathininng chuqurligiga, o’stirish muddatlari va hokazolarga qarab belgilanadi.
Ko’chatlar tutayotganida va urug’lar unib chiqayotganida, vegetativ organlar tez o’sayotganida hamda meva tugish davrida sabzavot ekinlarida suvga talab ancha ortadi.
Ildiz tarqalgan qatlam nam olib turishi mumkin bo’lgan sizot suvlar yaqin joylashgan uchastkalar, sizot suvlar sathi chuqur erlarga qaraganda kam sug’oriladi.
Erta bahorgi ekinlar aksari kuz-qish yog’ingarchiliklari davrida to’plangan nam zapasi hisobiga maysalaydi. erta bahorda ekiladi­gan ekinlarni odatda aprelda sug’oriladi. Dastlab ular kam sug’oriladi, harorat ko’tarila boshlashi bilan tez-tez suv beriladi.
Kech bahor va yoz mavsumida ko’chatlar tutib ketishi uchun undi­rish va urug’ suvi beriladi. O’suv davrida iyun-avgustda tez-tez sug’oriladi. Yozgi ekinlar sentyabr-oktyabrda kam sug’oriladi, hosilni yig’ishdan ikki-uch hafta oldin sug’orish to’xtatiladi.
Texnologik xaritada muayyan ekin o’stiriladigan har bir gektarga va barcha maydonga ketadigan mehnat va mablag’ hisobi ham ko’rsatiladi
Vazifa:
1. Sabzavot ekinlari etishtirish va yig’ishtirish bo’yicha texno­lo­gik xaritalarni mustaqil foydalana olish uchun asosiy qoidalarini yod olish. Bundan tashqari sabzavotchilikda ishlatila­digan asosiy ma­shina va qurollarning markalarini, ish unumdor­li­gini, har gektarga sarflanadigan mehnat va mablag’ sarflarini aniqlab olishlari, 1ts mahsulot tannarxini belgilay oladigan bo’lishlari lozim.
2. Asosiy ekinlarning istiqbolli texnologik xaritalari bi­lan tanishib, mustaqil ravishda har bir ekin bo’yicha 8-10 tadan kam bo’lmagan agrotadbirni o’z ichiga olgan texnologik xaritalar tuzish uchun quyidagi 33-jadval shaklini chizib olish tavsiya eti­ladi.

Download 67.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling