Mavzu: temuriylar davrida markaziy osiyoda madaniyat va san`AT


Download 487.43 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi487.43 Kb.
#1621152
Bog'liq
Jahon svilizatsiyasi

MAVZU: TEMURIYLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA MADANIYAT VA SAN`AT

Reja:


MAVZU: TEMURIYLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA MADANIYAT VA SAN`AT

Reja:

  • Amir Temur davrida madaniyat.
  • Temuriylar davrida Ilm fan.
  • Temuriylar davrida badiiy adabiyot.

Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga e’tibor kuchaydi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq o‘tmishda yaratilgan madaniy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish dolzarb masalalar qatoriga qo‘yildi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday tarixiy shaxslardan biridir. 
Hazrat sohibqiron markazlashgan davlatga asos soldi, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va halqlarni birlashtirdi. Uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, temuriylar davri renesansiga asos solindi.
Temuriylar davri tomosha san’atlari, bayramlari to‘g‘risida ma’lumotlar va umumlashmalar ko‘plab saqlanib qolgan. Shu ma’noda Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-ahloq”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari qimmatlidir. Ayniqsa, an’anaviy teatr, raqs va sirk bo‘yicha ma’lumotlar umumlashma fikrlar va mo‘’jaz tadqiqotlar Alisher Navoiyning butun ijodi bo‘ylab sochilgan. Shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy va boshqalarning musiqa sa’natiga oid risolalarda raqs ritmi va usullari haqida ma’lumotlar, ilmiy mushohadalar uchraydi.
Shuningdek, o‘tmishda an’anaviy teatr, qo‘g‘irchoqbozlik, raqs, xalq sirki, qo‘shiqchilikning barcha shakllari, turlari “Tomosha” degan birgina istiloh bilan ifodalangan. Asli arabcha bu so‘z “Qarash, ko‘zdan kechirish” degan ma’nolarni anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasida uning ma’no doirasi juda keng bo‘lib, ko‘pchilikka mo‘ljallangan hamda ko‘ruvchi va tinglovchini quvontiradigan yoki qayg‘urtiradigan, ba’zan hatto jumbushga soladigan ijrolar, maydon ma’rakalari, marosimlar bilan bog‘liq namoyishlar va o‘yinlar – barchasi “Tomosha” deb yuritilgan. Turkiychada “O‘yin” atamasi ham ishlatilgan. Biroq uning qo‘llash doirasi haddan tashqari juda keng bo‘lib, ermak mashg‘ulotlar, badantarbiya va sportga aloqador sohalarni ham o‘z ichiga olgan.
Klavixoning elchilik vaqtlarida, ya’ni 1403-1406 yillar mobaynida Amir Temur ko‘l ostidagi mamlakat va shaharlarning umumiy ahvoli, aholining kun kechirishi, Temur va yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do‘konlar, ustaxonalar; temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O‘rda, Mo‘g‘iliston va boshqa mamlakatlar bilan bulgan savdo – sotiq va madaniy aloqalari; Amir Temur saroyida amalda bo‘lgan tartib – qoidalar va nihoyat Amir Temurning xotinlari hamda ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
Amir Temur va temuriylar davlatida turli bayramlar, sayillar, tomoshalar o‘tkazilib kelinganligi to‘g‘risida ko‘pgina ilmiy ma’lumotlar bor. Ma’rakalarda har toifa ijrochilar alohida – alohida tarabxona va xosxona san’atkorlarning aralash guruhlari o‘z mahoratlarini namoyish etishgan bo‘lsa, teatrlashgan sayillar va namoyishlarda minglab har xil ijrochilar qatnashgan va o‘zaro bellashgan.
Amir Temur Movarounnahrda ilgaritdan mavjud an’analarni davom ettirgan holda, o‘zining har bir g‘alabasini bayram, to‘y bilan nishonlagan. Har bir aziz mehmonni ziyofat va bazm bilan siylagan. Oilaviy marosimlarni ham sozanda, xonanda va raqqosu-raqqossalarsiz, umuman olganda o‘yinchilarning katta-katta guruhlarini jalb etgan xolda o‘tkazishni yoqtirgan. Uning davrida halq bayramlari juda ham keng ko‘lamda nishonlanganligini tarixiy manbalardan topishimiz mumkin.
Xususan, Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak ma'rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste'dodlar, ilmu urfon va din ahllari, me'moru hunarmandlarni parvarishlab o'stirish barobarida mam-lakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo'ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog'-rog'lar, masjid-u madra-salar, rabot-u karvonsaroylar, ko'priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir.
Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir.
Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda, dastavval, ona yurtimizda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi.
Bu davrning yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.
Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko'plab mo'yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizo-miyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 487.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling