REJA: Qo‘rg‘oshindan zaharlanish. - Qo‘rg‘oshin nafas orqali tushadi, bunda u katta qon aylanish doirasiga tushib a’zolarga tarqaladi. Ba’zan me’da orqali ham organizmga tushishi va ajratish a’zolari (buyrak, ichak,) orqali chiqib ketishi mumkin.
- Astenovegetativ sindrom, eritrotsitlardagi o‘zgarishlar zaharlanishning dastlabki belgilari hisoblanadi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishda ilikning ta’sirlanishi natijasida eritrotsitlarda bazofil donachalari hosil bo‘la boshlaydi. Bu faqat shu kasallikka xos spetsifik belgi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, qo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda siydikda uning miqdori 0,1 mg/l dan oshib ketadi.
Zaharlanish alomati oshgan sari kamqonlik hamda gemolitik sariqlik yuzaga keladi. Òish milklarida qo‘rg‘oshindan zaharlanishga xos so‘lak bilan ajraladigan qo‘rg‘oshinning vodorod sulfid bilan birikmasi—sariqroq binafsha rangli gardish hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin bilan zaharlangan odamning rangi sariq-ko‘kimtir tusda bo‘ladi. - Zaharlanish alomati oshgan sari kamqonlik hamda gemolitik sariqlik yuzaga keladi. Òish milklarida qo‘rg‘oshindan zaharlanishga xos so‘lak bilan ajraladigan qo‘rg‘oshinning vodorod sulfid bilan birikmasi—sariqroq binafsha rangli gardish hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin bilan zaharlangan odamning rangi sariq-ko‘kimtir tusda bo‘ladi.
- Qo‘rg‘oshin bilan zaharlanganlar siydigida gematoporfirin miqdori oshib ketadi. Bu qon pigmentlarining parchalanishidan dalolat beradi (uning miqdori 1 l siydikda 0,8 dan 3 mg gacha boradi). Kasallik rivojlangan sari qorin burab og‘riydi, kuchaniq keladi, ichakning silliq mushaklari torayishi natijasida ichak o‘qtin-o‘qtin sanchiydi, og‘riqda ba’zan jarrohlik muolajasi ko‘rish zarur bo‘lib qoladi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanganda ishtaha yo‘qoladi, me’dada qatar va qabziyat alomatlari paydo bo‘ladi. Ba’zan qo‘rg‘oshin periferik asab sistemasiga ta’sir qiladi, shu tufayli parezlar yuzaga keladi, hatto yozuvchi mushaklar falajlanadi, zaharlanishning og‘ir turida ensefalopatiya alomatlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |