Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)
Download 246.23 Kb.
|
ahmadillo kursovoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10.1-rasm).
KIRISH Umuman olinganda mahsulot ekstraksiya jarayonida tayyorlash undagi moy zarrachalari erkin holatga keltirishda iboratdir. Mahsulot yanchishda oldin uni namligi va xarorati bo’yicha kondensasiyalash ham bajariladi. Mahsulot yanchish uchun turli eski maydalash mashinalari. Jumladan bir yoki ikki juft valikli maydalash mashinalari bolg’ali yoki barabanli maydalashlar mashinalari va ba’zi bir o’rinlarda VS-5, yanchishlar mashinasi ham qo’llanilishi mumkin. Mahsulot nolil va temperaturasi bo’yicha kondensatorda bu maqsadda 3.4,5,6 qosqonli qovurish qozonlarda ham foydalanish mumkin.Faqat bu qozonlarda mahsulotning bir qozonda 2-qozonga o’tish jarayoni bir qozonda qozonning sirtki devori yonida bo’ladi. Bu mahsulotning yaxshi aralashish va o’zoqroq muddat qozonda qolish uchun qo’l keladi. Bu kozonlarning aralashtirgich richaglari qovurish jarayoniga nisbatan sekinroq aylantirilishi lozim. Qosqonli qozonlar ishlatilgan paytda mahsulot sovitish uchunsuv faqat qosqonlar tagidagi bo’shliqqa beriladi. Agarda mahsulotning namligi kam bo’lsa, 1-qosqonga kirib, kelish oldida mahsulotga suv qushiladi va namligi yuqori bo’lsa, kondensonerning texnik par berish xisobiga mahsulotning namligi kamaydi. Kondensatorda va chiqadigan mahsulotning namligi temperaturasi quyidagicha bo’lishi kerak. Kungaboqar urug’i uchun namligi 8-9% temperaturasi 50°C. Paxta chigiti uchun 2-3 navi uchun namligi 6-7% temperaturasi 60°C, 4-navi uchun 7-8 :, temperaturasi 50°C, ushbu paralitrda chiqqan kunjarasida tashqari bargsimon mahsulot hosil qiluvchi mashinalarga berilib “lepestok” olinadi. Presslash kunjarasida olingan lepestokning qalinligi 0.5-0.6 mm bo’lishi kerak.To’g’ridan-to’g’ri ekstraksiyalash uchun masalan soya urug’idan olingan lepestok qalinligi 0.25-0.3 mm atrofida bo’lishi lozim. Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10.1-rasm). Forpresslash agregatlaridan chiqqan kunjara (1) noriya elektromagnitli separator (2) orqali shnek(3)ga kelib tushadi. Metalli aralashmalardan ajralgan kunjara DDT rusumidagi bolg’achali maydalagichlar(4)ga taqsimlanadi. Olingan mahsulot (6) shnek yordamida kalibrlovchi apparat(8)ga kelib tushadi, u yerdan yirik fraksiyalar yangi material bilan birga (1) noriya orqali qayta maydalashga beriladi. Mayda fraksiya esa forpress sexining qovurish qozoniga yoki granullashga jo’natiladi. Mahsulotni o’rta fraksiyasi harorat va namlik bo’yicha konditsiyalashga beriladi. Bu jarayon qo’sh vintli konditsioner(9)da bajariladi. Konditsiyalangan mahsulot (10) shnek orqali bargsimon holatga keltirish uchun (11) ikki juft yassilovchi valli stanoklarga beriladi. Shu yo’sinda tayyorlangan bargsimon mahsulot (12) redler, yordamida ekstraksiya sexiga beriladi. Kalibrlovchi apparat(8)dan (7) ventilyator bilan so’rib olinadigan havo siklon(5)ga beriladi va tozalangandan so’ng atmosferaga chiqarib yuboriladi. Siklonda yig’ilib qolgan kunjara zarrachalari qayta ishlash uchun yanchilma shnegiga yuboriladi. Oxirgi bosqichi bargsimon mahsulot tayyorlashdan iborat bo’lgan, yuqorida bayon etilgan, materialni ekstraksiyaga tayyorlash sxemasi kungaboqar, zig’ir, kanakunjut, yeryong’oq va shu kabi urug’lar uchun tipik hisoblanadi. Agar ekstraksiyaga bargsimon mahsulot emas, balki donador (masalan, Olye ekstraktori ishlatilganda) yoki donador va granula (paxta chigitini qayta ishlaganda) berish kerak bo’lsa, u holda bargsimon mahsulot tayyorlash jarayoni va maydalash amalga oshirilmaydi. 10.1-rasm. Moyli mahsulotni ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi Download 246.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling