Mavzu 12. Ma’lumotlarni filtrlash, gipermurojatlar hosil qilish, eslatmalar qo’yish
Reja
12.1. Ma’lumotlarni filtrlash
12.2. Gipermurojatlar hosil qilish, eslatmalar qo’yish
Tayanch iboralar. Diagramma, diagramma turi, diagramma elementlari, tartiblash, kamayuvchi tartibda, o’suvchi tartibda, filtrlash, gipermurojat, eslatma
12.1. Ma’lumotlarni Filtrlash
Ma’lumotlarni filtrlash uchun “Главная” ilovasidan ga kiriladi va “Фильтр” tanlanadi. Natijada jadvalli ma’lumotning sarlavha yacheykalarida pastga yo’nalgan tugmalar hosil bo’ladi
Filtr qilinadigan ustundagi tugma bilan kerakli saralash sharti kiritiladi. Masalan foydasi 600000 dan katta tovarlarni qoldirmoqchi bo’lsak mos tugma bosilib “Числовые фильтры” ga kirilib “больше” tanlanadi keyin 600000 kiritilib OK tugmasi bosiladi.
Shu tarzda har hil shart ostidagi filtrlarni bajarish mumkin. Filtr tugmalarini bekor qilish uchun ham “Главная” ilovasidan ga kiriladi va “Фильтр” tanlanadi.
12.2. Gipermurojatlar hosil qilish, eslatmalar qo’yish
Microsoft Excel varaqidagi yacheykaga gipermurojat o’rnatish uchun “Вставка” ilovasidan “Гиперссылка” tanlanadi
Hosil bo’lgan oynada bog’lanishi kerak bo’lgan hujjatning nomi, web hujjat adresi yoki elektron pochta manzili ko’rsatilishi mumkin. Gipermurojat o’rnatishni Ctrl+K klavishlar bilan amalga oshirish mumkin.
Eslatmalar qo’yish “Рецензирование” ilovasidan “Создать примечание” buyrug’i bilan bajariladi. Eslatma qo’yilgan yacheyka shaklida bo’ladi.
Eslatmani o’chirish uchun “Рецензирование” ilovasidan “удалить” yoki sichqonchaning o’ng tugmasini bosib konteks menyudan “удалить примечание” bilan bajariladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. John Walkenbach. Excel® 2010 Bible. Wiley Publishing, Inc. 2010
Do'stlaringiz bilan baham: |