Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot


Download 154.2 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi154.2 Kb.
#1269252
1   2   3
Bog'liq
Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot-fayllar.org

Arab yozuvi o‘zbek tili xususiyatlariga ko‘p jihatdan muvofiq kelmas edi. Uyg‘ur yozuvi bilan arab yozuvining yo‘nalishi bir xil, ammo uyg‘ur yozuvida 18 ta harf bo‘lsa, arab yozuvida 28 harf bo‘lgan. Forsiy tillarga ham muvofiq kelmaydigan o‘rinlar mavjudligi sabab, arab alifbosiga 4ta harf (pe, chim, gof, dje) qo‘shiladi, shundan so‘ng 32 harfdan iborat arab alifbosi yuzaga keladi. O‘zbek tilidagi barcha tovushlarni qamrab olish maqsadida, ana shu 32 harflik alifbodan foydalanib kelinadi. Eramizning VII asridan boshlab «Xatti ma’qaliy» o‘rnini arab yozuvining eng qadimiysi va eng mashhuri hisoblangan «Xatti ko‘fiy» egallaydi.

Ko‘fa yozuvi – Ko‘fa shahri nomi bilan atalgan. Geometrik ko‘rinishdagi yozuv. Uning harakatlari va undoshlarning nuqtalari bo‘lmaydi. Qur’onning eng qadimgi qo‘lyozmalari ushbu yozuvda bitilgan. Usmon Mushafi deb nom olgan Qur’onning asl nusxalari ushbu ko‘fa yozuvida bitilgan. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida IX asrga oid Qur’on qo‘lyozmasi saqlanib kelmoqda. U qadimiy (Kufa) yozuvida bitilgan. Shu tariqa bu xat o‘zgarmay ishlatilib, adabiyotda «Usmon Qur’oni xati» deb mashhur bo‘ldi. Shu bilan birga abbosiylar davlatining (749-1258) ikkinchi yuz yilligigacha iste’molda bo‘ldi. So‘ngra (IX asr) abbosiylar vaziri Abu Ali Muhammad ibn Mukla kufa xatining o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi. Yozish qiyin bo‘lgan kufa xati hozirgi davrda ishlatiladigan arab xatiga ko‘chirildi.

Arab yozuvining dastlabki yozuv shakli «xatti ma’qaliy» bo‘lib, u tik chiziqlar bilan ifodalangan. Bu xat turi ancha vaqtgacha iste’molda bo‘lsa-da, keng shuhrat topmagan. VII asrdan boshlab bu xat o‘rnini eng mashhur xat turi hisoblangan «xatti ko‘fiy» egallagan. Ma’lum vaqt o‘tgach mana shu ikki xil xat asosida arab yozuvining san’atkorona yaratilgan boshqa turdagi yozuvlar 1. Ko‘fiy 2. Suls 3. Nasx 4. Muhaqqaq 5. Rayhoniy 6. Tavqe’ 7. Ta’liq 8. Riqo‘ va boshqalar.

Ko‘fiy xati (Ko‘fa//Kufa). Ko‘fiy xati arab xat uslubining dastlabki ko‘rinishlaridan bo‘lib, boshqa xat turlari ana shu xat shakli asosida yaratilgan. Mazkur xat turi Ko‘fa sharida yaratilganligi bois “Ko‘fiy xati” deb yurtilgan. Ko‘fa shahri VII asrda xalifa Umar davrida bunyod qilindan bo‘lsa-da, bu xat undan oldin ham amalda qo‘llanilganligini isbotlovchi dalillar mavjud. Ko‘fiy xati harflari to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘lishi bilan boshqa xat turlaridan farqlanadi. Mazkur xatning yaratilishini ba’zi ma’lumotlarda Ali ibn Abu Tolib shaxsiyatiga bog‘laydilar. Jumladan XVI asrning yirik xattoti Sulton Ali Mashhadiy oldingi arab manbalariga tayanib: “Murtazo (ya’ni Ali) kufiy xatiga asos solgan edi va uning taraqqiyoti va rivojlanishiga sababchi edi. Boshqa kashf etilgan barcha xatlar bilgilki ko‘fiy xatidir” deb yozadi. Bu fikrlar o‘z isbotini topmagan.


Download 154.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling