Ekstraktorlarning afzallik va kamchiliklari
1. Cho’ktirish usuli bilan ishlaydigan ekstraktorlar: Olye, ND (1000, 1250, 1250M).
Afzalligi: tuzilishining soddaligi, sexda kichik yuzani egallashi, ichki hajmining foydalanish koeffisiyenti yuqoriligi (95-98%) va natijada erituvchi bug’lari bilan havo aralashmasidan portlovchi gaz hosil qilish imkoniyatining kichikligi.
Kamchiliklari: olinayotgan missella konsentrasiyasining pastligi (15-20%), missellaning loyqalanib chiqishi, buning natijasida missellani tozalash zarurligi, ekstraktorning balandligi va gidromodulning kattaligi.
2. Ko’p marta purkash usuli bilan ishlovchi ekstraktorlar.
a) lentali ekstraktorlar: MEZ, De-Smet, Lurgi.
b) cho’michli va savatli ekstraktorlar: French, Djanassa, Okrim.
v) kamerali-rotasion (aylanuvchi) ekstraktor: French, Speyshim, Blaunoks, Rotosell, Ekstexnik va boshqalar.
Afzalligi: olinayotgan missella konsentrasiyasining yuqoriligi (25-35%), missellaning tiniqligi, shrot moyliligining kichikligi, ekstraktorning ixchamligi va yuqori unumdorligi.
Kamchiliklari: ishchi hajmdan foydalanish koeffisiyentining kichikligi (45-85%), natijada erituvchi bug’lari bilan havodan iborat portlovchi aralashmaning hosil bo’lish mumkinligi, erituvchi va missellaning reSirkulyatsiya tizimi murakkabligi, uskunani harakatga keltiruvchi mexanizmning nisbatan murakkabligi.
Aralash usul bilan ishlaydigan ekstraktorlar.
“Filtreks” ekstraktor uskunasi, Stork firmasi (Gollandiya).
Yuqorida turlari qayd qilingan ekstraktorlardan respublikamiz yog’-moy korxonalarida ND-1250, ND-1250M, T-1MEM-400, Djanassa, Xitoyning “Karusel”, Eronning “KUShO” ekstraktorlari, 1 va 2 yarusli “Ekstexnik” rusumidagi ekstraktorlar ishlab turibdi.
Erituvchini haydashda ochiq bug’ bilan birga vakuumni qo’llanilishi missellani qaynash haroratini yanada pasaytirish va qo’llanilayotgan ochiq bug’ni qizdirish uchun xizmat qiladi.
Misselladagi erituvchini yo’qotishning barcha sanab o’tilgan usullari zamonaviy ekstraksiya qurilmalarda keng ko’lamda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |