Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)


Download 246.23 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi246.23 Kb.
#1531552
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ahmadillo kursovoy

Missellani tozalash. Yaqin paytlargacha missellani tozalash ramali yoki patronli filtrlarda olib borilardi. Bu filtrlarni tez-tez tozalash lozim bo’lganligi uchun ekstraksion sexga uskuna ochilgan paytda ko’p miqdorda benzin bug’lari uchib chiqib yong’inga nisbatan anchagina hofli vaziyat paydo bo’lardi. Xozirgi paytda deyarli barcha ekstraksion sexlarda missellani barabanli yoki diskli filtrlar yordamida tozalash joriy etilgan.
Ushbu filtrlash usulida misselladagi mayda qattiq zarrachalar dastlab filtrlovchi to’siq teshiklaridan o’tib ketadi, keyin teshiklar tiqila boshlagandan so’ng filtrda o’tirib qolib, yig’iladi va filtrlovchi qatlam hosil qiladi. Natijada filtr orqali faqat tiniq missella o’ta boshlaydi. Shunday qilib, hosil bo’layotgan cho’kma qatlami asosiy filtrlovchi to’siq rolini o’ynaydi. Cho’kma qatlamida missella teshiklar – o’zgaruvchan kesimli kapilyar kanallar va turli egri yo’llar orqali o’tadi. Filtrlovchi to’siq va cho’kma qatlamidagi teshik o’lchamining katta emasligi, hamda teshiklardagi suyuqlik fazasi tezligining kichikligi filtrlashni laminar rejimda kechishiga olib keladi. Bunday sharoitda filtrlash tezligi har qanday vaziyatda ham bosimlar farqiga to’g’ri proporsional, biroq missella qovushqoqligi va filtrlovchi to’siq bilan cho’kma qatlamining umumiy gidravlik qarshiligiga teskari proporsional bo’ladi.
Filtrlovchi to’siqni cho’kmadan davriy ravishda tozalab turish filtrlash jarayonida gidravlik qarshilikni minimumgacha kamayishini ta’minlaydi. Filtrlash doimiy bosim va tezlikda yoki o’zgaruvchan bosim va tezlikda olib borilishi mumkin. Yog’ ekstraksiya sanoatida missellani tozalashda oxirgi filtrlash usuli ishlatiladi. Jarayon quyida bayon etilgan sxemalardan biri bo’yicha amalga oshiriladi.
M issellani diskli filtrlarda tozalash sxemasi (12.2-rasm).
Loyqa missella 0,2 MPa bosim ostida nasos bilan 6-taqsimlagichga uzatiladi va undan filtr mato bilan qoplangan 5-diskli filtr tashqi yuzasiga beriladi. Bu disklar jami yettita bo’lib 3-kollektorga mahkamlangan. Har bir disk o’zaro bir biri bilan qisilgan ilgak va kegay yordamida mahkamlangan o’nta filtrlash sektoridan tashkil topgan. Kerak bo’lganda, istalgan sektor filtrdan ajratib olinishi mumkin.
F
12.2 – rasm. Misselani diskli filtrlarda
tozalash sxemasi
iltrlovchi material orqali o’tayotgan toza missella 2-valga harakatlanmaydigan qilib o’rnatilgan 3-kollektorga tushadi va u yerdan 8-patrubok orqali distilyasiyaga chiqib ketadi. Qattiq zarrachalar disk yuzasida ushlab qolinadi, lekin filtrga kirib kelayotgan yangi missella oqimi bilan yuvilib ketadi. Disklar orasida qoldiq qatlamini hosil bo’lishini oldini olish uchun apparatga 4-yuvgich o’rnatilgan bo’lib, u orqali filtrlanmagan missella 1-filtr korpusiga kiradi.

Filtrda yig’ilgan quyqa uzluksiz yoki ma’lum belgilangan vaqt oralig’ida 9-patrubok orqali ekstraktorning yuklash kolonnasini quyi qismiga berib turiladi.
Filtr valining aylanish chastotasi 18 ayl/min, filtrlash yuzasi esa 16,8m2 ga teng. Diskni filtrlash yuzasida quyqani yig’ilishiga qarab, korpus ichidagi bosim ruxsat etilgani(0,2 MPa)dan oshib ketishi mumkin. Filtrlash yuzasini tozalash disklarni aylanish chastotasini 70 ayl/min ga o’tkazish va yuvish bilan amalga oshiriladi. Filtrlashga missella berish to’xtatiladi va quyqani chiqarish uchun 9-patrubok to’liq ochiladi.
Diskli filtrlarning ishlash muddati filtrlanayotgan missella tarkibidagi quyqaning miqdoriga qarab 3-4 oyga teng. Filtrlash jarayonida disklar sekin aylanma harakatda bo’ladi, aylanish tezligi 18 ayl/min disklar yuvilayotgan paytda 70 ayl/min.
Filtrlash jarayoni to’liq mexanizatsiyalashtirilgan. Filtrlangan toza missella distilyasiyadan oldin qizdirgichlarda 60-70oC gacha isitiladi. Isitish asosan distillyator yoki tosterdan chiqayotgan benzin bug’larining issiqligi hisobiga amalga oshiriladi. Benzin bug’laridan foydalanish, texnologik suv bug’ini ishlatishni bir muncha tejaydi.
Diskli filtrlarning ishlash muddati filtrlanayotgan missella tarkibidagi quyqaning miqdoriga qarab 3-4 oyga teng. Filtrasiya jarayonida disklar sekin aylanma xarakatda bo’ladi va tezlik 18 ayl/min, disklar yuvilayotgan paytda 70 ayl/min, filtrlash yuzasi 16.8 m2 teng.
Filtrlash jarayoni to’liq mexanizatsiyalashtirilgan. Filtrlab olingan toza missella qizdirgichlarda 60-70oC gacha isitish kerak. Isitilish asosan distillyator yoki tosterdan chiqayotgan benzin bug’larining issiqligi hisobiga amalga oshiriladi. Benzin bug’larini ishlatish texnologik suv bug’i sarfini tejaydi.

Download 246.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling