Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Yanchilma namlanadigan shnek (bug’latgich)
Download 82 Kb.
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Inaktivator.
- 1.3. Mag’izni qovurish jarayoni.
1.1 Yanchilma namlanadigan shnek (bug’latgich). Yanchilmadan eng ko’p yog’ olish uchun uni qovurishdan oldin namlash kerak. Namlanayotgan yanchilmaning temperaturasini 200 dan 50-600 gacha ko’tarish, namligini 11-12% ga yetkazish kerak.
Yanchilma uch xil usulda issiq yoki iliq suv bilan, bug’ aralash suv bilan, to’yingan bug’ bilan namlanadi. Bu jarayon qozonning yuqorisiga o’rnatilgan shnekda olib boriladi. Suv bilan namlash qolgan ikki usulga qaraganda ancha noqulay, chunki suv yanchilmagan bir tekis singmay uning ba‘zi joyi loy, ba‘zi joyi tugun (uchi quruq, usti hul) holda bo’lib qoladi. Bunda yanchilma qozonga tushganda yaxshi qovurilmaydi, tarkibidagi yog’i ham qiyinlik bilan ajraladi. Bug’ aralash suv yoki to’yingan bug’ bilan namlanganda esa yanchilma bir tekis namlanadi va harorati tez ko’tariladi. Yanchilma namlanadigan shnekning ichiga mayda teshikli truba o’rnatiladi, shu truba orqali suv yoki bug’ yuboriladi. Yanchilma shnekdan o’tayotganda namlanib isiydi, so’ng qozonga tushadi. Shnekning uzunligi 2-3 m. 1.2. Inaktivator. Kungaboqar pistasini qayta ishlashda inaktivator deb ataladigan bug’latgich shnekdan foydalaniladi. Inaktivatorlarda kungaboqar yanchilmasi 80-850 gacha qizdiriladi, namligi 8-9% ga yetkaziladi. Inaktivatorda fosfolipaza fermentlarning aktivligi susayadi, glitserin va fosfatidlarning gidrolitik parchalanishiga yo’l qo’ymaydi, natijada forpress yog’ida gidratatsiyani qiyinlashtiruvchi fosfatidlar va sof yog’ kislotalarning miqdori kamayadi. Yanchilma bug’latgich shnek yoki inaktivatordan keyin qozonlarga tushadi. Bug’latgich shnekda boshlangan kimyoviy o’zgarishlar yanchilma qozonga tushgandan keyin ham davom etadi. 1.3. Mag’izni qovurish jarayoni. Mag’iz gidrotermik ta‘siriga uchragach, yetiladi. Yetilgan tovar mezga deb ataladi. Bu yetilgan (qovurilgan) mag’iz o’ziga xos bir tuzilish (struktura)ga ega bo’ladi. Qozonning eng pastki qosqonidan chiqayotgan mezga talqonsimon, to’q sariq rangli, temperaturasi 108-1100 bo’lib, namligi 3,5% oshmasligi kerak. Mezgani iloji boricha havosiz sharoitda qovurish kerak. Qovurish qozonlari 4,5,6,7,8 qasqonli bo’ladi. Ularning qasqoni 4-5 atm bosimga chidaydi. Qozonlar isitish jihatidan ikki xil bo’ladi: Qasqonlar faqat tagidan isitiladi.Qasqonlar ham tagidan, ham yon tomonlaridan isitiladi. Qaskonlarning ichki tomonidagi devori (1) bilan tashqarigi g’ilofi (2) chok (3) bilan biriktirilgan. Bug’ shtutser (4) ga ulangan bug’ yo’li bilan qasqonning bo’shliq qismiga kirib, o’z issiqligini yanchilmaga bergach, kondensatga aylanadi va truba (5) orqali qozonning tagiga tushadi. Qovurilayotgan mag’iz kuyib ketmasligi, bug’ teng tarqalishi va mag’iz qatlami bir tekis bo’lishi uchun qozonga parrakli pichoq (qorgich) o’rnatiladi. Bu pichoqlar uch qirrali bo’lib, qasqonning devoridan 5 mm, tagidan 2-3 mm masofada o’rnatiladi. Shuning uchun mezga qozonning devori yoki tagiga yopishib qolmaydi. Mezgani yana ham yaxshiroq aralashtirish maqsadida qozonning qasqoniga po’latdan yasalgan uchburchak shaklli ag’darma tish (otval) o’rnatiladi. Qovurilayotgan mag’iz pichoqli qorg’ich bilan aylantirilib, ag’darma tishga o’riladi, orqaga qaytib tushadi va yana qorgich bilan oldinga so’riladi. Natijada mezga qasqon ichida aylanib yurib qovuriladi. Tayyor bo’lgan mezga (qovurilgan mag’iz)ni qozondan chiqarib yuborish uchun pastki qasqonda maxsus to’rtburchak teshik bor. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling