Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)
Soyadan boshqa moyli urug’larni to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish usullarini ishlatishni afzalligi
Download 246.23 Kb.
|
ahmadillo kursovoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstraksiya jarayonining perspektiv usullari.
Soyadan boshqa moyli urug’larni to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish usullarini ishlatishni afzalligi. Urug’larni to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish bo’yicha bir necha ishlar ma’lum, shu jumladan paxta chigiti uchun ham.
Chigitda nisbatan moy miqdori kam bo’lganligi sababli to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish mumkin. Lekin bu usulni ko’llanilishi bir necha muammoni yechishni talab qiladi, asosiy muammo homashyoni ekstraksiyaga tayyorlash. Paxta chigiti uchun bu usul sanoatda ishlatilishi “Ekstexnik” firmasining (Germaniya) O’zbekistonda 1980 yilda qurilgan ekstrasion uskunasida amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda ko’p mamlakatlarda ba’zi bir yuqori moyli urug’larni to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish bo’yicha qizg’in ishlar olib borilyapti. Masalan, kungaboqar va raps. Kungaboqar bilan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish usuli olinadigan moyni va shrotni sifatini yaxshilaydi. Lekin xom kungaboqar yanchilmasini to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish bir necha qiyinchiliklar bilan bog’liq, birinchidan yuqori unumdorli ekstraksiya va rafinasiyalash uskunalari yo’qligi. Bundan tashqari ekstraksiya qiladigan yangi uskunalar kerak, chunki hozirgi ekstraktorlarda xom yanchilmadan moy olish vaqtida qattiq qatlam hosil bo’lib qoladi. Shuning uchun eng qiyin masalalardan biri yuqori moyli urug’ni ekstraksiyaga tayyorlashdir. Ekstraksiya jarayonining perspektiv usullari. Bizning mamlakatimizda va horijda olib boriladigan barcha ilmiy ishlar o’z oldilariga ikkita masalani qo’yadi: materialni strukturasini hosil qilish va unga mos keladigan ekstraksiya usuli tanlab olish. “Filtreks” ekstraktorida, maydalangan hom ashyoni drenaj qobiliyati past bo’lganligi uchun ekstragentni qatlamdan o’tishini osonlashtirish uchun vakuum nazarda tutilgan. Bernardini firmasi hom ashyoni ikki bosqichda ya’ni perkolyator va immersion ekstraktorida ekstraksiyalash, orada materialni maydalash va undan erituvchini siqib olishni tavsiya qilgan. “Shtork” (Gollandiya) firmasi g’ovak granula tayyorlashni tavsiya qilganiga sabab, uni ishlatish qo’zg’almas qatlamda zarrachalarni ekstraksiyalashning gidrodinamik sharoitini yaxshilanishidir. Shu usulni qullab “Ekstexnik” firmasi homashyoni ekstraksiyaga tayyorlash va granulani muallaq holatida ekstraksiyalash sxemasini ishlab chiqdi. O’tkazilgan tajribalarga asoslangan holda MDHda yuqori moyli homashyoni yanchilma sifatida perkolyasiya ekstraktorlarida ekstraksiyalash tavsiya qilingan. Mexanik va intensiv usullar va materialga qisqa muddatli nam-bug’ ishlov berish bilan bardoshli yanchilma olish rejimlari ishlab chiqilgan. Bunday usullar moy miqdorini oshirishga, fosforli moddalarni ajratib olishni ko’paytirishga, moy va shrot sifatini yaxshilashga olib keladi. Tavsiya qilingan usul chet mamlakatlardagiga qaraganda ko’proq iqtisodiy samara berishi bilan ajralib turadi. Download 246.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling