Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Mag’ini quruq usulda qovurish
Download 82 Kb.
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qovurilgan mag’izdan yog’ olish. 2.1 Mezgani ekpeller (shnekli pressda) ezib yog’ olish.
1.6. Mag’ini quruq usulda qovurish. Mag’iz talqonini quruq usulda qovurish qosqoniga tushirishdan oldin namlanmaydi. Bunday usul qachonki talqoning namligi, qovurish qosqoniga tushish namligidan katta bo’lsa qo’llaniladi. Bunda qovurishning ikkinchi bosqichi ya‘ni talqon tarkibida bo’lgan namlikni bug’latish amalga oshiriladi. Quruq usulda qovurish talqoning haroratini kerakli miqdorgacha ko’tarish asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Paxta chigitidan moy olishda qovurishning bu usuli qo’llanilmaydi
2. Qovurilgan mag’izdan yog’ olish. 2.1 Mezgani ekpeller (shnekli pressda) ezib yog’ olish. Uni sekin-asta siqa borish printsipiga asoslangan. Siqilish ta‘sirida mezganing hajmi kichraya boradi. Shnek o’rami qadamining qisqarishi va tovar bilan shnek devorlari bir-biriga ko’proq siqilishi, bundan tashqari, tovarning o’zaro va metall devoriga ishqalanishi sababli mezga kuchli siqilib yog’idan ajraydi. Yog’ oqib tushishiga faqat tashqi kuchning o’zigina sabab bo’lib qolmay, balki mag’iz tarkibidagi moddalarning tashqi ta‘sirga ko’rsatadigan qarshiligi ham katta rol o’ynaydi. Hujayralar devorining itarish kuchi va hujayraga tashqi tomondan ko’rsatilayotgan ta‘sir sababli yog’ joyidan siljib, oqib tusha boshlaydi. Bu protsessni osonlashtirish va tezlatish uchun mag’iz oldin yanchiladi, namlanadi, qovurilib, optimal plastik holatga keltiriladi, so’ngra pressga o’tkaziladi. Presslash vaqtida kunjara g’isht shaklida briketlanib chiqishi uchun mezga juda kuchli siqilishi kerak. Forpresslashda shnek o’ramlarining chetiga tushgan solishtirma bosim 15-20 kg/sm2 ga to’g’ri keladi (pressning konstruktsiyasiga muvofiq). Oxirgi (bir yo’la) presslashda esa bu bosim 240-300 kg/sm2 ga to’g’ri keladi. Zeerning o’z devoriga bosimi 80—100 kg/sm2, diafragmaga bosimi esa 700 kg/sm2 gacha bo’ladi. Sovuq pressda mezgadan ko’p yog’ olib bo’lmaydi, shuningdek, bir xil shakldagi kunjara chiqmaydi. Press optimal temperaturada ishlashi kerak, shunda u tovar bilan normal ta‘minlab turilsa, yog’ bir xilda chiqa beradi. Agar isigan pressga tovar kam berilib qolsa, u kuyib ketadi, pressdan sassiq gaz va kuyindi hidi chiqadi, kunjara kuyib ketadi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling