Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги


Download 82 Kb.
bet1/8
Sana06.02.2023
Hajmi82 Kb.
#1169399
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-мавзу


5-Ma‘ruza: Dastlabki yog’ olish va ekstraktsiyalash.
Reja:
1. Presslash tsexida yanchilmani qayta ishlash.
1.1. Yanchilma namlanadigan shnek.
1.2. Inaktivator.
1.3. Mag’izni qovurish jarayoni.
1.4. Mag’izni yumshoq usulda qovurish.
1.5. Mag’izni qattiq usulda qovurish.
1.6. Mag’ini quruq usulda qovurish.
2. Qovurilgan mag’izdan yog’ olish.
2.1 Mezgani ekpeller (shnekli pressda) ezib yog’ olish.
2.2. Forpresslashda ishlatiladigan presslar.
3. Turli yog’li urug’lardan yog’ olish.
3.1 Kungaboqar.
3.2. Paxta yog’i olish.
3.3. Indov (raps) yog’i olish.
3.4. Loviya (soya)dan yog’ olish.
4. Ekstraktsiyalash.
4.1. Ektraktsiyalash nazariyasi.
Adabiyotlar: 8,9,10,11,12,13,14,15
Tayanch so’z va iboralar: forpress, ekstraktsiya, distillyatsiya, diffuziya inaktivator,ekspeller, mistsella, shrot.


1. Presslash tsexida yanchilmani qayta ishlash. Presslash tsexi yog’ ishlab chiqarish korxonasining eng muhim zvenosi hisoblanadi. Bu tsexga yanchilgan mahsulot shnek orqali keladi. U bu yerda dastlab issiqlik va suv ta‘sirida fizik-kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Bunday ta‘sir etishdan maqsad undan eng ko’p va sifatli yog’ olishdan iborat.
Issiqlik va suv ta‘sirida mag’izda qanday o’zgarishlar yuz beradi? Chigit tarkibida oqsil, moy, har xil pigmentlar (buyovchi moddalar) va gossipol - kolloid birikma bo’ladi. Ularning ko’p qismini oqsil moddalar tashkil etadi. Oqsillar kolloid tabiatli bo’lib, suvda bo’kadi, temperatura va organik erituvchilar ta‘sirida erimaydi. Chigit tarkibida 10 dan ortiq har xil aminokislotali oqsillar bo’lib, bulardan fenilalanin, letsitin, arginin va glikogol eng ko’p uchraydi.
Mag’iz tarkibidagi turli aminokislotalardan tuzilgan oqsil moddasi gel holatdagi molekulalar to’plamidan iborat bo’lib, suv ta‘sirida kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmada suv kolloid molekulalarning gidrat qobig’i shaklida molekulalar orasiga joylashadi. Shuning uchun suv ta‘sir etgan oqsillarda molekulalar to’plamining zichligi va mustahkamligi kamayadi. Agar shunday holatdagi oqsil issiqlik yoki biror fizik ta‘sirga uchrasa, u bilan tabiiy ravishda bog’langan yog’, qand, gossipol bezchalari va boshqa moddalar parchalanib, ajralib ketadi. Bu ta‘sirlar (ayniqsa suv va issiqlik) kuchaytirilsa, kimyoviy o’zgarishlar ham sodir bo’lishi mumkin.
Gidrotermik faktorlar chigit tarkibidagi oqsillarning sifat jihatdan o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki, suv va issiqlik ta‘sirida mag’izdagi oqsil molekulalari ichki o’zgarishlarga uchraydi, ya‘ni oqsillar suvda va ishqorda yaxshi eriydigan yoki butunlay erimaydigan holatga keladi. Bu hol kunjaraning oziqlik xususiyatiga salbiy ta‘sir etadi.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling