Muhabbatnoma


Download 129.31 Kb.
bet1/11
Sana01.04.2023
Hajmi129.31 Kb.
#1316863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhabbatnomaning tematik-g\'oyaviy xususiyatlari


MAVZU: "MUHABBATNOMA"NING TEMATIK-G'OYAVIY XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB TARIXIY DAVR, MADANIY HAYOT
1.1. “Muhabbatnoma”ning yaratilish davridagi ijtimoiy-siyosiy hayot va adabiy muhit
1.2 Nomachilikda an’ana va novatorlik masalasi
II BOB TADRIJIYLIK VA BADIIYAT
2.1. Ijtimoiy-falsafiy va g’oyaviy jihatlar
2.2. Badiiy-estetik xususiyatlar
2.3 Xоrazmiy – o`zbek adabiyotining atоqli namоyandalaridan biri. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Xorazmiy o’zbek dunyoviy adabiyotining yetuklik namoyandalaridan biridir. Adibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba o’z asari "Muhabbatnomadir". Adib bu asari bilan adabiyotimiz tarixida "Noma" janriga asos soldi. Keyinchalik bu asarga javob tariqasida " Latofatnoma", "Taashshuknoma , Daxnama kabi o’nlab namunalar yaratildi. SHoirning nomi bizga noma’lum bo’lib, "Xorazmiy" uning taxallusidir. Bu uning xorazmlik ekanligini ko’rsatadi. SHoir XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan. Xorazmiy yashagan XIII asrning boshlarida CHingizxon istilosining dahshatlaridan qutila boshlab, rivojlanish sari borayotgan davr edi. Uning yoshlik yillari Xorazmda o’tadi. Keyinchalik u SHarq mamlakatlariga sayohatga chiqib, turli xalqlarning hayoti bilan tanishadi, turli qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Xorazmiy Movarounnahr shaharlarida ham uzoq sayoxat qiladi. 1353 yilning oxirlarida Oltin O’rda xoni Jonibekning Sirdaryo muzofatidagi amaldorlardan biri Muhammadxojabek bilan tanishadi. U shoirtabiat kishi edi. Xorazmiy uning iltimosiga ko’ra "Muhabbatnama asarini yaratdi. Asar o’n bitta nomadan iborat bo’lib 4,8,11 nomalar fors-tojik tilida qolgan 8 tasi esa o’zbek tilida yozilgan. Asar nomalar (ishqiy shariy maktub) mas’naviy, g’azal qit’a, munojot, madhiya kabi janrlardan tashkil topgan bo’lub "noma"lar asarning ko’proq qismini tashkil etadi.Bu nomalarda shoir oshiqning ma’shuqaga bo’lgan intilishlarini fikr-o’ylarini, ma’shuqaning husnu jamolini tasvirlaydi. Visol ishtiyoqini, hijron iztiroblarini kuylaydi. Ko’pincha,sabo orqali unga salom yo’llaydi. Mas’naviy - esa soqiyga murojat qilib aytilgan she’rdir. U mas’naviy ya’ni ikkilik shaklida qofiyalanib keladi. Noma va mas’naviy o’rtasida g’azallar keltiradi. Asar ishqiy kechinma va tuygularni kuylovchi asardir. Unda oshiq va yor obrazi asosiy o’rinda turadi. . Ilohiy ishq va uni kuylash asarda yo’qdir. Asardagi oshiq o’z yorini har qanday pari, hur farishtalardan ortiq ko’radi. Bu yorsiz hatto jannatga borishni ham istamaydi. Ko’ngilga jondan ortiqroq keraksen, Pari yu hurdin ko’rkliroq sen, Farishta ko’rsa bo’lg’ay sizga moil, Sizingdek kimda bor shaklu shamoil, Sumansiz orazing guldir tikansiz, Menga duzax erur uchmoq-sensiz. "Muhabbatnoma" dagi yor (mashuqa) ana shunday beqiyos go’zallikka ega. Bu yorga bo’lgan oshiqning sadoqati esa undan ham ortiq. SHuning uchun ortiqki u yorini hech bir narsaga hech qachon almashmaydi. Asardagi har bir noma ana shunday oshiqning go’zallikda beqiyos yoriga yo’llagan she’riy maktublaridir. Bu maktublarda yorning beqiyos go’zalligi va shu yorga bo’lgan oshiqning ruhiy holati maktublarda zo’r mahorati bilan tasvirlanadi. Maktublardagi yor nihoyatda go’zal, husnu jamolini hech narsaga qiyoslab bo’lmaydi. Bu go’zalikka tashna oshiq tinimsiz unga qarab intiladi. Lekin go’zallikda yakto yor go’zal bo’lish bilan birga bevafo sitamkordir. O’z oshig’ini vasliga muyassar etishni sira xayoliga keltirmaydi. Bu ham oshiqning yuragiga o’t soladi. Oshiq va ma’shuq o’rtasidagi mana shu qarama-qarshilik maktublarga husun bag’ishlaydi. Ya’ni yor qanchalik nozlansa oshiq esa unga qarab yanada kuchliroq talpinadi umidsizlikka tushmaydi "uzun tunning so’ngida tong otishiga ishonadi". Mashuqaning beqiyos go’zalligi, nozu-karashmasi, oshiqning yorga qarab umid bilan tinimsiz talpinaverishi maktublarni uqigan kishining ko’nglida orziqish hissini uyg’otadi


Download 129.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling