Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)
Missellani filtrlash va dastlabki isitish
Download 246.23 Kb.
|
ahmadillo kursovoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sentrifugalash
Missellani filtrlash va dastlabki isitish. Ekstraktordan chiqayotgan missella tarkibida ma’lum miqdorda qattiq zarrachalar bo’ladi. Bu zarrachalar yog’ni ajratib olish jarayonida ekstraksiyalanayotgan materialni erituvchi bilan yuvishda aralashib ketadi. Ekstraksiya yog’ining sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri missellani tarkibidagi aralashmalardan tozalanish darajasi hisoblanadi.
Qattiq fazani misselladan ajratish zarurligi quyidagi bir qator sabablardan kelib chiqadi. Dissillyasiya jarayonida missellada qattiq zarrachalarni mavjudligi uni apparatdan bug’ kondensasiyalanish sistemasiga chiqib ketgunga qadar ko’piklanishiga olib keladi. Bundan tashqari qattiq faza zarrachalarini distillyatorni isitish yuzasida kuyishidan issiqlik berish sharoiti yomonlashadi va tayyor yog’ sifati pasayadi. Tindirish qattiq zarrachani o’z-o’zidan ajralish usuli bo’lib, uning tezligi juda past bo’lganligi uchun sanoat sharoitida qo’llanilmaydi. Tezlik zarrachalar o’lchamiga, aralashma va missella zichliklari farqiga va missella qovushqoqligiga bog’liq. Zarracha o’lchami va fazalararo zichliklar farqi qanchalik kichik bo’lsa, cho’kish shunchalik sekin kechadi. MEZ ekstraksiya liniyasining missella yuvgichlarida va ND-1250 liniyasining missella yig’gichlarida qisman tindirish usulidan foydalaniladi. Missellani dastlabki tozalash uchun gidrosiklonlardan ham foydalaniladi, ularda markazdan qochma maydonda cho’ktirish sodir bo’ladi. Missella gidrosiklon (12.1-rasm)ga urinma bo’ylab (1) patrubok orqali beriladi, shu tufayli suyuqlikni spiralsimon aylanma harakati hosil bo’lib, uni bir qismi pastga, ikkinchisi esa (gidrosiklon o’qiga yaqinidagi) yuqoriga qarab harakatlanadi. Bunda o’q yaqinida markazdan qochma kuch shunchalik ko’payadiki, natijada suyuqlik ajraladi va havo ustuni paydo bo’ladi. Ikki kuch (markazdan qochma va o’qqa tomon harakatlanayotgan suyuqlik oqimining qarshilik kuchi) ta’sirida yirik va og’ir zarrachalar gidrosiklon devori oldida yig’iladi va tushayotgan oqim ta’sirida nasadka (5) ni chiqaradigan teshigi tomon yo’naladi, mayda va yengil zarrachalar, havo ustuni chegarasida yig’iladi, ko’tarilayotgan oqim ta’sirida (2) patrubok orqali chiqib, qabul qilish kamerasi (3) ga, so’ngra (4) patrubok orqali tugal tozalash uchun filtrasiyaga yuboriladi. S hunday qilib, markazdan qochma kuch va qarshilik kuchining o’zaro ta’siri natijasida suspenziyani turli o’lcham va zichlikka ega bo’lgan oqimlarga ajralishi sodir bo’ladi. Kungaboqar missellasini gidrosiklondan bir marta o’tkazilganda missella 40% tozalanadi, uch marta o’tkazilsa paxta missellasini tozalash darajasi 83,5%ni tashkil qiladi. Y 12.1-rasm. Gidrosiklon uqori tozalash darajasiga erishish uchun batareyaga birlashtirilgan kichik o’lchamli gidrosiklonlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki markazdan qochma kuch kattaligi, siklon radiusiga teskari proporsionaldir. Sentrifugalashda missellani tozalash markazdan qochma kuch maydonida, yaxlit yoki suyuqlikni o’tkazadigan oraliq to’siqdan foydalanib, olib boriladi. Bu mexanik ajratishning juda samarali usuli hisoblanadi, biroq missellani tozalashda hozircha tajriba sifatida qo’llaniladi. Missellani filtrlash, uni tozalashning eng ko’p tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Filtrlashning uch xil usuli mavjud: a) filtrlovchi to’siqda cho’kma qoldig’ini hosil qilish bilan filtrlash; b) quyuqlashtirish – filtrlash, bunda qattiq faza cho’kma holida emas, balki yuqori konsentrasiyali suspenziya olish yo’li bilan ajratib olinadi; v) tiniqlashtirish – filtrlash qattiq zarracha miqdori kam bo’lgan suyuqliklar uchun ishlatiladi. Yog’ ekstraksiya sanoatida missellani tozalash uchun filtrlashning faqat birinchi usuli qo’llaniladi. Download 246.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling