FunBox xizmati doirasidagi «Tanishib ol – Uchrash – Oshiq bo‘l va Planshet yutib ol!» Aksiyasini o‘tkazish reglamenti Mazkur reglament«Tanishib ol – Uchrash – Oshiq bo‘l va Planshet yutib ol!»
Download 26.98 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashhur bo ‘ lvaplanshetyutib ol »
- 2. Aksiya ishtirokchilari
- 3. Aksiyada ishtirok etish qoidalari
- 6. Cheklovlar
- 7. Yakuniy qoidalar
FunBox xizmati doirasidagi «Tanishib ol – Uchrash – Oshiq bo‘l va Planshet yutib ol!» Aksiyasini o‘tkazish reglamenti Mazkur reglament«Tanishib ol – Uchrash – Oshiq bo‘l va Planshet yutib ol!» aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish tartibiga aniqlik kiritadi
1.1 Aksiyaningrasmiy nomi: « Mashhur bo ‘ lvaplanshetyutib ol » (bundan keyin matnda Aksiya deb yuritiladi). 1.2 Aksiyatashkilotchisi «EmotionTrading» MChJ hisoblanadi. 1.3 Aksiyaning o‘tkazilish davri: 20.10.2015 dan20.11.2015 gacha (tanlovning yakunlanishvaqti – 23:59:59). 1.4 Aksiya «COSCOM» MChJ XKmobil uyali aloqa Operatori (Ucell savdo belgisi) abonentlari (matnda – «Abonentlar») orasida o‘tkaziladi. 1.5 Aksiyalotereya yoki tavakkalga asoslangan boshqa turdagi qimor o‘yini bo‘lmasdan, reklama maqsadlarida o‘tkaziladi. 1.6 Aksiyada ishtirok etish uchun Abonentlar «FanBoks» portalidagi «Tanishuvlar» xizmatiga obuna bo‘lishi yoki unda amaldagi obunasi mavjud bo‘lishi lozim. 1.7 Aksiyada ishtirok etish o‘z ovozli anketasini foydalanuvchilarga qoldirish va unga kiruvchi ovozli xabarlarni qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1.8 «Tanishuvlar» xizmatiga obuna bo‘lish uchun qisqa raqam – «7007». 1.9 «Tanishuvlar» xizmatiga obuna narxi har bir Abonent uchun sutkasiga 5 sentni (QQS bilan) tashkil etadi. 1.10 Aksiyada ishtirok etishi Abonentning mazkur Reglamentning barcha qoidalari bilan tanishganligi, tegishli tarzda tushunganligi va ularga roziligini tasdiqlaydi.
2.1 Aksiyaning yakunlanish paytigacha bo‘lgan (o‘sha kuni ham kiradi) muddatda 18 va undan yuqori yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashaydigan jismoniy shaxslar– aloqa xizmatini ko‘rsatish haqida tuzilgan shartnoma asosida «COSCOM» MChJ XKning amaldagi Abonentlari Aksiyaning ishtirokchilari bo‘la oladilar. 2.2 Aksiyada «COSCOM» MChJ XK kompaniyasining xodimlari hamda «Emotion Trading» MChJ kompaniyasiningxodimlari ishtirok eta olmaydilar. Eslatma: Mazkur Reglamentning 2.1 va 2.2-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob bera olmaydiganshaxs Aksiya g‘olibi, deb tan olinishi mumkin emas.
3.1 Aksiyadaishtiroketishga qaror qilganAbonentning «Tanishuvlar» xizmatida amaldagi obunasi mavjud bo‘lishi yoki u «Tanishuvlar» xizmatiga yangidan obuna bo‘lishi lozim va bu bilan u o‘zining Aksiyada ishtirokchi sifatida ishtirok etishga roziligini ifodalaydi. 3.2 «Tanishuvlar» xizmatidagi o‘z ovozli anketasiga eng ko‘p miqdorda ovozli xabarlarni qabul qilgan eng faol ishtirokchilar Aksiya g‘olibi bo‘ladilar. 3.3 Aksiya doirasida yuboriladigan ovozli xabarlar tarkibida urushni, terrorizmni, zo‘ravonlikni, milliy ustunlikni va diniy nafratni, irqchilik va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) targ‘ib qiluvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni va qadr- qimmatini kamsituvchi axborotlar bo‘lmasligi lozim. 3.4 Ishtirokchi istalgan paytda Aksiyadagi ishtirokini to‘xtatishga haqli. Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortish uchun abonent quyidagi yo‘llardan biri orqali «Tanishuvlar» bo‘limiga obunasini bekor qilishi lozim: - «Fan Boks» xizmatining 7007 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va xizmat Bosh menyusida «Obunalarni boshqarish» bandini tanlash hamda avtoinformator ko‘rsatmasiga amal qilgan holda xizmatni bekor qilish; - 7007 raqamiga «1» yoki «Stop»so‘zlaridan birini SMS-xabar tarzida yuborish. 3.5 Aksiyada ishtirok etuvchi har birabonent o‘z-o‘zidan Tashkilotchining so‘roviga ko‘ra Operator tomonidan shaxsiy ma’lumotlari (FIO) taqdim etilishiga o‘zining roziligini bergan hisoblanadi.
4.1 Aksiyaning barcha Ishtirokchilari mobil uyali aloqa telefoni raqami bo‘yicha identifikatsiya qilinadi. 4.2 Aksiyaning g‘olibini aniqlash uchun Tashkilotchi har bir Ishtirokchining mobil telefon raqamini, Aksiya o‘tkazilishi davrida har bir Ishtirokchi olgan ovozli xabarlar sonini qayd etib boradi.
4.3Aksiya yakunlanishi bilan Ishtirokchilar orasida natijalar hisob-kitobi o‘tkaziladi va uning yakunlariga ko‘ra Aksiya g‘oliblari aniqlanadi. Aksiya o‘tkazilishi davrida «Tanishuvlar» xizmati doirasida eng ko‘p miqdorda ovozli xabar olgan 30 nafar Ishtirokchi Aksiyag‘oliblari bo‘ladilar. 4.4Aksiya sovrin jamg‘armasi - 2 donaSamsungGalaxyTab 4 10.0 plansheti - 4 dona SamsungGalaxyTab 4 7.0 plansheti - 24 donaGalaxystarplusmobil telefonlari 4.5 Aksiya sovrinlari«Ayollar» kategoriyasidagi eng faol 15 (o‘n besh) nafar Ishtirokchiga va«Erkaklar» kategoriyasidagi eng faol 15 (o‘n besh) nafar Ishtirokchiga, ya’ni, o‘z ovozli anketalariga eng ko‘p miqdordagi kiruvchi xabarlarni olgan Ishtirokchilarga topshiriladi.
5.1 Aksiya yakunlanganidan keyingi 7 (yetti) ish kuni mobaynida, «Emotion Trading» MChJ g‘oliblarga SMS-xabar yuborish yo‘li bilan uning Aksiya g‘olibi bo‘lganligi haqida Ishtirokchiga xabar beradi. 5.3 Aksiya g‘oliblariga barcha sovrinlar Aksiya yakunlanganidan keyingi 45 (qirq besh) kalendarkuni davomida topshiriladi. 5.4 Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni topshirish joyi –«Emotion Trading» MChJ,Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 17 a. 5.5 Aksiya g‘olibiga sovrin, o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport)ni, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tganligi va soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini olganligi haqidagi Guvohnomasini taqdim etgach, u taqdim etgan abonent raqami Aksiya natijalariga ko‘ra Aksiya g‘olibi sifatida belgilangan abonent raqamiga mosligi aniqlanganidan so‘ng topshiriladi. 5.6 Sovrinni topshirishda G‘olib va Tashkilotchi Sovrinni qabul qilish va topshirish Dalolatnomasini 2 nusxada imzolaydilar. Agar G‘olib Dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, uning g‘alabasi bekor qilinadi, sovrin topshirilmaydi. 5.7 Sovrinni olish huquqining boshqa shaxsga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 5.8 Topshiriladigan sovrin qiymatining pulli ekvivalentini to‘lash amalga oshirilmaydi. 5.9 Topshirilgan Sovrinlarqaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi.
5.10 Aksiya yakunlanganidan keyingi 45 (qirq besh) kalendar kuni davomidatalab qilib olinmagan sovrinlar kelgusida «Emotion Trading» MChJ ixtiyorida qoladi. 5.11 Soliq kodeksining 184-moddasiga binoan, jismoniy shaxslarning daromadlari uchun soliqni Aksiya Tashkilotchisi buyum ko‘rinishidagi sovrinlarning qiymatidan mustaqil ushlab qoladi va to‘laydi.
6.1 O‘yinda «Tanishuvlar» xizmatida telefon apparatlari orqali, boshqa biror qo‘shimcha texnika vositalari qo‘llamasdan yuborilgan/qabul qilinganovozli xabarlar ishtirok etadi. Tashkilotchi shu kabi boshqa texnika vositalari qo‘llaganlikda gumon qilingan Aksiya Ishtirokchilarining natijalarini hisobga olmaslik/bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 6.2 Aksiyadafaqat «Tanishuvlar» xizmatining faol Abonentlari ishtirok etadilar. 6.3 Aksiyadafaqat Aksiyaning yakunlanish paytigacha bo‘lgan (o‘sha kuni ham kiradi) muddatda 18 yoshga to‘lib bo‘lgan Abonentlar ishtirok etishlari mumkin.
7.1 Aksiyadaishtirok eta boshlashi Abonentning mazkur Reglament qoidalarini qabul qilganligi va ularga rozi ekanligini, shuningdek, ularga rioya etishga majburligini hamda xizmatdan bunday foydalanishning barcha natijalari hamda Qoidalardan chekinish uchun to‘liq mas’uliyatni mustaqil holda o‘z zimmasiga olganligini anglatadi. 7.2 Ishtirokchi tomonidan mazkur Aksiyada ishtirok etish Qoidalari buzilishi hollarida, Tashkilotchi Ishtirokchining Aksiyadagi natijalarini bekor qilish haqida qaror chiqarish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 7.3 Aksiya Tashkilotchisi haqidagi ma’lumotlarni 998712444293 telefon raqami orqali olish mumkin. 7.4 Aksiya Tashkilotchisi «Emotion Trading» MChJ Kompaniyasi hisoblanadi. Bulardan tashqari, Aksiya Tashkilotchisi o‘zining ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar tufayli yuzaga kelgan Aksiya ishidagi uzilishlar va/yoki uning muddatidan oldin to‘xtatilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Download 26.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling