Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot


Download 154.2 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi154.2 Kb.
#1269252
1   2   3
Bog'liq
Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot-fayllar.org

Nasx xati. Nasx xat yozuvi ikkinchi xat turi sifatida ko‘fiy xati bilan bir davrda yuzaga kelgan. Ko‘pchilik “Nasx xati”ning ijodkori sifatida Ibn Muqla (888-940) degan shaxsni keltiradilar. Bu xat usuli tezlik bilan ommalashib, ko‘fiy xatini iste’moldan chiqardi va uning o‘rnini egalladi. Shuning uchun unga “nasx” nomini berdilar. Nasx so‘zining ma’nosi “yo‘q qilish”, “yo‘qotish”, “boshqa qilish”, “ko‘chirish” ma’nolarini ifodalaydi. “Nasx xati” chiroyli, o‘qishga ancha osonligi bilan ajralib turadi. Muhaqqaq xat uslubi. Bu uslub ko‘fiy xatidan paydo bo‘lgan. Muhaqqaq so‘zining asl ma’nosi “oshkor bo‘lgan”, “haq qaror topgan” demakdir. Ayrim lug‘atlarda uning ma’nosini “tushunarli” deb izohlanadi. Biror bir harfning “haqqi soqit bo‘lmagan” ya’ni, hafning biror bir elementi tushib qolmaganligi uchun “muhaqqaq” deyilga degan qarashlar ham mavjud. “Suls xati” paydo bo‘lgandan keyin bu xat o‘z o‘rnini unga berdi. Suls xat uslubi. Mazkur xat abbosiylar davrida taraqqiy qildi va rivojlandi. Bu davrda 35 xildan ortiq xat turlari mavjud bo‘lgan va har biri muayyan sohalarda qo‘llanilgan. Xat turlari uchun Ma’mun topshirig‘iga ko‘ra islohot o‘tkazilgan, ammo bu xatlardan namunalar oz miqdorda bizgacha yetib kelgan. “Suls” arabcha so‘z bo‘lib, “uchdan bir qism” deganidir. Ya’ni, bu usulda harf yozilishining uchdan bir qismi qiyshiq, burchakli va uchdan ikki qismi to‘gri va doira shaklida yozilishi nazarda tutiladi. Sulsning asosiy xususiyati ko‘pincha doira va davra shakliga moyilligidir. Arab xat turlari haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun ko‘pgina adabiyotlarga murojaat qilish lozim bo‘ladi. Mazkur xat turlari mazmun-mohiyati bilan turli o‘rinlarda qo‘llangan. Masalan, muhaqqaq ko‘proq she’r va qasidalarni yozishda qo‘llangan. Suls turli xat yo‘l-yo‘riqlarida hamda ilmiy ishlarda istifoda etilgan. Ko‘fiy xati ko‘proq masjid, madrasa va turli binolarning peshtoqlarini bezashda ishlatilgan. Rayhoniy va Nasx xatlarida asosan qissa va xabarlar yozilgan. Riqo xat uslubidan ko‘pincha maktublarni, Tavqe’dan esa asosan buyruq va farmonlarni yozishda foydalanilgan.


Download 154.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling