Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot


Download 154.2 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi154.2 Kb.
#1269252
  1   2   3
Bog'liq
Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot-fayllar.org


Arab imlosining xat turlari

Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot

Qadimiy Finikiya xalqi va Livan tog‘larida yashovchi xalqlar asosan tijorat bilan shug‘ullanganlar. Shuning natijasida ular Misr davlatiga tez-tez borib turardilar. Ular qadimgi misr yozuvidan 15 ta harfni o‘z o‘lkalariga olib kelib, unga shakl jihatdan o‘zgartirish kiritib, yana boshqa harflar qo‘shib finikiy alfavitini tuzib chiqadilar (er.av. VII asrdan boshlab) keyinchalik esa bu xatdan ikki tarmoq ajralib chiqdi:

1. Musnad (ximyoriylar yozuvi).

2. Oromiy yozuvi.

Oromiy va musnad yozuvi – Arabiston yarim orolining janubida yashovchi somiy xalqining yozuvidir. Uning shoxobchalari esa samudiy, safaviy, laxyoniy yozuvlaridir. Keyinchalik bu yozuvlar tez rivojlanib Arabiston yarim orolining shimoliy qismiga tarqaldi. Bu yozuv eramizning II-III asrlarida Suriya, Iordaniya, Iroq davlatlarigacha yetib bordi. Eramizning III asri, ya’ni melodiy 270 yilda nabotiy yozuvi vujudga keldi (eramizning III asridan to V-VI asrgacha). Nabotiy yozuvi asosida bir qancha yozuvlar – xiriy, hijoziy va boshqalar yuzaga keldi va tarqala boshladi.

Ma’lumki, VII asrda arablar Eron, O‘rta Osiyo va ularga qo‘shni bo‘lgan bir necha mamlakatlarni zabt etadilar. VII asrning oxiriga kelib yerli xalqlar arab tilida diniy, falsafiy hamda huquq va adabiyotga, meditsinaga oid kitoblar yoza boshlaydilar. Ilmiy va adabiy kitoblarni boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish keng avj oladi. O‘qishlar arab tilida olib boriladi. Yozuvda arab alifbosi mustahkam o‘rnashib oladi. Arablar O‘rta Osiyo va Eron xalqllariga o‘z til va madaniyatlarini yoyishga va bu xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik jon-jahdlari bilan harakat qilmasinlar, O‘rta Osiyo va Eron xalqlari doimo o‘z davlat va til mustaqilligi uchun kurashib keldilar va o‘z til asoslarini saqlab qoldilar.

Shu kabi tarixiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi O‘rta Osiyo xalqlarining yozuvi hisoblangan. Arablar kelgandan keyin bu yerda ham islom dini tarqala boshlandi. Islom dini bilan birga asta-sekin arab tili, madaniyati, shu bilan bir qatorda yozuvi ham kirib keldi. Mahalliy yozuvlar siqib chiqarilgan bo‘lsa-da, bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga O‘rta Osiyo xalqlarining yozuvlari (Uyg‘ur yozuvi) ishlatlganligi ma’lum. Shunday qilib, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida VIII asrdan boshlab arab yozuvi asosiy yozuv sifatida qo‘llanila boshladi. Bu o‘lkalarda arab yozuvi hukmron yozuv bo‘lib, barcha rasm-rusmlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar arab yozuvi asosida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Fan va madaniyat, adabiyot va san’at, o‘qish va o‘qitish ishlari ham arab tili va yozuvi negizida amalga oshiriladigan bo‘lib qoldi.


Download 154.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling